Men imonimni Masihga bag’ishladim…Endi nima?




Men imonimni Masihga bag’ishladim…Endi nima?

Tabriklaymiz! Siz hayotni o’zgartiruvchi qaror qabul qildingiz! Balki siz, “Endi nima? Men Xudo bilan safarimni qanday boshlayman?” deb so’rayotgandirsiz. Quyida berilgan beshta qadam sizga yo’nalishni Bibliyadan beradi. Safaringiz chog’ida sizda savollar bo’lsa, iltimos www.GotQuestions.org/Uzbek sahifaga tashrif buyuring.

1. Najotni to’g’ri tushunishingiz uchun ishonchingiz komil bo’lsin.

Yuhannoning birinchi maktubi, 5-bob, 13-oyati bizga “Men bularni sizlar abadiy hayotga egaligingizni bilinglar, deb yozdim. Chunki sizlar Xudoning O’g’li nomiga imon keltirgansizlar” deydi. Xudo bizni najotni tushunishimizni xohlaydi. Xudo albatta najot topishimizni bilishda ishonchimiz komil bo’lishini istaydi. Keling najotning asosiy qismlarini qisqacha ko’rib chiqaylik:

(a) Biz barchamiz gunoh qilganmiz. Biz barchamiz Xudoga xush kelmaydigan ishlarni qilganmiz (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 3-bob, 23-oyat).

(b) Gunohlarimiz tufayli, biz Xudodan abadiy ajralish kabi jazoga loyiqmiz. (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 6-bob, 23-oyat).

(c) Iso xochda bizning gunohlarimizni yuvish uchun jon berdi (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 5-bob, 8-oyat; Aziz Havoriy Pavelning korinfliklarga ikkinchi maktubi, 5-bob, 21-oyat). Iso bizning o’rnimizga, biz loyiq bo’lgan jazoni olib jon berdi. Uning qayta tirilishi, Isoning o’limi gunohlarimizni yuvishga etarli ekanligini isbotladi.

(d) Xudo o’z imonini Isoga bag’ishlaganlarga, ya’ni Uning o’limi gunohlarimizni yuvdi deb e’tiqod qiluvchi bandalarga rahm-shafqat va najotni ataydi (Yuhannoning uchinchi maktubi, 3-bob, 16-oyat; Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 5-bob, 1-oyat va 8-bob, 1-oyatlar).

Bu najot xabaridir! Agar imoningizni Iso Masihga Najotkoringiz sifatiga bag’ishlagan bo’lsangiz, unda siz najot topgan bo’lasiz! Sizning barcha gunohlaringiz avf etiladi va Xudo sizni hech qachon tashlab ketmasligi yoki tark etmasligi uchun va’da beradi (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 8-bob, 38,39-oyatlar; Matto bayon etgan Xushxabar, 28-bob, 20-oyat). Najot topishingiz Iso Masih orqali ishonchli ekanligini yodda tuting (Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 10-bob, 28, 29-oyatlar). Agar siz Najotkoringiz sifatida faqat Iso Masihga imon keltirsangiz, siz arshi-a’loda Xudo bilan birga abadiy hayotni o’tkazishingiz uchun ishonchga ega bo’lishingiz mumkin!

2. Bibliya o’qituvchi yaxshi cherkovni toping.

Cherkovni bino deb o’ylamang. Cherkov - odamlardir. Iso Masihga e’tiqod qiluvchilarning bir-birlari bilan do’stlashishlari juda muhim. Bu cherkovning asosiy maqsadidir. Endi siz Iso Masihga imon keltirdingiz, yashash joyingizda Bibliyaga ishonuvchi cherkovni topib, ruhoniy bilan so’zlashishingizni juda qo’llab-quvvatlaymiz. Iso Masihga bo’lgan yangi imoningizni unga ma’lum qiling. Cherkovning ikkinchi maqsadi Bibliyani o’qitishdir. Siz hayotingiz bo’yicha Xudoning ko’rsatmalarini qay tarzda amalga oshirishni o’rganishingiz mumkin. Bibliyani tushunish muvaffaqiyatli va kuchli nasroniy hayotini kechirishda asosiydir. Aziz Havoriy Pavelning Timofeyga ikkinchi maktubi, 3-bob, 16,17-oyatlarda shunday deyiladi: “Har bir Muqaddas Yozuv ilohiy ilhom bilan yozilgan bo’lib, ta’lim berish, dalolat qilish, tuzatish, solihlik yo’lida tarbiya berish uchun foydalidir. Shu yo’sin Xudoning quli komil va har qanday yaxshi ishga qobil bo’ladi”.

Cherkovning uchinchi maqsadi sajda qilishdir. Sajda qilish Xudoning barcha qilgan ishlari uchun Unga shukrona aytishdir! Xudo bizni halos etdi. Xudo bizni sevadi. Xudo bizga hayot kechrishimiz uchun vositalarni beradi. Xudo bizga ko’rsatma va yo’nalish beradi. Qanday qilib biz Unga shukrona aytmaymiz? Xudo muqaddas, solih, sevuchi, shafqatli va inoyatga to’ladir. Aziz Pir Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiyning 4-bob, 11-oyati shunday bayonat qiladi: “Yo Rabbimiz, yo Xudoyimiz! Sen shon-shuhrat, izzat-ikrom, Kuch-qudratni egallashga loyiqsan. Zero Sen butun borliqni yaratding, Hamma narsa Sening irodang ila vujudga keldi.”

