Savol
Iso bizning gunohlarimiz uchun o'lishidan oldin, odamlar qanday qutqarilganlar?
Javob
Insoniyatning gunoh qilib yiqilishidan buyon najotning eng asosi doimo Masihning o'limi edi. Hech kim xochdan oldin yoki xochdan keyin dunyoning tarixidagi bu asosiy voqeasiz aslo najot topmagan bo'lar edi. Masihning o'limi orqali Eski Ahd muqaddaslarining gunohlari va Yangi Ahd muqaddaslarining kelajakdagi gunohlari jazosi uchun to'lov to'landi.
Najotning talabi har doimo imon bo'lgan. Najot uchun imonning maqsadi har doim Xudo edi. Zaburda yozildan, "Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar!" (Zabur 2:12). Ibtido 15:6 oyatida Ibrohim Xudoga ishonganligini va Xudo unga solihlikni ado etishi uchun imoni yetarli ekanligini aytadi (shuningdek, Rimliklarga 4:3-8 ga ham qarang). Eski Ahdning qurbonlik tizimi gunohni bekor qilmadi, chunki Ibroniylarga maktubning 10:1-10 oyatda aniq o'rgatadi. Biroq bu, Xudoning O'g'li gunohkor insoniyat uchun qonini to'kadigan kunga ishora qiladi.
Asrlar mobaynida o'zgargan narsa, bu imonlining imon mazmunidir. Xudoning irodasiga ko'ra qo'yilgan talab, o'sha vaqtga qadar insoniyatga U bergan vahiylarning soniga asoslangan edi. Bu taraqiyot vahiysi deyiladi. Ibtido 3:15 da Odam Ato, Xudo tomonidan berilgan, ayolning zoti Shaytonni mag'lub qiladi degan va'dasiga ishondi. Odam Ato Momo Havoga bergan ism bilan nomlashi orqali unga ishondi (20-oyat) va Parvardigor ularga darhol teridan kiyim tikib, qabul qilganligini ko'rsatdi (21-oyat). O'sha paytda hammasi shu ekanligini Odam Ato bilardi, lekin u bunga ishondi.
Ibrohim Xudoning Ibtido 12 va 15 da bergan va'dalari va yangi vahiylari asosida Xudoga ishondi. Musodan oldin Muqaddas Yozuvlar yozilmadi, lekin Xudo insoniyatga ochib bergan narsalar uchun javobgar edi. Butun Eski Ahd davrida imonlilar najotga erishdi, chunki ular Xudo bir kuni kelib gunoh muammolariga g'amxo'rlik qilishiga ishonishgan. Bugun biz orqaga qarab, Iso xochda bizning gunohlarimiz haqida g'amxo'rlik qilganligiga ishonamiz (Yuhanno 3:16; Ibroniylarga 9:28).
Xoch va tirilishdan oldin, Masihning davridagi imonlilar haqida nima deyish mumkin? Ular nimaga ishonishdi? Ular gunohlari uchun xochda o'lgan Masihning to'liq sur'atini tushunishdimi? Iso xizmatining so'ngida "Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga quyidagilarni ochiqchasiga tushuntira boshladi: "Men Quddusga borib, oqsoqollar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari qo'lida ko'p azob chekaman. Meni o'ldirishadi, lekin uchinchi kuni Men tirilaman" (Matto 16:21-22). Shogirdlarining bu xabarga munosabatlari qanday bo'ldi? "Shunda Butrus Isoni chetga tortib, shunday ta'na qildi: — Xudo saqlasin, Hazratim! Boshingizga aslo bunday kunlar kelmasin!" Butrus va boshqa shogirdlari to'liq haqiqatni bilishmasdi, lekin ular Xudo gunoh muammosini yechishiga ishonishgani uchun najot topishgan. Ular Odam Ato, Ibrohim, Muso yoki Dovudlar bilganidek, qanday qilib Iso buni bajarishini tushunishmasada, lekin ular Xudoga ishonishgan.
Bugun bizda Masihning tirilishidan oldingi yashaydigan odamlardan ko'ra kattaroq vahiyimiz bor; biz to'liq manzarani bilamiz. "Xudo qadimda ota–bobolarimizga ko'p marta va turli tarzda payg'ambarlar orqali gapirgan edi. Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O'z O'g'li orqali gapirdi. Xudo koinotni O'g'li orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan" (Ibroniylar 1:1-2). Bizning najotimiz hali ham Masihning o'limiga asoslangan bo'lib, bizning imonimiz hali ham najot talabidir va bizning imonimizning markazi hali ham Xudodir. Bugun, biz uchun imonimizning mazmuni, Iso Masih bizning gunohlarimiz uchun o'lganligi, dafn qilinganligi va uchinchi kun ko'tarilganligidir (1 Korinfliklarga 15:3-4).
English
Iso bizning gunohlarimiz uchun o'lishidan oldin, odamlar qanday qutqarilganlar?