Nima uchun suvda cho’mdirilish masihiylar uchun muhim?




Savol: Nima uchun suvda cho’mdirilish masihiylar uchun muhim?

Javob:
Injilga asoslansak, masihiy cho’mdirilish- bu imonli insonning hayotida ro’y bergan tashqi ko’rinishdir. Masalan bu jarayon shunga o’xshaydi, masihiy inson Isoga o’xshab o’limni qabul qilishi, ko’milishni va tirilishni. Injilda bu haqida yozilgan: “ Unutmangizki, biz Iso Masihni tan olib imon keltirdik. Biz suvga cho’mib, Masih bilan birga o’ldik va ko’mildik. Shuningdek, Masih Otasining ulug’vor qudrati bilan tirilganiga o’xshab, biz ham yangi hayotda yurishimiz lozim.” ( Rimliklarga 6: 3-4). Masihiyning suvga cho’mdirishganida, Iso bilan ko’milishini ko’rsatadi, suv ichidan chiqishi Iso Masih bilan tirilishni ko’rsatadi.

Masihihiycha suvda cho’mdirilishni qabul qilmoqchi bo’lib, qaror qilganlarga, faqat ikkita muhim talablar mavjud: 1)- Cho’mdirilayotgan inson, Iso Masih uning Qutqaruvchisi ekanligiga ishonishi kerak; 2)- Inson suvga cho’mish m’anosini tushunishi kerak.

Agar inson Isoni Qutqaruvchisi deb qabul qilgan bo’lsa va suvga cho’mish- bu itoatkorlikga va Isoga ishonishiga ochiq tan olishiga qadam qo’yayotkanini tushunsa, u suvga cho’mishni qabul qilishi mumkin. Injilni yozilishi bo’yicha, masihiylarni cho’mishi Xudoga itoatkorlikda va Isoga ishonishini, uni yagona Qutqaruvchisi ekanligini ochiq e’lon qilish xoxshida sodir bo’ladi. Suvga cho’mishni muhimligi shundaki- bu itoaykorlikga qadam qo’yishimiz, Isoga ishonishimizni va Unga sodiqligimizni ochiq ayta olishimiz, va Isoga o’xshab o’lganimizni, ko’milganimizni va tirilganimizni tan olsak va ishonsak.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun suvda cho’mdirilish masihiylar uchun muhim?