Hayotning maqsadi nimada?




Savol: Hayotning maqsadi nimada?

Javob:
Hayotning ma’nosi nimadan iborat? Qanday qilib maqsadni topish, unga erishish va hayotda mamnuniyatni olish mumkin? Ko’pchilik insonlar o’zlarining hayotlaridagi maqsad ustidan hech qachon o’ylashmaydi. Yillar o’tib, orqaga o’girilishganida, ular hayotlari nimaga bunday tashkil topmadi, ular shuncha erishish uchun intilgan narsalari qondirish emas, faqat bo’shlik olib kelgani uchun, hayratga tushishadi.

Bir kuni mashhur beysbolisdan o’yinni endi o’ynashni boshlagan paytlarida, oldindan nimani bilishni xohlar edingiz, deb savol berishgan. U: “ Meni, cho’qiga erishganimdan keyin u yerda men hech narsa topmasligimni, kimdir ogohlantirishini juda istardim!”,-deb javob bergan. Afsuski, ko’pchilik hayotdagi maqsadlarning bo’shlig’i, ularga erishish uchun ishlatilgan ko’p yillar o’tkanidan keyin, ochiladi.

Bizning jamiyatimizdagi insonlar har hil maqsadlarga intilishadi, unda o’zlarining hayotidagi mag’nini topishadi, deb o’ylab. Maqsadlar har hil bo’ladi: mansab, boylik, yaxshi munosabatlar, seks, o’yin - kulgular va shunga o’xshashlar. Biroq, ularning ko’pchiliklari boylik maqsadiga, munosabatlarga va huzur - halovatga erishishib ham ularning yuraklarining tub – tubida baribir vakum – bo’shlikni his qolayotganini, uni hech narsa bilan to’ldirish ilojisi yo’qligini, tan olishadi.

Muqaddas Kitobdan, Voiz kitobining muallifi bu hissiyotlarni shunday so’zlar bilan ifoda etgan: “ Behudalarning behudasi…behudalarning behudasi - hamma narsa behuda!” U son – sanoqsiz boylikga ega bo’lgan va o’zining vaqtida eng aqlli inson bo’lgan; uning minglab ayollari, saroylari va bog’lari, uni o’rab olgan podshohliklarni alamlarini keltirardi. Unda, eng zo’r taomlar va sharoblar, shuningdek har - hil o’yin - kulgular bo’lgan. Uning yuragi nimani tusasa u shunga erishardi. Endi esa u “ quyosh ostidagi hayot” foydasiz, deb yakunlayapti. Bu bo’shlik hissiyoti nimadan?

Hammasi shundaki, biz Xudodan faqat har kungi betartib harakat uchun yaratilmaganmiz. Sulaymon aytganidek: “ U ….ularning yuraklariga tinchlikni berdi”. O’zimizning yuragimiz bilan bu yerdan va hozirgidan ko’ra, nimadir buyukroq borligini sezamiz.

Kalomdagi birinchi kitobning Ibtidosida, Xudo odamni O’z Suratida yaratgani, yozilgan ( Ibtido 1:26). Bu shuni bildiradiki, biz boshqa qandaydir hayot shaklidan ko’ra, ko’proq Xudo bilan o’xshashmiz. U yerda shuningdek gunohni deb, yer yuzi la’natlanishidan oldin, hamma narsa boshqacha bo’lgani, aytilgan: 1) Xudo odamni muloqat uchun yaratdi ( Ibtido 2: 18-25); 2) Xudo odamga ish berdi ( Ibtido 2:15); 3) Xudo odam bilan suhbatlashgan va uning yonida bo’lgan ( Ibtido 3:8); 4) Xudo odamga yer ustidan hokimlik berdi ( Ibtido 1:26).

Bu lahzalarning muhimligi nimada? Xudo bizlarni shunday yaratdiki, bu joylarning har bittasi bizlarga hayotning to’liqligini va qoniqishni his qilishimiz uchun berdi. Lekin odamning yeqilishi va yerning la’natlanishi, insonning hayotida bu hamma nuqtai nazarlar salbiy ta’sir qilgan, ayniqsa Xudo bilan muloqatga ( Ibtido 3).

Kalomning oxirgi kitobi Vahiyda, Xudo, dunyoning oxiratida ko’p hodisalardan keyin, U bu yerni va osmonni yo’q qilib tashlashini va yangi mukammal yer va osmon yaratishini, ochib beryapti. Shuningdek U, gunohlari yuvilgan odamzod bilan yo’qolgan munosabatlarni tiklaydi. Lekin ba’zi bir insonlar hukmdan keyin, noloyiq deb, tan olinadi va olovli ko’lga tashlanishadi ( Vahiy 20:11-15). Gunoh, qayg’u, og’riq, kasalliklar va o’lim kabi narsalar , mavjud bo’lishni to’xtatadi ( Vahiy 21:4). Imonlilar hamma narsaga ega bo’lishadi, Xudo ular bilan bo’ladi, ular esa, Uning farzandlari bo’lishadi ( Vahiy 21:7). Shunday ko’rinish bilan, butun dunyo birinchi xolatiga qaytadi: Xudo, bizni U bilan muloqatda bo’lib turish uchun yaratgan, odam gunoh qilib bu aloqani uzib tashladi, lekin Xudo, kim bunga loyiq bo’lgan bo’lsa, o’shalar bilan munosabatni tikladi. O’zining maqsadlariga erishish uchun hayotni ishlatib, keyin abadiy Xudodan ajralib, o’lib ketish ma’nosizdir ! Xudo bizlarga nafaqat abadiylikda bahtiyor bo’lish imkoniyatini bergan ( Luqo 23:43), lekin bu hayotni ham ma’no va huzur – halovat bilan to’ldirib bergan. Qanday qilib bu abadiy bahtiyorlikni va “ yerdagi jannatni” olish mumkin?

