settings icon
share icon
Savol

Iso Xudoning O'g'li degani nimani anglatadi?

Javob


Iso, jismoniy ota va o'g'il ma'nosida Xudoning O'g'li emas. Xudo uylanmagan va farzand tug'magan. Xudo Maryam bilan juftlashmagan va u bilan birga o'g'il tug'magan. Iso, U Xudo bo'lib inson shaklida namoyon bo'lgan ma'noda Xudoning O'g'lidir (Yuhanno 1:1, 14). Iso Xudoning O'g'li, chunki U Muqaddas Ruh orqali Maryamda paydo bo'ldi. Luka 1:35 da: "Farishta javob berdi: — Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tug'adigan O'g'ling muqaddas bo'ladi, U Xudoning O'g'li deb ataladi" deb aytilgan.

O'zining sinov paytida yahudiy boshliqlari oldida bo'lgan Isodan oliy ruhoniy so'radi: "Barhayot Xudo haqi qasam ichib, ayt: Xudoning O'g'li — Masih Senmisan?" (Matto 26:63). Iso unga: — Gapingiz to'g'ri, — dedi. — Bundan buyon sizlar Inson O'g'lini Qodir Xudoning o'ng tomonida o'tirganini va osmon bulutlarida kelayotganini ko'rasizlar (Matto 26:64). Yahudiy yetakchilari bunga javoban Isoni kufrlikda aybladilar (Matto 26:65-66). Keyinchalik, Po'ntiy Pilat oldida "yahudiylar": "Bizda qonun bor, qonunimizga ko'ra U o'lishi kerak, chunki U O'zini Xudoning O'g'li, deb aytayapti"-deb talab qildilar (Yuhanno 19:7). Nima uchun Uning, U Xudoning O'g'li ekanligi haqidagi bayoni, kufrlik va o'limga loyiq deb hisoblangan? Yahudiy boshliqlari Isoning "Xudoning O'g'li" iborasi bilan nimani nazarda tutganini aniq tushunishardi. Xudoning O'g'li bo'lish – Xudoda bo'lgan tabiatga ega bo'lishi demakdir. Xudoning O'g'li – bu "Xudodan". Xudoda bo'lgan o'sha tabiatga U ega bo'lganligi haqidagi da'vo — aslida Xudo deb hisoblanadi — yahudiy rahbarlari uchun bu kufrlik edi; shuning uchun Levilar 24:15 ga muvofiq Isoni o'ldirishni talab qildilar. Ibroniylar 1:3 da juda aniq ifoda etilgan: "O'g'il — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig'ining aniq suratidir. U O'zining qudratli Kalomi bilan koinotni asrab turibdi".

Yuhanno 17:12 da boshqa bir misolni topish mumkin, bu yerda Yahudoni "halokatning o'g'li" deb tasvirlanadi. Yuhanno 6:71 da aytilishicha, Yahudo Simunning o'g'li edi. Yuhanno 17: 12 — oyatida Yahudoni "halokatning o'g'li" deb atalishi nimani anglatadi? "Halokat" so'zi "buzuqlik, halokat, chiqindi" degan ma'noni anglatadi". Yahudo "buzuqlik, halokat, chiqindi"ning tom ma'nodagi o'g'li emas edi, lekin bular Yahudoning hayotiga o'xshash edi. Yahudo halokatning bir ifodasi bo'ldi. Huddi shunday Iso ham Xudoning O'g'lidir. Xudoning O'g'li bu Xudodir. Iso Xudoning namoyondasidir (Yuhanno 1:1, 14).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso Xudoning O'g'li degani nimani anglatadi?
© Copyright Got Questions Ministries