Savol
O’limdan keyin hayot bormi?
Javob
O’limdan keyin hayot mavjudmi? Muqaddas Kitobda yozilgan: “ Ayoldan tug’ilgan inson, g’am – g’ussalarga to’ygan va qisqakunlikdir: gul kabi u o’sib chiqadi va to’kilib ketadi; soya kabi qochadi va to’xtamaydi... Agar inson o’lsa, u yana yashaydimi?” ( Ayub 14:1-2,14).
Ayub kabi deyarli barchamizni, bu savol o’ylantiradi. O’limdan keyin bizlar bilan nima sodir bo’ladi? Nahotki biz shunchaki mavjud bo’lishni to’xtatsak? Yoki hayot - bu har doimgi shahsiy takomilimizni topish uchun, yerga qaytishmi? Haqiqatdan ham jannat va do’zax mavjudmi, yoki bu shunchaki ruhiy holatmi?
Muqaddas Kitobda aytilgan, o’limdan keyin, nafaqat hayot mavjud, lekin abadiy hayot, shu qadar atoqli, “ …ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan, inson aqli bovar qilmagan narsalarni Xudo O’zini sevganlariga muhayyo qilgan” ( 1-chi Korinfliklar 2:9). Iso Masih, tandagi Xudo, bizlarga abadiy hayotni hadya etish uchun, yer yuziga keldi. “ U esa bizning gunohlarimiz evaziga yarador bo’ldi, bizning ayblarimiz evaziga zarbaga uchradi. U tortgan azoblar bizga farovonlik keltirdi, uning yaralari bizga shifo berdi” ( Ishayo 53:5).
Iso bizning jazoimizni O’ziga oldi va O’zining hayoti bilan, qurbonlik keltirdi. Uch kun o’tganidan keyin, ruhda va tanda tirilib, U o’lim ustidan O’zining g’alabasini isbotlab berdi. U Samodagi abadiy makonga ko’tarilishidan oldin, qirq kun davomida yer yuzida bo’lgan va Uni minglab odamlar ko’rgan. Rimliklar maktubi 4:25da Iso haqida, shunday deyilgan: “ Rabbimiz Iso bizning gunohlarimiz uchun o’limga topshirildi va oqlanishimiz uchun tirilib keldi”.
Isoning tirilishi juda mashhur voqea edi. Havoriy Pavlus, odamlarni o’zini haqligini ishontirish uchun, guvohlardan so’rashilarini aytardi, lekin hech kim unga qarshilik ko’rsatishga harakat ham qilmagan. Shuning uchun, tirilish masihiylik imonda, asosiy tosh, o’liklar ichidan tirilgan Iso tufayli, bizlar ham tirilishimizga ishonishimiz mumkin.
Havoriy Pavlus birinchi masihiylarni ishonchsizlikda ta’na qilar edi: “ Demak, Masih o’liklar ichidan tirildi, deb olamga ochiq e’lon qilinmoqda. U holda qanday qilib ba’zilaringiz: o’liklar tirilmaydi, deb aytyapsizlar? Agar o’liklar tirilmas ekan, unda Masih ham tirilmagan demakdir” (1-chi Korinfliklar 15:12-13).
Hayotga qayta da’vat etilganlar ichidan, faqat Iso birinchi bo’lgan. Hammamiz bog’liq bo’lgan bitta Odam Ato orqali, dunyoga jismoniy o’lim kelgan, lekin Iso Masihga imonimiz orqali, biz yangi hayot olamiz ( 1-chi Korinfliklar 15:20-22). Xudo qanday qilib Iso Masihning tanini tiriltirgan bo’lsa, huddi shunday tirilishni Iso yer yuziga qaytganida, bizlar ham olamiz ( 1-chi Korinfliklar 6:14).
Qachonki hammamiz tirilsak ham, hamma ham jannatga tusholmaydi. Har bitta insonnig hayot oldida abadiylikni qayerda o’tkazishiga bog’liq bo’lgan, tanlov turadi. Muqaddas Kitob faqat bir marta o’lishimizni, o’limdan keyin Xudoning hukmi bo’lishini aytyapti ( Ibroniylar 9:27). Taqvodorlikni olganlar, jannatdagi abadiy hayotni topishadi, imonsizlar esa abadiy azobga yoki do’zaxga jo’natiladi ( Matto 25:46).