Hayotning ma’nosi Iso Masih orqali tiklangan.

Yuqorida aytib o’tilganidek, bizlarning hayotimizning hozirgi va keyingi haqiqiy ma’nosi Xudo bilan, Odam Ato va Momo Havo paytlari gunoh orqali buzilgan munosabatlarimizni, tiklashda to’xtaladi. Hozirda bu munosabatlar faqat Xudoning O’g’li, Iso Masih orqali tiklanishi mumkin ( Havoriy 4:12; Yuhanno 14:6; 1:12). Bizlar abadiy hayotni gunohdan yuz o’girib ( demak, boshqa gunoh qilishni xohlamaymiz, Isoga bizlarni o’zgartirishiga va tiklashiga yo’l qo’yib beramiz) va Iso Masihga o’z Najotkorimiz, deb ishonib, olamiz ( Bu haqida “ Najot rejasi nima degani?” maqolasida batavsil yozib chiqilgan). Shuni ham esda tutish kerakki, bizlarning hayotimizning maqsadi, nafaqat Iso Masihga o’z Najotkorimiz, deb ishonishdan, balki, Uning ketidan ergashish, vaqtimizni Xudoning Kalomi – Muqaddas Kitobni o’qish bilan o’tkazib, Undan o’rganish, ibodatda U bilan suhbatlashib va Uning amrilariga munosib bo’lib yashashdan, iboratdir.

Mumkin, sizlar hozir o’zlaringga: “ Bu menga juda ta’sirli va qoniqarli tuyulmayapti!” – deyatkandirsiz, lekin iltimos, ozgina keyingi joylarini ham o’qib chiqing. Iso shunday, der edi: “ Ey og’ir yuk ostida qiynalib, horib tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman. Mening bo’yinturug’imga o’zingizni qo’shing va Mendan o’rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar. Chunki Men solgan bo’yinturuq yumshoq, Men bergan yuk yengildir” ( Matto 11:28-30). “… Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman” ( Yuhanno10:10). “ Agar kim Menga ergashishni istasa, o’zidan kechsin va o’z xochini ko’tarib orqamdan yursin. Kim o’z jonini ayamoqchi bo’lsa, uni yo’qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo’qotsa, jon topadi” (Matto 16:24-25). “Xudodan lazzat olgin, U seni ko’ngil armonlaringga yetkazadi” ( Zabur 36:4). Bu matnlarda bizlarda tanlov borligi, aytilgan. Bizlar yo o’zimizni hayotimizni mustaqil boshqarishni davom ettiramiz (natijada, yuraklarimizda bo’shliqqa ega bo’lib), yoki Xudoga chin qalbdan quloq solib va bizning hayotimizga nisbatan Uning irodasi bo’lishini, tanlaymiz ( hayotimizni ma’no va qoniqish bilan olib keladigan). Bu shu tufayli bo’lishi mumkinki, Yaratguvchumiz bizlarni sevadi va eng yaxshi bizlarga hayotni, xohlaydi ( albatta eng osoni emas, lekin bizlarga ko’proq qondirishni olib keladigan). Mening bir tanish cho’ponim, ko’p shunga o’xshash misollarni ishlatadi, oxirida shu bilan bo’lishishga ruxsat bering. Agar siz sport bilan qiziqsangiz va professional musobaqa borishni xohlasangiz, unda har doim siz ozgina pulga, stadionning oxirgi qatorlaridan joy olishingiz mumkin. Lekin agar siz o’z qiziqshingiz uchun, bir necha do’llarni qurbon qilsangiz, unda, hodisalarni rivojlanishini juda yaqin va to’g’ridan - to’g’ri kuzatishingiz mumkin bo’lgan, stadionning eng birinchi qatorlariga tushasiz. Huddi shunday masihiylik hayotda ham. “ Yakshanba kunlik masihiylar” ozchiliklarga qurbonlik keltirishgan. Faqatgina, kim butun yuragi bilan Isoning ketidan ergashsa, kim haqiqatdan ham o’zining hayotida Xudoning istaklariga ergashish uchun, o’zining xohshilari ketidan, yugurishni to’xtatgan bo’lsa, shular Xudoning ishini bevositasiz yaqinlikda kuzatoladi. Ular, Isoga va Uning irodasiga to’liq berilishib, ko’proq to’lashgan; ular to’la qimmatli hayotni olishadi. Siz muvofiq bahoni to’ladingizmi? Buni bajarishni istaysizmi? Agar ha bo’lsa, unda o’zingizni hayotingizni maqsadini yoki mag’nini qaytadan yana izlashga, to’g’ri kelmaydi!


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Hayotning maqsadi nimada?