Savol
Isoni ilohiyligini Kalom tasdiqlaydimi?
Javob
Nafaqat Isoning O’zi, O’zini xudo deb, e’lon qilgan, balki Uning izdoshlari ham Uni ilohiyligini tan olishgan. Ular gunohkorlarni kechirishiga haqqi borligi haqida aytishardi – faqat Xudo gunohlarni kechirishi mumkin ( Havoriylar 5:31; Kolosyaliklarga 3:13; Zabur 129: 4; Eremiyo 31:34). Iso, U “ o’liklarni va tiriklarni hukm” etishini aytgan( 2-chi Timuti 4:1). To’ma Isoni: “ ey mening Rabbim va Xudoyim!” – deb nomladi( Yuhanno 20:28). Pavlus Iso haqida:” buyuk Xudo va Qutqaruvchi” – deb yozgan ( Titus 2:13) va shunga ko’rsatkich berdiki, Iso mujassam bo’lishidan oldin “ ilohiy qiyofada” mavjud bo’lgan ( Filippiliklarga 2:5-8). Ibroniylar maktubining muallifi, Iso haqida “ Ey Xudo, Sening taxting doimiy va abadiydir” – deb aytgan ( Ibroniylar 1:8). Yuhanno yozgan: “ Azalda Kalom bor edi, Kalom Xudo huzurida edi, Kalom - Xudo edi” ( Yuhanno 1:1). Yozuv, Isoning ilohiyatligiga ko’rsatkich beruvchi ko’pkina misollar bilan to’lgan ( Vahiy 1:17, 2:8, 22:13; 1-chi Korinfliklar 10:4; 1-chi Butrus 2:6-8; Zabur 17:2, 94:1; 1-chi Butrus 5:4; Ibroniylar 13:20) va bularning har bitta havolasi, bizga shuni ko’rsatadiki, Isoning izdoshlari, Uni haqiqatdan ham Xudo, deb hisoblashgan.
Eski Ahdda Iso noyob “ Yahvey” xususiyatlariga ega ( Eski Ahddagi, Xudoning ismlaridan biri, Eski Ahd “najotkor” unvoni ( Zabur 129:7; Ho’sheya 13:14)), Yangi Ahdda, Isoga nisbatan ishlatiladi ( Titusga 2:13; Vahiy 5:9). Isoni Emanuel, deb nomlashadi ( “ Xudo biz bilan” Matto 1da). Zakariyo 12:10 da yozilgan: “nayzalangan odamga ( Yahvey) tikilib qaradilar”. Yangi Ahdda bu sitata bilan, Isoning mixlanishini izohlashadi ( Yuhanno 19:37; Vahiy 1:7). Agar Yahvey – jirkanilgan va nayzalangan bo’lsa, Iso esa nayzlangan va jirkanchli bo’lgan, unda Yahvey, o’sha bo’ladi. Pavlus Ishayo 45:22-23ni qo’llab, Filippiliklar 2:10-11da Isoni izohlab, shuningdek Isoning ismi Yahvey bilan, bizga ibodatda “ Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat ila tinchlik bo’lsin” – deb qo’llanilyapti ( Galatiyaliklarga 1:3; Efesliklarga 1:2). Agar Iso Xudo bo’lmaganida, bu Xudoga shak keltirish bo’lgan bo’lar edi. Suvga cho’dirish, chaqiruv paytida, Isoning ismi Yahvey bilan birga paydo bo’lyapti : “ Ota, O’g’il va Muqaddas ruh nomi bilan” ( Matto 28:19; 2-chi Korinfliklar 13:14). Yuhanno, Vahiy kitobi 5:13da yozgan, butun mavjudot Isoni ( Qo’zini) ulug’laydilar - shuning uchun Iso, yaratilishning bir qismi bo’lolmaydi.
