settings icon
share icon
Savol

Qanday to’rt ilohiy qonun mavjud?

Javob


Iso Masihga imon orqali, najot Xushxabararini yetkazish uchun , to’rt ilohiy qonun mavjud. Bu, Muqaddas Xushxabardagi muhim ma’lumotlarni, to’rt nuqtai nazarga oddiy qilib va tartiblashgan holda ochib berish yo’li.

Birinchi ilohiy qonun shundan iboratki, Xudo bizni sevadi, va bizning hayotimizga nisbatan Unda ajoyib rejalar bor. Yuhanno Xushxabaridagi 3:16 shuni aytadi: “ Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona o’g’lini berdi, toki unga ishongan har bir kishi haloq bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin”. Yuhanno Xushxabari 10:10da Isoning kelish sababi yozilgan: “Men ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman”.

Xudoning sevgisidan bizni nima ajratadi? Bizga farovon hayotga ega bo’lishga nima halaqt beradi? Ikkinchi ilohiy qonun- o damzod gunoh bilan buzilgan, shuning uchun, Xudodan uzoqlashgan. Shu tufayli, bizning hayotimizga nisbatan Xudoning bo’lgan rejasini bilishga qodir emasmiz. Rimliklar maktubi 3:23 shuni tasdiqlaydiki : “ Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug’vorligidan mahrumdir”. Rimliklar maktubi 6:23 gunohning samarasini ochib beryabti: “ Gunohning evazi – o’lim”. Biz Xudodan yaratilganmizki, U bilan aloqada bo’lish uchun, lekin gunohni deb, odamzod Xudodan uzoqlashdi. Biz Xudo bilan munosabatimizni buzdik va u bilan yaqinlikni yo’qotdik.

Bu muammoni qanday yechsa bo’ladi? Uchinchi ilohiy qonun javob beradi: Xudo bu muammoni Iso Masih orqali yechdi. Unda, biz gunohlarimizdan kechirim va Xudo bilan to’g’ri munosabatlarimizni tiklashimiz mumkin. Rimliklar maktubi 5:8da yozilgan: “ Lekin biz hali gunohga botgan chog’imizda, Masih biz uchun o’ldi. Bu Xudoning bizga bo’lgan mahabbatidan dalolatdir”. 1-chi Korinfliklar maktubi 15: 3-4 aytadiki, biz qutqarilishimiz uchun nimaga ishonayotganimizni bilishimiz muhim: “…..Muqaddas Bitiklarga muvofiq Masih gunohlarimiz uchun o’ldi, yana Muqaddas Bitiklarga muvofiq U ko’mildi va uchinchi kuni tirildi”. Iso Masihning O’zi Yuhanno Xushxabari 14:6da e’lon qilgan, U - najotga yo’lligini : “ Men yo’l haqiqat va hayotdurman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi”.

Bu ajoyib najot in’omini q anday qilib biz olishimiz mumkin? To’rtinchi ilohiy qonun shunday deydi, biz najot ino’mini olish uchun Iso Masihga o’z Najotkorimiz deb, ishonishimiz kerak. Bu, Yuhanno Xushxabari 1:12da shunday ta’riflangan: “ Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo’lish iqtidorini berdi”. Biz faqat marhamat bilan va faqat Iso Masihga imonimiz orqali, qutqarilishimiz mumkin ( Efesliklar m-bi 2: 8-9).

Agar siz Iso Masihga Najotkor deb , ishonishni xohlasangiz, mana shunday ibodatni aytishingiz mumkin. Ibodatni o’zi qutqarmaydi, faqat Isoga bo’lgan imoningiz qutqaradi! Bu so’zlar – biz shunchaki , Xudoga o’zimizni imonimizni ko’rsatishimiz va najot uchun Unga minnadorchilik bildirishimiz usuli. “ Xudovandim! Men bilaman Sizning ko’z oldingizda gunoh qildim va jazoga loyiqman. Lekin Iso Masih menga tayyorlangan jazoni O’ziga oldi, Unga imonim orqali, men kechirilishim uchun. Men o’z gunohimdan yuz o’giraman va Siz mening najotim ekanligizga ishonaman. Menga bo’lgan kechirimiz va iltifotiz uchun Sizga rahmat! Omin!”

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qanday to’rt ilohiy qonun mavjud?
© Copyright Got Questions Ministries