settings icon
share icon
Savol

Isoning nomi bilan ibodat qilish nimani anglatadi?

Javob


Isoning nomi bilan ibodat Yuhanno 14:13-14 oyatda o'rgatiladi: "Sizlar Mening nomimdan so'ragan hamma narsani Men bajo keltiraman, toki Ota O'z O'g'li orqali ulug'lansin. Ha, sizlar Mening nomim bilan Mendan so'ragan har qanday narsani bajo keltiraman." Ba'zilar bu oyatni noto'g'ri ishlatishadi, chunki ibodatning oxirida "Isoning nomi bilan" deb aytish Xudo har doim so'ragan narsalarni berishga olib keladi deb oylaydi. Bu, aslida, "Iso nomi bilan" so'zlarini sehrli formula sifatida talqin qilishdir. Bu mutlaqo Muqaddas Kalomga oid emas.

Isoning nomi bilan ibodat qilish, Uning qudrati bilan ibodat qilish va Ota Xudodan ibodatlarimizga muvofiq harakat qilishini so'rash demakdir, chunki biz Uning O'g'li Iso nomi bilan kelamiz. Isoning nomi bilan ibodat qilish, Xudoning irodasi bilan ibodat qilish bilan bir xil narsani anglatadi, "Biz abadiy hayotga ega bo'lganimiz uchun Xudoning huzurida dadil bo'lamiz, chunki Xudoning irodasiga ko'ra nimani so'rasak, U bizga quloq tutishini bilamiz. Xudo ibodatlarimizga quloq tutar ekan, demak, ibodatlarimizga javob olganimizga to'liq ishonch hosil qilamiz" (1 Yuhanno 5:14-15) Isoning nomi bilan ibodat qilish, Isoni sharaflash va ulug'lash uchun ibodat qilish demakdir.

Ibodatning oxirida "Isoning nomi bilan" degan so'z sehrli formula emas. Agar biz so'rasak yoki ibodat qilsak, Xudoning ulug'vorligi va irodasiga ko'ra bo'lmasa, "Isoning ismi bilan" degani hech qanday ma'noga ega emas. Isoning nomi bilan va Uning ulug'vorligi uchun ibodat qilish, ibodatning oxiriga ma'lum so'zlarni qo'shmaslik muhimdir. Muhimi, ibodatdagi so'z emas, balki ibodatning maqsadi. Xudoning irodasiga muvofiq bo'lish uchun ibodat — Iso nomi bilan ibodat qilish ibodatning mohiyatidir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Isoning nomi bilan ibodat qilish nimani anglatadi?
© Copyright Got Questions Ministries