Do’zax ham, jannatdaqa – bu aynan imonsizlar, Xudoning to’xtamas g’azabini o’zlarida his etadigan juda haqiqiy joy. Ular emosional, ruhiy va tanaviy azoblarni chidashadi, alamdan, sharmandalikdan va umidsizlikdan qiynalishib.
Do’zax chuqurlik ( Luqo 8:31; Vahiy 9:1), olovli va oltingugurt ko’l kabi, u yerdagilar kechayu kunduz azob keltiruvchilardir ( Vahiy 20:10). U yerda dard – alam va g’azabdan yig’i - sig’i va ohu nola bo’ladi ( Matto 13:42). Bu “ … qurti ham o’lmas, o’ti ham so’nmas” joydir ( Mark 9:48). Shubhasiz, gunohkorlarning azoblari, Xudoga huzur – halovat olib kelmaydi – U , Ular o’zlarining gunohkor yo’llaridan yuz o’girishilarini va hayot olishilarini xohlaydi ( Hizqiyo33:11). Lekin U bizni, Unga bo’ysunishimizga majburlamaydi, shuning uchun agar biz Uni rad etishga qaror etsak, unda, U biz istagandek U bilan alohida yashaydigan imkoniyatni berishdan boshqa, iloji qolmaydi.
Yer yuzidagi hayot, kelajakka tekshiruv bo’ladi. Imonlilar uchun - Bu Xudo bilan abadiy hayot. Unda qanday qilib biz, abadiy hayotni va odillikni olishimiz mumkin? Faqat bir yo’l mavjud - Xudoning O’g’li, Iso Masihga ishonish. U aytgan : “ Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o’lsa ham yashaydi. Kimda - kim Menga ishonib yashasa, toabad o’lmaydi…” ( Yuhanno 11:25-26).
Abadiy hayot in’omi hammaga kirishli, lekin u uchun biz, ba’zi bir dunyoviy huzur – halovatlarimizdan yuz o’girishimiz kerak va o’zimizni Xudoga bag’ishlashimiz kerak. “ Kimki Xudo O’g’liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O’g’liga ishonmagan odam esa hayot ko’rmay, Xudoning g’azabiga uchraydi” ( Yuhanno 3:36). O’limdan keyin, gunohlarimiz uchun tavba qilishga imkoniyatimiz bo’lmaydi, chunki Xudo bilan yuzma-yuz bo’lgan uchrashuvimizdan keyin, bizlarda unga ishonish yoki ishonmaslik imkoniyatimiz boshqa qolmaydi. Lekin u xohlaydi, Uni oldiga hozir, imon va sevgi orqali kelishimizni.Agar biz Iso Masihning O’limini bizning gunohli isyonimiz uchun, Xudoning oldida to’lov, deb qabul qilsak, unda bizga nafaqat yer yuzida qimmatli hayot, lekin Isoning ishtirokida abadiy hayot ham kafolatlangan.
Agar siz Iso Masihni, o ‘zingizni Qutqaruvchingiz, deb qabul qilishni istasangiz, keyingi ibodatni ayting. Ibodatning o’zi sizni najotga olib kelmaydi, faqat Iso Masihga bo’lgan imoningiz gunohlaringizni kechirilishini berishi mumkin. Bu so’zlar - shunchaki Xudoga ishonishimizni va najot uchun Unga, minnadorchilik bildirayotkanimizni ko’rsatish usuli. “ Xudovandim! Men bilaman Sening ko’z oldinda gunoh qildim va jazoga loyiqman. Lekin Iso Masih mening jazoimni O’ziga oldi, Unga imonim orqali, kechirim olishim uchun. Men o’z gunohimdan yuz o’giraman va Sen – mening najotim ekanliginga ishonaman, rahmat menga bo’lgan iltifoting va kechiriming uchun! Omin!”
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
O’limdan keyin hayot bormi?