Savol
Muqaddas Ruhga qarshi kufr nima?
Javob
"Ruhga qarshi kufr" tushunchasi Mark 3:22-30 va Matto 12:22-32 da keltirilgan. Iso bir mo'jiza ko'rsatdi. Isoga jinga chalingan odamni keltirishdi va Rabbiy jinni quvib chiqarib, odamni ko'r va soq'ovlikdan davoladi. Ushbu mo'jizaning guvohlari Isoning haqiqatdan ham qilayotgan Masih ekanligiga shubha bilan savollar bera boshlashdi. Masih haqidagi xabarni eshitib, bir guruh farziylar tezda xaloyiq ichida qarshilik qo'zg'adilar: "Bu voqeani eshitgan farziylar esa shunday dedilar: "U ins–jinslar hukmdori Baalzabulning kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti" dedilar (Matto 12:24).
Iso iblisning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarmaganligini mantiqiy sabablar orqali aytib farziylarning so'zlarini rad etdi (Matto 12:25-26). Keyin U Muqaddas Ruhga qarshi kufrlik haqida gapiradi: "Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar kechirilmaydi. Kim Inson O'g'liga qarshi so'z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so'z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi" (31-32 oyatlar).
Kufr so'zlarni, odatda, «mudhish sharmandalik» deb ta'riflash mumkin. Bu atama Xudoning la'nati sufatida yoki Xudoga tegishli bo'lgan narsalarni ataylab tahqirlash kabi gunohlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Kufrlik, shuningdek, Xudoga ba'zi yomonliklarni keltirib chiqarish yoki Unga atashimiz kerak bo'lgan ba'zi xayr-ehsonni rad etishdir. Biroq, bu kufrlik holatlari Matto 12:31 da «Muqaddas Ruhga qarshi kufrlik» deb nomlanadi. Iso Muqaddas Ruhning kuchi bilan mo'jizalar qilganligini, farziylar Rabbiyni jin uribdi deb isbot keltirilmagan dalilarga guvohlik berishdi (Matto 12:24). Mark 3:30ga e'tibor bering. Iso Farziylarning Muqaddas Ruhga qarshi kufr qilishlari uchun qilgan ishi haqida juda aniq aytadi: "Iso bu so'zni, "Uni yovuz ruh chalgan", — deganlari sababli aytdi."
Muqaddas Ruhga qarshi kufrlik qilish Iso Masihni Ruhga to'lgani o'rniga jinga chalingan deb ayblash bilan bog'liq. Bunday kufr turini bugungi kunda takrorlash mumkin emas. Farziylar, tarixning o'ziga xos davrida edilar; ularda Qonun va Payg'ambarlar bor edi, ular qalblarini uyg'otadigan Muqaddas Ruhga ega edilar, ularning oldida turgan Iso, Xudoning O'g'li bor edi va ular o'z ko'zlari bilan U yaratgan mo'jizalarni ko'rishgan edi. Hech qachon dunyo tarixida (hozirgacha ham) erkaklarga ilohiy nur berilgan emas; Agar kimdir Isoning kimligini tan olishi kerak bo'lsa, demak ular farziylar edi. Biroq ular itoatsizlikni tanladilar. Ular haqiqatni bilgan va dalilga ega bo'lgan bo'lsa-da, ular qasddan Ruhning ishini iblisga qo'shib qo'yishdi. Iso ularni o'z xohishi bilan ko'r-ko'ronalik qilganini kechirmasligini e'lon qilyapdi. Ularning Muqaddas Ruhga qarshi kufr qilishlari Xudo inoyatini so'nggi marta rad etishlari bo'lgan edi. Ular o'z yo'llarini tanladilar va Xudo ularni qarshiliksiz halokatga duchor bo'lishlariga ruxsat berdi. Iso xaloyiqqa farziylarning Muqaddas Ruhga qarshi chiqishi kufr ekanligini aytdi: "na bu asrda, na kelajakda kechirilmaydi" (Matto 12:32). Bu ularning gunohlari hech qachon kechirilmasligini aytishning yana bir usuli. Hozir ham emas, abadiylikda ham emas. Mark 3:29 oyatda aytilganidek, "hech qachon kechirilmaydi, chunki bu abadiy gunohdir".
Farziylarning Masihni rad qilishining bevosita natijasi (va ularning Xudo tomonidan rad etilishi) keyingi bobda muhokama qilinadi. Iso birinchi bo'lib "Ko'p narsalarni masallar orqali aytib berdi" (Matto 13:3; Mark 4:2 oyatga qarang) Shogirdlar Isoning ta'lim berish usuli o'zgarganiga shubha bilan qarashdi va Iso ularga masallarni ishlatib tushuntirdi: "Osmon Shohligining sirlarini bilish ularga emas, sizlarga berilgan…. ular qarab turib ko'rmaydilar, quloq solib turib, eshitmaydilar va anglamaydilar" (Matto 13:11, 13). Iso haqiqatni masallar va metafora bilan yashirishni boshladi, bu uning yetakchilarini rasmiy mahkum etishning bevosita natijasi edi.
Shunga qaramay, yana ba'zi odamlar harakat qilgan bo'lsada, Muqaddas Ruhni kufr qilish takrorlanishi mumkin emas. Iso Masih yer yuzida emas — U Xudoning o'ng tomonida o'tiribdi. Hech kim Isoning mo'jiza yaratganiga shaxsan guvohlik bera olmaydi, keyin esa bu kuchni Ruhga emas, shaytonga qo'shib qo'yadi.
Bugungi kunda ochilmagan gunoh — bu davomiy imonsizlik holatidir. Hozirgi kunda Ruh, najot topmagan dunyoning gunohini, solihlik va hukm uchun qoralaydi (Yuhanno 16:8). Bu e'tiqodga qarshi turish va bila turib tavba qilmaslik Ruhga "kufr" qilish demakdir. Bu asrda ham, kelajakda ham Ruhning irodasini, Iso Masihga ishonishni rad etadigan odam uchun kechirim bo'lmaydi, keyin esa imonsizligicha vafot etadi. Xudoning sevgisi ma'lum: "Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin" (Yuhanno 3:16). Tanlov aniq: "Xudoning O'g'liga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo'ladi. O'g'ilni rad etgan odam esa hayot ko'rmay, Xudoning g'azabi ostida qoladi" (Yuhanno 3:36).
English
Muqaddas Ruhga qarshi kufr nima?