Isoning xatti- harakati faqat Xudoning qo’lidan keladi. Iso nafaqat o’liklarni tiriltirardi ( Yuhanno 5:12, 11:38-44), balki gunohlarni ham kechirardi ( Havoriylar 5:31, 13:38). U bor mavjudotni yaratilishida ishtirok etgan va buni tasdiqlayapti ( Yuhanno 1:2; Kolosyaliklarga 1:16-17) ! Iso faqat Xudoga hos bo’lgan xususiyatlarga ega: abadiy ( Yuhanno 8:58); har yerda mavjud ( Matto 16:21); Qudratli ( Yuhanno 11:38-44). Odamlar ishonishi uchun, O’zini Xudo deb e’lon qilib, aldash - bir ish, va bu haqiqatdan ham shunday ekanligini isbotlash esa - umuman boshqa ishdir! Iso O’zi ko’rsatgan mo’jizalari va o’liklar ichidan tirilishi bilan, O’zining ilohiyligini isbotlab berdi. Iso suvni sharobga aylantirgan ( Yuhanno 2:7), suv ustida yurgan (Matto 14:25), minglab insonlarni to’ydirgan ( Yuhanno 6:11), ko’rlarni shifolagan ( Yuhanno 9:7), turli hil kasalliklarni shifolagan ( Mark 2:3; Matto 9:35; Mark 1:40-42) va o’liklar ichidan tiriltirgan ( Yuhanno 11:43-44, Luqo 7:11-15; Mark 5:55). Eng muhimi esa, Isoning O’zi o’liklar ichidan tirildi, bu esa har-hil boshqa din xudolari ustidan ustunligini isbotlaydi.
Doktor Geri Xabermas fikri bo’yicha o’n ikkita qamdi faktlar mavjud, bunga hatto imonsiz olimlar ham rozichiliklarini bildiradi:
1. Iso mixlangan va o’lgan.
2. U ko’milgan.
3. Uning o’limidan so’ng, izdoshlari tushkunlikda edi va umidlarini yo’qotishgan edi.
4. Bir necha kundan keyin Isoning qabri bo’sh edi.
5. Uning izdoshlari tirilgan Isoni ko’rishganida, ishonishgan edi.
6. Shubhalangan shogirdlari esa, mustahkam imonli izdoshlarga aylanishdi.
7. Bu xabar Yangi jamoatlarda markaziy va’z bo’lgan edi.
8. Bu xabar Quddusda va’z qilingan edi.
9. Va’z natijasida jamoatlar mujassam bo’lib, tarqalib ketdi.
10. Tirilish kuni (yakshanba) asosiy ulug’lash kuni bo’ldi.
11. Ishonmo’vchi To’ma, tirilgan Isoni ko’rganidan keyin, ishondi.
12. Pavlus, masihiylarni quvg’in qiluvchi, tirilgan Isoni, o’zida his etkanidan keyingina, Unga ishondi.
Xushxabar va tirilishni isbotlash uchun: Isoning o’limi, ko’milishi, tirilishi va izdoshlari oldida ko’rinishi ( 1-chi Korinfliklarga 15:1-5), faqat shu bir nechta punktlar yetarlicha. Bu ro’yxat bilan ko’pchiliklar qo’shilmasliklari mumkin yoki shu punktlar ichidan o’zlarining tushunchalarini to’qib chiqarishlari mumkin, lekin umuman, hamma sodir bo’lgan voqealar, Isoning tirilishi tufayli bo’lishi mumkin. Hatto kritiklar ham havoriylar haqiqatdan ham tirilgan Isoni ko’rishgan, degan faktiga qo’shilishadi.
Bu shunchali odamlarni hayotiga ta’sir qiladigan va o’zgartirib yuvoradigan gallyusinasiya yoki yolg’on to’dasi bo’lishi mumkin emas edi… Birinchidan, masihiylik u paytlarda mashhur din emasdi va shunchaki aldashga ma’no yo’q edi. Ikkinchidan esa hech kim yolg’on uchun, o’zining hayoti bilan qurbonlik bo’lmaydi! Isoning tirilishi - yagona haqiqiy tushunchaki, Uning izdoshlari o’zlarining imonlari uchun o’z hayotlari bilan, qurbonlik bo’lishga va azobli o’lim bilan o’lishga tayyor edilar! Kim mug’ombirlik va yolg’on uchun o’lishga tayyor?
Shunday qilib, Iso, U Yahvey ekanligini aytdi, haqiqiy Xudo va Uning izdoshlari ( Yahudiylar har qanday shak keltirishga qo’rquvchilar) Unga ishonishdi. Iso O’zining ilohiyligini, tirilishlar va mo’jizalar orqali ko’rsatdi va hech qanday taxminlar bu faktlarni tushuntirib berolmaydi.
English
Isoni ilohiyligini Kalom tasdiqlaydimi?