Savol
Xudo bormi? Bunga dalil bormi?
Javob
Xudo bormi? Bu savolni juda ko’p insonlar berishadi. Oxirgi so’roqlar shundan guvohlik beryaptiki, bugungi kunda, bizning koinotimizni, aholisini 90% Xudoni borligini yoki qandaydir samoviy kuchlar borligiga ishonishadi.
Bunga qaramasdan Xudoni borligini isbotlash yoki rad qilishimizni ilojisi yo’q. Kalom deyaptiki, biz bu faktni imon bilan qabul qilishimiz kerak: “ Ishonmasdan esa Xudoning roziligini topmoqning imkoni yo’q. Kim Xudoga yaqinlashmoqchi bo’lsa, Uning borligiga ishonmog’i lozim. Xudo Uni izlovchilarga mukofot berishiga e’tiqod qilmog’i shart” ( Ibroniylar 11:6). Agarda Xudo xohlaganida, U shunchaki butun dunyoga ko’rinib, borligini butun dunyoga isbot qilolardi, lekin U shunday qilganida, unda bizlarga imonni keragi ham yo’q bo’lar edi. “ Iso unga dedi: Sen Meni ko’rganing uchun ishonding, lekin ko’rmay ishonganlar baxtlidir” – Yuhanno 20:29.
Xudoni borligi haqida dalilu – isbotlar yo’q, deb aytish noto’g’ri. Kalomda yozilgan: “ Osmon Tangri ulug’vorligini e’lon etar, falak Uning yaratganlarini bayon etar. Kun kunga suxan qilar, tun tunga bilim qo’shar. Na so’zlar bor, na biron kalom, eshitilmas ularning tovushi. Lek butun dunyoga yoyildi daragi, yerning to’rt tarafiga yetdi xabari” ( Zabur 18:2-5). Osmondagi yulduzlar, cheksiz koinot, ufqning go’zalligi - yaratguvchi Xudoni ko’rsatadi. Agarda bu kamlik qilsa, bizning yuragimizga Xudoning ishtirokini his qilish solingan. Voiz kitobida yozilgan: “ Xudo aytgani bo’yicha hamma narsa o’z vaqtida sodir bo’ladi. Xudo yuragiga solgani uchun”. Bizning vujudimizda shunday tushuncha borki, yuragimizdan va dunyodan tashqari nimadir bor. Biz Xudoning borligiga ishonmasak ham, U baribir bizda va biz orqali ko’rinadi. Buni hammasiga qaramay, Kalom ogohlantiradiki, ba’zi bir odamlar Xudoni borligini inkor etishadi. “ Ahmoq o’z ko’nglida: “ Xudo yo’q” , - deydi” ( Zabur 13:1). Dunyoning 98% aholisi, butun tarix mobaynida hamma madaniyatlarda, sivilizasiya va kontinentlarda qaysidir “ Xudo” borligiga ishonishga, majbur qilar edi.
Muqaddas Yozuvdagi dalillardan tashqari, Xudoni borligi haqida mantiqiy asoslar ham mavjud. Birinchidan bu ontologik dalili. Eng mashhur dallilarning ontologiya usullari - Xudoni bilish va Uni borligini isbotlash. “ Xudo - Undan buyukrog’ini tassavur qilib bo’lmaydigan zod”. Undan keyin isbot qilinyaptiki, borliq yo’qlikdan byukroqdir, shuning uchun biz tassavur qilgan buyuk mavjudot bor bo’lishi kerak. Agarda Xudo yo’q bo’lsa, unda U buyuk mavjudot ham emas, bu esa Xudoning chiqishi haqidagi ta’rifini, qarshi ko’rsatadi.
Ikkinchi ilohiylik dalili shunday tushunchaga asoslanganki, buyuk mukammal koinot bor va uning yaratguvchisi ham bor. Masalan, agarda quyosh yerdan bir necha kilometr yaqin yoki uzoq bo’lganida, u hayot uchun sharoit yaratib berolmasdi. Agarda bizning muhitimizdagi elementlarning qo’shilishlari hattoki bir necha foizga farq qilganida, yer yuzidagi hamma jonzod halok bo’lar edi. Oqsilning birlik molekulaning tasodifiy shakillanish imkoniyatlari 1k10243( demak 10s 243 no’llari bilan) teng, bir tirik kletka esa, millionlab molekuladan iborat.
