Savol
Iso haqiqatdan ham mavjud bo'lganmi? Iso Masihning tarixiy dalillari bormi?
Javob
Odatda, bu savol berilganda, savolni so'ragan kishi bu savolni "Muqaddas Kitobdan tashqari" deb so'raydi. Biz Muqaddas Kitobni, Isoning borligiga dalil manbai deb hisoblanmaydi degan bu fikrni qabul qilmaymiz. Yangi Ahdda, Iso Masih haqida yuzlab dalillar keltirilgan. Bizning davrimizning ikkinchi asrida, Isoning o'limidan 100 yil o'tgach, Xushxabarlarning yozilishiga guvoh bo'lgan kishilar bor. Hatto qadimgi dalillar bo'yicha (biz qattiq tortishadigan bo'lsak ham) bo'lsa ham, voqealar sodir bo'lganidan 200 yil o'tgach, yozuvlar juda ishonchli dalillar hisoblanadi. Bundan tashqari, olimlarning ko'pchiligi (masihiylar va masihiy bo'lmaganlar) Pavlusning maktublari (ularning ba'zi-birlari) aslida bizning milodiy, birinchi asrimizning o'rtalarida, Iso o'lganidan 40 yil o'tgach yozganligini tan olishadi. Qadimiy qo'lyozma dalillari nuqtai nazaridan, bu bizning zamonamizning birinchi asr boshlarida Isroildagi Iso ismli kishining mavjud bo'lganligi haqida juda ishonchli dalildir.
Buni tan olish muhumki, eramizning 70 yillarida Rimliklar Quddusni va Isroilning ko'p qismini bosib olib va vayron qilib, ularning aholisini o'ldirdi. Ko'plab shaharlar butunlay yonib ketdi. Agar Isoning mavjudligi to'g'risigagi dalillarning ko'pi yo'q bo'lib ketgan bo'lsa, demak bunga biz hayron bo'lmasligimiz kerak. Iso haqida bilgan guvohlarning aksariyati o'ldirilgan edi. Bu dalillar, ehtimol, Iso haqida guvohlik beradigan ma'lumotlarning sonini cheklaydi.
Isoning xizmati, Rim imperiyasining kichik bir burchagiga nisbatan kichik bo'lgan hudud bilan chegaralanganligini hisobga olib, Iso haqidagi ajoyib ma'lumot sonini dunyoviy tarixiy manbalardan olish mumkin. Isoning eng muhim tarixiy dalillaridan ba'zilari quyidagilardan iborat:
I asrda qadimgi dunyoning eng yorqin tarixchilaridan biri bo'lgan yunon tarixchisi Tatsit, Tiberius davrida Pontiy Pilat hukmronligi ostida azob-uqubat chekib yurgan xurofiy "masihiylar" ("Masih", lotincha "Masih" ma'nosini anglatuvchi) haqida eslatib o'tgan. Hukmdor Hadrianning bosh kotibi Suetonius, birinchi asrda Grest (yoki Masih) ismli bir odam yashaganligi haqida yozgan (Annal 15.44).
Iosif Flaviy — eng mashhur yahudiy tarixchisi bo'lgan. Qadimgi davrlarda u "Masih deb nomlangan Isoning ukasi" Yoqubga murojaat qiladi.
Munozarali oyat bor (18:3): "Tahminan bu vaqtlarda Iso deb atalgan, donishmand odam bo'lgan edi, agar uni inson deb atash qonuniy bo'lsa. U ajoyib ishlarni qilgan kishi bo'lgani uchun ... U Masih edi ... U uchinchi kuni tirik holda yana ularga keldi, madomiki ilohiy payg'ambarlar bu va boshqa o'n mingta u haqidagi ajoyib narsalarni bashorat qilgan edilar". Bir rivoyatda shunday deyiladi: "Bu davrda Iso nomli bir dononishmand bo'lgan edi. Uning fe'l-atvori yaxshi edi va u saxovatliligi bilan mashxur edi. Yahudiylardan va boshqa xalqlardan ko'pchiligi uning shogirdlari bo'lishdi. Pilat uni xochga mixlashga va o'limga mahkum etdi. Ammo Uning shogirdlari shogirdlikni tark etmadilar. Ular, U xochga mixlanganidan uch kun o'tgach, U ularga kelgani va U tirik ekanligi haqida xabar berishdi; shuning uchun u, ehtimol, payg'ambarlar mo'jiza deb aytib o'tgan Masihdir ».
