settings icon
share icon
Savol

Iso O'zining o'limi va qayta tirilishi orasida jahannamga tushganmi?

Javob


Bu savolda nisbatan juda ko'p chalkashliklar bor. Iso xochdagi o'limidan keyin jahannamga borganligi haqidagi tushunchasi, asosan, "U jahannamga tushdi" deb aytilgan havoriylar e'tiqodidan kelib chiqadi. Shuningdek, ular qanday qilib tarjima qilinganiga qarab, Iso «jahannamga" tushishini tasvirlaydigan bir necha oyatlar ham mavjud. Ushbu masalani o'rganishda, avvalo, Muqaddas Kitob o'liklarning shohligi haqida nimani o'rgatayotganini tushunish muhim.

Tavrotga binoan, marhumlarning shohligini tasvirlash uchun ishlatiladigan so'z — sheol. Bu shunchaki "o'liklarning joyi" yoki "ruh/jonlarning ketadigan joyi" degan ma'noni anglatadi. Sheol so'zining Yangi Ahddagi yunon ekvivalenti — bu gades, "o'liklar joyi" degan ma'noda ifodalanadi. Yangi Ahddagi boshqa Muqaddas Bitiklarda sheol /do'zax o'liklarning qayta tirilishini va hukmni kutib turgan ruhlar saqlanadigan vaqtinchalik joy ekanligi ko'rsatilgan. Vahiy 20:11-15 da do'zax va olovli ko'lning o'rtasidagi farqni aniq ochib beradi. Olovli ko'l o'lganlar uchun doimiy va oxirgi hukm joyidir. Demak, do'zax vaqtinchalik joy ekan. Ko'p insonlar Sheol va gadesni "jahannam" deb atashadi va bu esa chalkashlikni keltirib chiqaradi. Iso o'limidan keyin azobli olovli ko'lga bormadi, lekin u do'zaxga bordi.

Sheol/do'zax ikkiga ajratilgan shohlik bo'lib – marhamat joyi va hukm joyidir (Matto 11:23; 16:18; Luqo 10:15; 16:23; Havoriylar 2:27:31). Qutqarilgan va yo'qolganlarning joylari Muqaddas Kitobda odatda "do'zax" deb nomlanadi. Najot topganlarning joyi suningdek, Luqo 16:22 da "Ibrohimning bag'ri" yoki "Ibrohimning tarafi", Luqo 23:43 da esa "Jannat" deb nomlanadi. Najot topmaganlarning joyi Luqo 16:23 da "jahannam" (KJV) yoki "gades" (NIV) deb nomlanadi. Najot topganlar bilan yo'qolganlarning orasini "buyuk tubsiz jarlik" ajratib turadi (Luqo 16:26). Iso o'lganida, o'liklar diyorining inoyat tamoniga bordi va u yerdan imonlilarni O'zi bilan osmonga olib ketdi (Efesliklar 4:8-10). O'liklarning joyi/do'zaxning hukm tomoni hech qanday o'zgarishsiz qoldi. Barcha imonsiz o'liklar, o'zlarining kelajakda bo'ladigan yakuniy hukmini kutish uchun u yerga boradilar. Iso o'liklar joyi/do'zaxga borganmi? Ha, Efesliklar 4:8-10 va 1 Butrus 3:18-20 ga ko'ra. Ba'zi chalkashliklar Shoh Yoqub tarjimasiga ko'ra, Zabur 15:10-11oyatlarida shunday deyilgan: "Jahannamga tashlab ketmaysan jonimni, O'z azizingga chuqurlik yuzini ko'rsatmaysan....Sen hayot yo'lini menga bildirasan". Bu oyatda "jahannam" so'z to'g'ri tarjima deb hisoblanmaydi. To'g'ri o'qish "qabr" yoki "o'liklar joyi" bo'ladi. Iso yonidagi o'g'riga: "Bugun men bilan birga jannatda bo'lasan",- dedi (Luqo); U "Men seni jahannamda ko'raman" demadi. Isoning tanasi qabrda edi; Uning joni/ruhi o'liklar joyi/do'zaxdagi marhumlar bilan bo'lishga bordi. Afsuski, Muqaddas Kitobning ko'p versiyalarida tarjimonlar ibroniy va yunon tilidagi so'zlarni "o'liklar joyi", "do'zax" va "jahannam" so'zlarini qanday tarjima qilishda izchil yoki to'g'ri tarjima qilishmagan. Ba'zilarning fikricha, Iso bizning "jahannam"da yoki o'liklar joyi/do'zaxning azobli tomoniga o'tib, bizning gunohlarimiz uchun jazolandi deyishdi. Bu fikr butunlay Muqaddas Kitobdan emas. Bu, bizning qutqarilishimiz uchun yetarlicha ta'minlangan Isoning xochdagi o'limi edi. Bu gunohlarimizdan poklanishimiz uchun Uning to'kilgan qoni edi (1 Yuhanno 1:7-9). Qachonki U xochga mixlanganida, butun insoniyat gunohining yukini O'ziga oldi. U biz uchun gunohkor bo'ldi: "Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun gunohsiz bo'lgan Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi" (2 Korinfliklar 5:21). Gunohning bu e'tirozi, Iso Masihga xochda to'kiladigan gunoh kosasi bilan Getsemaniya bog'ida kurashishini tushunishimizga yordam beradi.

Iso o'limi yaqinlashganida, "Amalga oshdi" deb aytdi (Yuhanno 19:30). Uning bizning o'rnimizga chekadigan azob-uqubatlari tugadi. Uning joni/ruhi do'zaxga (o'liklar joyiga) ketdi. Iso jahannamga tushmadi yoki azob-uqubat tomonida bo'lmadi; U, "Ibrohimning tarafi"ga yoki marhamatlanganlar tomonga ketdi. Isoning azob-uqubatlari U o'lgan vaqtida to'xtadi. Gunoh evaziga to'lov to'landi. Undan keyin, U tanasining tirilishini va O'zining shon-shuhrat bilan yuksalishi paytini kutgan. Iso jahannamga bordimi? Yo'q. Iso o'liklar joyi/do'zaxga bordimi? Ha.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso O'zining o'limi va qayta tirilishi orasida jahannamga tushganmi?
© Copyright Got Questions Ministries