Xudoni borligini isbotlaydigan uchinchi asos – kosmologik dalili, u shuni tasdiqlaydiki har bir ko’rinishni sababi bo’lishi kerak. Bizning koinotimiz va undagi borliq – bu ko’rinish. Shuning uchun bularning hammasini mavjud bo’lish sababi, bo’lishi kerak. Oxirgi natijada, boshlanishning nimasidir bo’lishi kerak va u qolgan hamma narsani tug’ilishiga sabab bo’lishi kerak. Va shu boshlanishning sababchisi – Xudo bo’ladi.
To’rtinchi asos, ahloqiy dalil bo’ladi. Tarixdagi har qanday madaniyat, jamiyat aniq belgilab bergan qonunlarga bo’yinsunishgan. Har bitta inson yaxshilik va yomonlik hissiyotiga ega. Hamma vaqatlarda ham qotillik, yolg’on, o’g’irlik va axloqsizlik qoralangan. Xudodan bo’lmay, qayerdan bu yaxshilik va yomonlik tushunchasi paydo bo’lishi mumkin?
Biroq Kalomda yozilgan, bunga qaramasdan, insonlar Xudoni mavjudligini inkor qilib bo’lmaydigan dallilarni ham rad etishni, davom ettirishadi, buning o’rniga yolg’onga ishonib. Rimliklar maktubi 1:25dagi matn: “ Xudoning haqiqatini yolg’on bilan almashtirib. Xoliq o’rniga maxluqqa sig’inib topindilar. Xoliqi olamga esa abadiy shon - sharaflar bo’lsin! Omin”, - deb e’lon qilyapti. Shuningdek Kalom, Xudoning borligini rad etadigan insonlarga oqlanish yo’qligini, aytyapti: “ Uning ko’rinmas xususiyatlari, ya’ni abadiy qudrati va ilohiyoti, O’z ijod mahsuliyu borliqni yaratganidan anglashiladi va ochiq ko’rinib turadi. Shunday qilib, ularning uzrlari yo’q” ( oqlanish ularga yo’q) – Rimliklar 1:20.
Juda ko’p insonlar o’zlarining Xudoga ishonmasligini bu “ ilmiy emas” , “zamonaviy” yoki “ isbot qilib bo’lmaydigan”, deb tushuntirishadi. Lekin haqiqiy sabab shundaki, Xudoni borligini qabul qilishib, ularga, Uning oldida o’zining javobgarligini va Uning kechirimiga muhtojligini qabul qilishiga to’g’ri keladi ( Rimliklar 3:23; 6:23). Agar Xudo bor bo’lsa, unda biz har qilgan ishimiz uchun Uning oldida javobgarmiz. Agar U yo’q bo’lsa, Uning hukmidan va jazosidan qo’rqmasdan, ko’nglimiz nimani tusasa, shuni qilishimiz mumkin. Shubhasiz aynan shuning uchun evolyusiya nazariyasi shunchalik mashhurki - u insonlarga alternativ ( yo uni, uo buni tanlash) imonini beradi. Xudo mavjud va deyarli har birimiz bu shunday ekanligini bilamiz! Hattoki ko’pchiliklar tajovuzkorlik bilan qarama - qarshi tomonini isbotlashga harakat qilishgan faktlari, allaqachon o’z – o’zidan Xudoni borligini tasdiqlayotgan bo’ladi.
Xudoning mavjudligi foydasiga yana bir oxirgi dalil. Uning mavjudligi haqida men qayerdan bilaman? Men buni, U bilan har kuni suhbatlashganim uchun bilaman. U men bilan odatdagi so’zlar bilan gaplashmaydi, lekin men uning ishtirokini sezaman, men bilaman U meni sevadi va to’g’ri yo’l tanlashda menga yordam beryapti. Hayotimdagi ko’p hodisalarni, faqat Xudo tufayli tushuntirish mumkin. Xudo meni qutqardi va shunchali meni hayotimni o’zgartirdiki, U mavjudligi uchun, Uni ulug’lamaslikni ilojisi ham yo’q!
Bu dalillardan har biri qanday bo’lmasin, Xudoni yo’qligini qattiq qaror qilganni, fikrini o’zgartirolmaydi. Uning borligini chin yurakdan faqat imon orqali, qabul qilish mumkin ( Ibroniylar 11:6). Xudoga ishonish esa - bu tavakkalik bilan qorong’ulikga sakrash emas, bu 90% insonlar yaxshi yoritilgan xonada turganlar tomon, havsiz qadamdir.
English
Xudo bormi? Bunga dalil bormi?