Iso Masih kim?




Savol: Iso Masih kim?

Javob:
Iso Masih kim ekan? Savoldan farq qiladigani shuki, Xudoning mavjudligi haqida, ko’pchiliklar shubha qilishadi, haqiqatdan ham Iso mavjud bo’lganmi deb? Hamma tan olgan, Iso haqiqatdan ham odam bo’lgan, iikiming yil ilgari Isroil shahrida yashab. Lekin Iso kim bo’lganligi haqida savol to’xtalib o’tganida, qizg’in bahslar boshlanadi.

Ko’p dinlar, Iso Masih payg’ambar, ulug’ ustoz va taqvodor inson bo’lganligini tan olishadi. Lekin hamma ish shundaki, Muqaddas Kitobda yozilgan - Iso payg’ambardan, ustozdan yoki ilohiy odamdan ham yuqori bo’lgan.

Mashhur masihiy yozuvchilardan biri K. Lyuis, o’zining “ Haqiqiy masihiylik” kitobida, quydagicha yozgan: “ Men Iso Masih haqida quydagi bema’ni aytganlarni: “ Men Iso buyuk payg’ambar bo’lganiga ishonaman, lekin U Xudo bo’lganligiga ishonmayman” deganlarni to’xtatmoqchiman. Bizga bunday deyishni keragi yo’q, ahir har bir oddiy kishi, Iso Masihga o’xshab bir nimani e’lon qilib aytsa, buyuk ilohiy ustoz bo’lib qololmasdi. Uni odam darajasidagi aqldan ozgan, o’zini pishirilgan tuxum deb, hisoblaydigan, yoki iblisning elchisi deb , qabul qilishgan bo’lar edi. Nimaga ishonishni o’zingiz tanlang - yoki bu odam haqiqatdan ham Xudoning O’g’li bo’lgan ( va hozir ham), yoki U aqldan ozgan va bundan ham battarog’i bo’lgan deb, ishonishingiz ham mumkin. Siz Uni ahmoq deb, hisoblashingiz mumkin, Unga tufurib jin deb , hisoblashingiz mumkin, yoki siz Uning oyog’iga yeqilib va Uni Rabbim va Xudovandim deb, nomlashingiz mumkin. Lekin muruvvatli, U ulug’ ustoz - odam bo’lgan deb, bo’lmagan gapni to’qib chiqarishni keragi yo’q, U bizga bunday tanlovni qoldirmagan, bu Uning rejalarida umuman bo’lmagan”.

Shunday qilib, Iso O’zini kim deb atagan? Bu masala bo’yicha Muqaddas Kitobda nima deb yozilgan? Avvalo kelinglar Isoning Yuhanno Xushxabari 10:30da aytgan so’zlariga qaraylik: “ Men va Otam - birmiz”. Birinchi qarashda bu O’zini Xudoligini e’lon qilayotganga o’xshamasligi mumkin. Lekin ahamiyat bering, Uning aytgan so’zlariga yahudiylarni ta’sirlanishiga : “ Yahudiy din arboblari Unga javoban: “ Seni xayrli ishing uchun emas, balki kufurliging uchun toshbo’ron qilmoqchimiz. Sen odam bo’la turib O’zingni Xudo deyabsan” ( Yuhanno Xushxabari 10:33). Yahudiylar Isoning aytganini tezlikda, O’zini Xudo ekanligini e’lon qilyabti deb, qabul qilishdi. Shuningdek keyingi misralarda Iso ularni fikrilaridan qaytarmoqchi ham emas va aytmayabti ham: “ Men O’zimni Xudo qilmayabman”-deb. Ya’ni bu shuni ko’rsatadiki, U haqiqatdan ham Xudoligini aytmoqchi bo’lgan: “ Men va Otam -birmiz”-deb. Yana bir matnni masala qilish mumkin -- Yuhanno Xushxabari 8:58: “Iso ularga:- Sizlarga rostini aytay: Ibrohim vujudga kelmasidan oldin Men bor edim”-dedi. Va yana Uning javobiga, yahudiylar uni toshbo’ron qilishmoqchi edi ( Yuhanno Xushxabari 8:59).O’ziga nisbatan “ Men bor” degan so’z birikmasini ishlatib, Iso to’g’ri Xudoning eskiahd ismiga dalil keltirdi ( Chiqish kitobi3:14).Faqat, Iso aniq kufurlik qilayotgani uchun, aniqrog’i O’zini Xudo deb, e’lon qilayotgani sabab, Yahudiylarda ,Uni toshbo’ron qilish niyatini tug’dirishi mumkin edi.