Afrikalik Julius, tarixchi Talliusning, Masihning xochga mixlanishidan keyin bo'lgan zulmat haqidagi munozarasidan keltirib o'tadi. (Ajratilgan Yozuvlar 18).
Kichkina Pliniy 10:96 maktubida, yosh nasroniylarga sajda qilishning ilk amallari, shu jumladan, masihiylar Isoga Xudo deb ibodat qilishlari haqida yozgan va juda axloqiy bo'lib, u o'z ichiga, sevgi bayrami va Rabbiyning Kechligini kiritdi.
Bobil Talmudi (Sanhedrin 43a) da, Fisih bayrami arafasida Isoni xochga mixlashni va sehrgarlikda ayblanishni va yahudiylarnnig etiqodidan voz kechishni targ'ib qilishdagi ayiblovlar bilan Masihni ayiblashganini tasdiqlaydi.
Samosatalik Lusian, ikkinchi asrda yashagan yunon yozuvchisi bo'lib, masihiylar Iso Masihga topinishganlarini, yangi ta'limotlni kiritganini va ular uchun xochga mixlanganligini tan oldi. U, Isoning ta'limotida imonlilarning birodarligi, e'tiborning ahamiyati va boshqa xudolarni rad etish muhimligi haqida aytgan. Masihiylar Iso qonunlariga ko'ra yashadilar, o'zlarini boqiy deb hisobladilar va o'limga, o'z ixtiyori bilan rozi bo'lishgan va moddiy manfaatlarni rad qilishgan.
Mara Bar-Serapion, Isoning dono va saxovatli inson deb hisoblanganini, ko'plab odamlar uni Isroil shohi deb hisoblagani, yahudiylar tomonidan o'limga hukm qilinganligi va O'z izdoshlarining ta'limotida yashaganini tasdiqlaydi.
Bizda, Isoning nomi tilga olingan barcha Gnostik yozuvlar bor (Haqiqiy Xushxabar, Yuhannoning Apokrifi, Foma Xushxabari, Tirilish haqidagi risola va boshqalar).
Aslida biz Xushxabarni faqat masihiy bo'lmagan manbalardan: Isoni Masih deb ataganlar (Yusuf), u "sehr-jodu" qildi, Isroilni yangi ta'limotga olib keldi va Yahudiyada, Pasxada, ular uchun osildi (Bobil Talmudi). (Tacit), lekin uning Xudo ekanligini va qaytib kelishi (Eliezar), Uning izdoshlari Xudoga sajda qilishgandek Unga sajda qilishgan (Kichkina Pliniy) deyarli qayta tiklay olamiz.
Har Ikkalasida ham, dunyoviy va Muqaddas Kitobdagi tarixda, Iso Masihning mavjudligi uchun juda ko'p dalil-isbotlar mavjud. Ehtimol, Isoning aslida mavjud bo'lganligining eng katta isboti, milodiy I asrda minglab masihiylar, jumladan o'n ikki havoriylar, Iso Masih uchun azobli o'limga jonlarini berishga tayyor bo'lganliklaridir. Odamlar o'zlari ishongan narsalar uchun o'lishadi, lekin hech kim yolg'on deb hisoblashgan narsa uchun o'lishmaydi.
English
Iso haqiqatdan ham mavjud bo'lganmi? Iso Masihning tarixiy dalillari bormi?