Savol
Iso haqiqatdan ham jannatga bo’lgan yagona yo’lmi?
Javob
“ Umuman olganda men yaxshi odamman, shuning uchun jannatga tushaman”. “ Endi bir -- ikkita yomon ishlar bo’lgan, lekin qolganlari yaxshiku, demak men jannatga tushaman”. “ Xudo meni faqat Kalom bo’yicha yashamayotganim uchun do’zaxga yubormaydi. Hozir endi u paytlar emas!” . “ Faqat qotil va buzuqlarga o’xshagan yomon odamlar, haqiqatdan ham do’zaxga tushishadi”.
Bu haqiqatdan ham adashmovchilik bo’lgan, ko’pchilik odamlarning qabul qilgan oqlanishlaridir! Iblis dunyoning hukmdori, bizlarning qalblarimizga mana shu fikrlarni ekadi. U va uning ortidan ergashgan har kim -- Xudoga dushman ( 1-chi Butrus 5:8). Iblis doim yaxshi bo’lib ko’rinadi ( 2-chi Korinfliklarga 11:14), lekin u Xudoga tegishli bo’lmaganni zehnlarini boshqaradi:” Xudoning tasviri bo’lgan Masihning ulug’vor Xushxabarining nurini odamlar ko’rmasin deb, bu dunyoning tangrisi imonsizlarning zehnlarini ko’r qilgan” ( 2-chi Korinfliklar 4:4).
Xudo ko’rimsiz gunohlarni inobatga olmay, faqat “ yomon odamlarni” do’zaxga jo’natadi degan fikrga borish, xatodir. Har qanday gunoh bizni Xudodan ajratadi, hatto kichkinagina yolg’on ham. Hammamiz gunoh qilganmiz va hech kim mustaqil jannatga tushishga yetarlicha yaxshi emas( Rimliklar 3:23). Jannatga yetish, yaxshi yoki yomon ishlarning sonidan bog’liq emas. “ Ular Xudo inoyati tufayli saylanganlar, demak, savob ishlari tufayli saylangan emaslar aks holda inoyat yana inoyat bo’lmas edi” ( Rimliklar 11:6). Bizlar jannnatga savobli ishlarimiz tufayli ega bo’lolmaymiz ( Titusga 3:5).
“ Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga eltuvchi yo’l ko’p enli, darvozasi esa kengdir. Ana, shu tomon yurayotganlar ko’p” ( Matto Xushxabari 7:13). Bizlarni, hamma odamlar gunohkor hayot bilan yashaydi va Xudoga ishonish mashhur emas degan fakt , oqlolmaydi. “ Sizlar bir vaqtlar gunoh va jinoyatlaringiz tufayli ruhan o’lgan edingizlar. Sizlar bu dunyoning taomiliga ko’ra, fazoda hukmronlik qilayotgan hokim -- shaytonning ixtiyoriga qarab yashar edingizlar. Shayton ruhi hozir ham osiy bandalarga amal qilmoqda” ( Efesliklar 2:1-2).
Xudo bu dunyoni yaratganida, hamma narsa mukkamal va go’zal edi. Unda U Odam Ato va Momo Havoni yaratib,ularga o’zlari Xudoning ketidan ergashishlari va Unga quloq solishlari kerakmi yoki yoqmi, deb tanlashilari uchun , erkin ixtiyorni bergan. Lekin birinchi odamlar, iblis orqali aldanib, Xudoning gapiga kirishmadi va gunoh qilishdi. Shu tufayli ular ( shuningdek ularning hamma avlodlari, shu jumladan bizlar ham) Xudo bilan yaqin munosabatga ega bo’lish imkoniyatini yo’qotdilar. U mukammal, va gunoh bilan yaqin bo’lolmaydi. Gunohkorlar kabi, bizlar buni mustaqil o’zgartirolmasdik. Shuning uchun Xudo bizlar , U bilan Osmonda birlashimiz mumkin bo’lgan yo’lni mo’ljallab qo’ygan. “ Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining Yagona O’g’lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin” ( Yuhanno Xushxabari 3:16). “ Gunohning evazi – o’lim, Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir “ ( Rimliklar maktubi6:23). Iso bizlarga mana shu yo’lni ko’rsatish va gunohlarimiz uchun, bizlarnig o’rnimizga o’lish uchun tug’ildi. Uch kun o’limdan keyin, U qabr ichidan tirildi( Rimliklar maktubi 4:25), o’lim ustidan O’zining g’alabasini isbotlab. U odam va Xudo orasidagi jarlik ustidan ko’prik bo’ldi, U bilan bizlar shahsiy munosabatga ega bo’lishimiz uchun!
“ Abadiy hayot esa Seni -- tanho Haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib – bilishdan iboratdir” ( YUhanno Xushxabari17:3). Ko’pchiliklar Xudo mavjud ekanligiga ishonishadi,hatto iblis ham Unga ishonadi. Lekin najot olish uchun, bizlar darkor Xudoga murojaat qilishimiz, U bilan shahsiy munosabatlarimizni tuzatib, o’zimizning gunohlarimizdan voz kechib va Unga ergashimiz zarur. Bizlar to’liq butun yuragimiz bilan Isoga ishonishimiz kerak. “ Xudo talab qilgan solihlik -- Iso Masihga ishonishdan iboratdir. Shu imonga ega bo’lgan hammani Xudo oqlaydi” ( Rimliklar3:22). Muqaddas Kitobda najotga, Isodan boshqa yo’l yo’qligi yozilgan. Yuhanno Xushxabari 14:6da Iso aytgan: “ Men yo’l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi”.
Iso – najotga yagona yo’l, ahir faqat U bizning gunohimiz uchun to’loladi( Rimliklar 6:23). Hech qanday boshqa dinlar gunohning jiddiyligi, uning chuqurligi va uning natijalari haqida o’rgatmaydi. Hech qanday boshqa dinlar gunohimiz uchun cheksiz to’lov haqida, Iso Masih buni qilgani kabi aytmaydi. Boshqa hech bir “ din asoschisi” tanadagi Xudo bo’lmagan ( Yuhanno Xushxabari1:1,14), bizlarni qarzimizni o’chirib tashlash uchun, yagona bo’lgan yo’l. Iso gunohlarga to’lov berish uchun, Xudo bo’lishi kerak edi va U o’lish uchun, inson bo’lishi kerak edi. Faqat Iso Masihga imon orqali , najotga ega bo’lish mumkin! “ Najot topishimiz uchun, osmoni falak ostida odamzodga berilgan boshqa hech bir ism yo’q” ( Havoriylar 4:12).
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
Iso haqiqatdan ham jannatga bo’lgan yagona yo’lmi?