Yuhanno Xushxabari 1:1da yozilgan: “ Kalom - Xudo edi”, 1:14da esa - “ Kalom inson qiyofasiga kirdi”. Bu aniq shuni ko’rsatadiki, Iso tandagi Xudo.Havoriylardan biri, Toma, Isoga shunday deb, murojaat qildi: “ Ey mening Rabbim va Xudoyim!” ( Yuhanno Xushxabari 20:28) - va Iso uni to’g’irlagani ham yo’q. Havoriy Pavlus Uni “… buyuk Xudo va Qutqaruvchimiz Iso Masih…”( Titusga maktub 2:13) deb izohladi, Havoriy Butrus ham unga qo’shimcha qilbi: “.. Xudoyimiz va Xaloskorimiz Iso Masih” – debi (1-chi Butrus maktubi 1:1). Shuningdek Ota Xudo ham, Iso kimligini guvohlik qilib: “ Ey Xudo, Sening taxting doimiy va abadiydir, Podsholiging hassasi - haqqoniyat hassasi” –deb, murojaat qildi( Ibroniylar maktubi 1:8). Eskiahd paytlarida Iso haqida shunday deb, bashorat qilishgan: “ Zero bizga chaqaloq tug’ildi - O’g’il berildi bizga : hukmronlik Uning qo’lida va Unga: Ajoyib, Maslahatchi, mastahkam Xudo, mangulik Otasi, dunyoning Hukmroni deb, ism qo’yishadi” ( Ishayo Kitobi 9:6) Shunday qilib K. Lyuis tasdiqlashi bo’yicha, Isoga ulug’ ustoz-odam deb, ishonish varianti ko’zda tutilmagan. Iso aniq va ochiq Xudo deb, nomlangan. Lekin U Xudo bo’lmasa, demak U aldayapti, shuning uchun aniq payg’ambar, ulug’ ustoz va ilohiy odam bo’lolmaydi. Shunday qilib, ko’p zamonaviy “ olimlar”, “ haqiqiy tarixiy Iso” , Muqaddas Kitobda yozilganicha, ko’p narsalarni aytmaganini tasdiqlashga urunishyabti.Lekin bizlar kim bo’libmizki, Iso aytganiga nisbatan Xudoning Kalomiga qarshi chiqsak. Nahotki zamonaviy olimlar, ikkiming yil avval Iso nima deganini yoki demaganini bilishsa, ahir Muqaddas Kitobda guvohlarni so’zlari yozilgan bo’lsa – Iso Masihning O’zi bilan birga yashagan, Unga ergashgan va Undan o’rganganlarni o’zlari yozishgan bo’lsa ( Yuhanno Xushxabari 14:26)?

Nima uchun haqiqatdan ham Iso kim degan savol shunchalik ham muhim? Nima uchun bu katta ahamiyatga ega, U Xudomi yoki yo’qmi? Eng muhim sabab, nima uchun U Xudo bo’lishi kerakligi, agar u Xudo bo’lmaganligida, Uning o’limi butun dunyoni gunohini to’liq to’lash uchun yetarlicha bo’lmas edi ( 1-chi Yuhanno maktubi 2:2). Faqat Xudoning O’zi bunday cheksiz bahoni to’layolardi( Rimliklar maktubi 5:8; 2-chi Korinfliklar maktubi 5:21). Iso bizning qarzimizni to’lash uchun Xudo bo’lishi kerak edi, va o’lish uchun U odam bo’lishi kerak edi.

Shunday qilib, Iso Masihga imon orqali, najotga erishish mumkin! Isoni Xudoligi shuni bildiradiki - U najotga yagona yo’l. Isoni Xudoligi shunga asoski , U e’lon qildi: “ Men yo’l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi!” ( Yuhanno Xushxabari 14:6).


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso Masih kim?