Savol
Ayol nozir yoki voizchi bo’lishi mumkinmi? Ayolning ruhiy hizmati haqida Muqaddas Kitobda nima yozilgan?
Javob
Bugungi kunda - ayolning nozirlikda yoki voizlikda qilgan hizmati, jamoatdagi turgan bahsli savol. Shuning uchun hozir ayol bilan erkakning qaramaqarshilik nuqtai nazardan, bu savolni yechmaslik juda muhim. Ba’zi bir ayollar, ayol nozirlik hizmatini bajarishi mumkin emas, deb hisoblashadi, huddi shunday ba’zi bir erkaklar, ayolga ruhiy hizmatda hech qanday chegara bo’lishi kerak emas va u nozirlik yoki voizchi hizmatini bajarishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shavinizm yoki diskriminasiya savoli emas… Bu Muqaddas Kitobning talqini haqidagi savol.
1-chi Timutiylar 2:11-12da yozilgan: “ Xotin sukutda va to’la itoatkorlik bilan ta’lim olsin. Xotin ta’lim berib erkak ustidan hukmronlik qilishga ruxsat bermayman. Xotin sukut saqlasin”. Xudo O’z jamoatida erkak va ayol uchun har hil ro’llar belgiladi. Bu yaratilishning ketma-ketligiga ( 1-chi Timutiy 2:13) va gunoh dunyoga qanday kelganligiga bog’liq ( 1-chi Timutiy 2:14). Havoriy Pavlus maktubida, ayolga ruhiy hizmat qilishga , erkaklarning ustidan hukmronlik qilolmasligi uchun, ruhsat bermayapti. Ayolga nozir yoki ruhiy ustoz hizmatida, erkaklar ustidan hokimlik qilishga ruhsat bermaydi. Ayol nozir yoki ayol hizmati haqida ko’p qarshi fikrlar bor. Ularning biri shuki, birinchi asrlarda ayollar ma’lumotsiz edi va shuning uchun Pavlus ayollarni ruhiy hizmatdan chetlatgan. Biroq ma’lumot haqida 1-chi Timutiy 2:11-14da hech narsa aytilmagan. Agar o’qimishli bo’lish ryhiyatda alomatli bo’lganda, Isoning ko’p shogirdlari bu hizmatga loyiq kelmagan bo’lar edi.
Ikkinchi mashhur fikr shundan iboratki, Pavlusning so’zlari faqat Efesdagi ayollarga ta’luqli ( 1-chi Timutiy maktubi efesdagi nozir Timutiyga yozilgan). Efes shahri o’zinig yunon Xudosi Artemida bilan mshhur bo’lgan. Artemidaga hizmat qilishda, ayollar hokimyatga ega edilar. Lekin 1-chi Timutiyda Artemida esga olingani yo’q va Pavlus Artemidaga bo’lgan hizmatni chegaralanish bahonasi deb, esga olgani yo’q ( 1-chi Timutiy2:11-12).
Uchinchi qarshilik shundan iboratki, Pavlus erkak va ayol haqida emas, balki er va xotin haqida yozyapti. 1-chi Timutiy 2:11-14dagi yunoncha ishlatilgan so’zlarni, “er” va “xotin” deb izohlash mumkin, biroq, bu so’zlarning asosiy ma’nosi - erkak va ayol. Huddi shu yunon so’zlar 8-10misralarda ham ishlatilgan. Nima faqatgina uylangan erkak qo’lini ko’tarib g’azabsiz va shubhasiz ibodat qilishi mumkinmi (8misra)? Faqatgina turmushga chiqqan ayol oriyat va iffat bilan kiyinib, Xudoni ulug’lashi kerakmi ( 9-10misralar) ? Albatta yo’q! 8-10 misralar aniq ayol va erkakga asoslanyapti, er va xotinga emas. 11dan 14gacha bo’lgan misralardagi ibora, er va xotinga o’tishini ko’rsatmayapti.
Ba’zilar ayollarni nozir, voizchi bo’lishiga Muqaddas Kitobdagi misollarga asoslanib - Maryam, Devora, Aldamiy, Priskilla, Fivalarga qarab qarshi fikr bildirishadi. Lekin ular muhim faktlarni unutishmayabti: Devora yagona hakam ayol bo’lgan, Aldamiya payg’ambarlaning ichida yagona, bashoratchi ayol edi; Gafuliya va Izavel esa shohlar davrida juda etiborli ayollar edi, lekin ular shubhasiz Xudojoy ayollar emas edi.