3. Xudoga e’tibor qaratish uchun har kun vaqt ajrating.

Xudoga e’tibor qaratishda har kun vaqt ajratish biz uchun juda muhimdir. Ayrim odamlar buni “tinch vaqt” deydilar. Boshqalar esa uni “Xudoga xizmat qilish” deydilar, chunki biz o’sha vaqtda Xudoga ibodat qilamiz. Ba’zilar vaqtlarini ertalab, qolganlar esa kechqurun ajratishlarini afzal ko’radilar. Ushbu vaqtni nima deb atashingizning yoki qachon uni bajarishingizning farqi yoq. Asosiysi, vaqtingizni muntazam ravishda Xudo bilan o’tkazishingizdir. Qaysi tadbirlar vaqtimizni Xudo bilan o’tkazishga kiradi?

(a) Ibodat. Ibodat qilish Xudo bilan oddiygina so’zlashishdir. Tashvishlaringiz va muammolaringiz haqida Xudo bilan so’zlashing. Xudodan sizga zakovat va yo’nalish berishini so’rang. Ehtiyojlaringizni qondirish uchun Xudodan so’rang. Uni qanchalik sevishingizni va siz uchun qiladigan ishlari uchun Unga qanchalik shukrona bo’lishingizni Xudoga ayting. Ibodat ana shulardan iboratdir.

(b) Bibliyani o’qish. Bibliyani cherkovda, yakshanba maktabida va/yoki Bibliya darslarida o’qitilishiga qo’shimcha qilib, siz Bibliyani o’zingiz uchun o’qishingiz kerak. Muvaffaqiyatli nasroniy hayotini kechirish uchun Bibliya siz bilishingiz kerak bo’lgan barcha narsani o’z ichiga oladi. U qay tarzda aqlli qarorlarni qabul qilish, qanday qilib Xudoning irodasini bilish, boshqalarga qanday qilib yordam ko’rsatish va qanday qilib ruhiy rivoshlanish bo’yicha Xudoning ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Bibliya Xudoning bizga kalomidir. Bibliya Xudoning muhim ko’rsatmalar qo’llanmasi bo’lib, qanday qilib biz hayotimizni Unga xush keluvchi va o’zimizga rohat bag’ishlovchi tarzda hayot kechirishimizni namoyon qiladi.

4. Sizga ruhiy jihatdan yordam bera oluvchi odamlar bilan aloqalarni rivojlantiring.

Aziz Havoriy Pavelning korinfliklarga birinchi maktubi, 15-bob, 33-oyati bizda shunday deydi: “Lekin adashmanglar: ‘Yomon odamlar to’dasi yaxshi axloqni buzar ekan’”. Bibliya “yomon” odamlarning bizga qila olishi mumkin bo’lgan ta’siri haqida ogohlantirishlarga to’ladir. Gunohli ishlar bilan shug’ullanuvchilar bilan vaqtni o’tkazish bizga o’sha ishlar bilan bizni vasvasaga tushib qolishimizga olib keladi. Atrofimizdagi yaxshi axloqli odamlarning “ta’siri” bizga o’tadi. Shuning uchun o’zimizni shunday odamlar, ya’ni Xudovandni sevuchi va Unga sodiq bo’lganlar bilan o’rab olishimiz juda muhimdir.

Sizga yordam bera oladigan va sizni qo’llab-quvvatlay oladigan bir-ikkita do’stni (balki cherkovingizgan) topishga harakat qiling (Ibroniylarga maktubning 3-bob, 13-oyati; 10-bob, 24-oyati). O’zingizning tinch vaqtingiz, faoliyatlaringiz va Xudo bilan birga sayringizga nisbatan o’zingizni javobgar tutishingizni do’stlaringizdan so’rang. Xuddi shu narsani ular uchun qila olishingiz mumkinligini so’rang. Bu sizga Xudovand Isoni Najotkor deb bilmaydigan barcha do’stlaringizdan voz keching degani emas. Ularning do’sti bo’lishni va ularni sevishni davom ettiring. Faqatgina ularga Iso hayotingizni o’zgartirganligini va siz ilgari qilib yurgan ishlaringizni endi qila olmasligingiz haqida ayting. Xudodan do’stlaringiz bilan Isoni baham ko’rish imkoniyatlari haqida so’rang.

5. Suvga tushing.

Ko’pgina kishilar suvga tushish haqida noto’g’ri tushunchaga egalar. “Baptize” so’zi suvga tushishni (cho’milishni) bildiradi. Suvga tushish (baptizm) sizning Isoga keltirgan yangi imoningizni va Unga rioya qilish uchun sodiqligingizni ochiqchasiga e’lon qilishning bibliyaviy usulidir. Suvga tushish harakati Iso bilan birga da’fn etilganlikni bildiradi. Suvdan chiqish harakati esa, Isoning qayta tirilganligini tasvirlaydi. Suvga tushish o’zingizni Isoning o’limi, da’fn etilishi va qayta tirilishi bilan tanita olishingizdir. (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubning 6-bob, 3,4-oyatlari).

Suvga tushish (baptism) sizga najot beruvchi narsa emas. Suvga tushish gunohlaringizni yuvib yubormaydi. Suvga tushish oddiygina itoatkorlik qadami bo’lib, najot uchun imoningizni Isoning o’zigagina ochiqchasiga e’lon qilishlikdir. Suvga tushish muhim hisoblanadi, chunki bu itoatkorlik qadamidir, ya’ni imoningizni Isoga keltirganligingizni va Unga soqiqligingizni ochiqchasiga izhor etishdir. Agar siz suvga tushishga tayyor bo’lsangiz, ruhoniy bilan gaplashishingiz lozim.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Men imonimni Masihga bag’ishladim…Endi nima?