Havoriylarning 18-chi bobida, Priskilla va Akila Masihning sodiq hizmatchilari bo’lib, ko’rsatilgan. Bu bobning ohirida Priskillaning hizmatdagi ishtirokini, eriga nisbatan birinchiligini ko’rsatyapti. Lekin hech qayerda uning ruhiy hizmati 1-chi Timutiy 2:11-14 ga qarshi harakat bo’lganligi yozilmagan. Priskilla va Akila o’z xonadoniga Appolosni qabul qilib, yanada Xudoning haqiqat yo’lini izohlab berishdi ( Havoriylar 18:26).
Rimliklar 16:1 da hatto Fiva nozir emas balki hizmatchi, deb ko’rsatilgan, shundan ko’ramizki, Fiva jamoatda o’rgatmas edi. “ O’rgatish iqtidorini” nozirlarga berilgan, hizmatchilarga emas ( Titusga 1:6-9; 1-chi Timutiy 3:1-13). Nozirlar yozilgandek: “ bir xotinli, ta’lim berishga qobilyatli, bolalarni bo’ysundiraoladigan” bo’lishi kerak. Hamda nozirlar erkak bo’lishlari muhim (1-chi Timutiy 3:1-13).
Buning sababi 1-chi Timutiy 2:11-14da oson ko’rinadi. Nima uchun ayol erkakni o’rgatolmaydi va undan ustun kelolaydi? “ Chunki oldin Odam ato , keyin esa Momo Havo yaratildi. Shuningdek Odam emas, balki xotin shaytonga aldanib, jinoyat qildi” ( 1-chi Timutiy 2:13-14). Mana shunda sababi to’xtaladi. Xudo Odamni birinchi bo’lib yaratdi, Momo Havoni esa Odam uchun “yordamchi” qilib yaratdi. Shu yaratilish tartibi oilada ko’ringandek, jamoatda ham bor ( Efesliklar 5:22-23). Momo Havo aldanganligi - fakt, shuning uchun ayol nozir bo’lolmaydi, erkak ustidan hokimlik qilolmaydi. Ba’zi birlar o’ylashadiki ayollar ruhiy tarbiyachi bo’lolmaydi, chunki ularni aldash oson, lekin bu fikr bahsga ega…. Agarda ayolni aldash oson bo’lsa, unda nega u bolalarga tarbiya beroladi ( ularni aldash osonku) ,hamda boshqa ayollarga? Bu mutlaqo matnda aytilgan ma’noni bildirmaydi. Ayolga, erkakni ustidan ruhiy hokimyatga ega bo’lishga va erkaklarga ta’lim berishga ruhsat berilmagan, chunki Momo Havo aldangan edi va shuning uchun, Xudo jamoatdagi bosh hokimiyatni erkakka berdi.
Ayol mehmondo’stlik ko’rsatishga, dalda berib yordam berish in’omoga ega. Jamoatdagi ruhiy hizmat ayolga muhtoj, ayol jamoatda ibodatda va payg’ambarlikda chegaralangani yo’q ( 1-chi Korinfliklar 11:5), faqatgina erkak ustidan ruhiy hokimlikda chegaralangan. Muqaddas Kitobning hech bir joyida, ayol Muqaddas Ruhning in’omlaridan foydalanishi mumkin emasligi haqida, yozilgani yo’q( 1-chi Korinfliklar 12bob). Ayollar erkaklarga o’xshab, yaqinlarga hizmat qilib Muqaddas Ruhning samaralarini ko’rsatishga ( Galatiyaliklarga 5:22-23), yo’qolganlarga Xushxabarni e’lon etishga ( Matto 28:18-20; Havoriylar 1:8; 1-chi Butrus 3:15), chaqirilgan.
Xudo jamoatda faqat erkaklarga nozir bo’lishni va ruhiy tarbiya berishni buyurgan. Erkak ayoldan yaxshoroq o’rgatgani uchun emas, balki Xudo jamoatning faoliyatini shunday rejalashtirgani uchungina. Ayollarga kamroq nufuzli rol ajratilgan. Ular boshqa ayolni o’qitish uchun chaqirilgan ( Titusga 2:3-5). Kalom ayollarni bolalarga dars berishini chetlamaydi. Yagona ayolga chegaralangan joy - erkaklarga ta’lim berish va ularning ustidan hokimiyatga ega bo’lish, shu orqali ayol nozir bo’lishi mumkin emas. Bu ayollarning imkoniyatlarini kamaytirmaydi, aksincha Xudo ularni in’omlari bilan birgalikda ruhiy hayotda yashashga mukofotlaydi.
English
Ayol nozir yoki voizchi bo’lishi mumkinmi? Ayolning ruhiy hizmati haqida Muqaddas Kitobda nima yozilgan?