Savol
Xudo haqiqatmi? Xudo haqiqatligini aniq qanday bila olaman?
Javob
Biz Xudo haqiqatligini bilamiz, chunki U Ơzini bizga uch yơl bilan namoyon qildi: Yaratilishda, Uning Kalomida, va Uning Ơğli, Iso Masihda.
Xudoning mavjudligining eng oddiy isboti shunchaki Uning nima yaratganidir. “Uning kơrinmas xususiyatlari, ya'ni abadiy qudrati va ilohiyoti, Ơz ijod mahsuli borliqni yaratganidan anglashiladi va ochiq kơrinib turadi. Shunday qilib, ularning uzrlari yơq” (Rimliklarga 1:20). “Osmon Tangri uluğvorligini e'lon etar; Falak Uning yaratganlarini bayon etar.” (Zabur 19:1).
Agar dalaning ơrtasida bilak soatini topib olsangiz, u shunchaki yơq joydan “paydo bơlgan” yoki u doimo mavjud bơlgan deb hisoblamaysiz. Soatning bezagiga boğliq holda, uning bezakchisi bơlganini faraz qilasiz. Lekin atrofimizdagi dunyoda yanada buyukroq bezak va aniqlik mavjud. Bizning vaqtni ơlchovimiz bilak soatlariga asoslanmagan, balki Xudoning yaratgan ishiga-erning muntazam aylanishiga (va seziy-133 atomning radioaktiv xususiyatlariga) asoslangan. Olam buyuk bir dizayn namoyon qiladi, va u Buyuk Dizaynerga talabgor.
Agar siz kodlangan maktubni topsangiz, kodni buzishga urinishingiz mumkin. Sizning farazingiz kodni yaratgan kimsa, maktubning oqil yơllovchisi mavjudligi borasida bơlishi mumkin. Tanamizning har bir hơjayrasida biz tashib yurgan DNK “kod”i ne qadar murakkab? DNKning murakkabligi va maqsadi kodning Oqil Kotibidan guvohlik bermaydimi?
Nafaqat chalkashu murakkab va maydalab takommillashtirilgan jismoniy dunyonigina Xudo yaratmadi; U shuningdek har bir inson yuragida abadiylik hissini ơrnashtirgan (Voiz 3:11). Inson zoti diqqatni tortishdan kơra kơproq hayot uchun mavjudligini, ushbu zaminiy tartibdan kơra yuqori bir mavjudlik borligini tabiatan anglashga ega. Bizning abadiylikni his qilishimiz kamida ikki yơlda ơzini namoyon qiladi: qonun-chiqarish va sajda qilish.
Tarix bơyicha har qanday madaniyat madaniyatdan madaniyatga hayratli tarzda ơxshash ma'lum bir ahloqiy qonunlarni qadrlagan. Misol uchun, aldash amali olam bơyicha mahkum qilingan bir vaqtda sevgi ğoyasi butun olam bơyicha yuqori baholangan. Ushbu umumiy ahloqiylik—tơğri va notơğrini olam bơyicha tushunish—bizga bu tushunishni bergan yuksak Ahloqiy Mavjudotni nazarda tutadi.
Ayni yơlda, butun dunyo bơylab odamlar, madaniyatdan qat'iy nazar, hamisha sajda qilish tizimini ishlab chiqqan. Sajda qilish ob'ekti farqlanishi mumkin, biroq “yuksak qudrat” hissi inson bơlishning rad etib bơlmas qismdir. Sajda qilishga bơlgan bizning moyilligimiz Xudo bizni “Ơz shaklu shamoyilida” yaratgani bilan uyğun keladi” (Ibtido 1:27).
Xudo shuningdek Ơzini bizga Ơz Kalomi, Injil bilan namoyon qildi. Bitik bơyicha, Xudoning mavjudligi ơzidan ơzi ravshan isbotu dalil sifatida qaraladi (Ibtido 1:1; Chiqish 3:14). Qachonki odam avtobiografiya yozsa, ơzining mavjudligini isbotlashga harakat qilib vaqtni ơtkazmaydi. Shu singari, Xudo Ơz kitobida Ơzining mavjudligini isbotlab kơp vaqt sarflamaydi. Injilning hayotni-ơzgartiruvchi tabiati, uning pokligi va uning qaydi ortidan kelgan mơjizalar yaqinroq nazar tashlashni kafolatlashga kifoya bơlishi kerak.
Xudo Ơzini zohir qilgan uchunchi yơl Uning Ơğli, Iso Masih orqalidir (Yuhanno 14:6-11). “Azalda Kalom bor edi: Kalom Xudoda edi, va Kalom Xudo edi. Dunyo tanaviy bơldi va oramizda ơzining yashash ơrnini paydo qildi. Biz uning uluğvorligini kơrdik, Otadan kelgan, inoyat va haqiqatgan tơla yagona va yakkaning uluğvorligini kơrdik” (Yuhanno 1:1,14; shuningdek Kolossaliklarga 2:9 ga qarang).
Isoning hayratomuz hayotida, U butun eski Ahd qonunini mukammal saqladi va Xaloskorga oid bashoratlarni bajo qildi (Matto 5:17). U Ơz xushxabarini tasdiqlash uchun sanoqsiz rahmdillik va ommaviy mơjiza amallarini bajo qildi va Uning ilohiyligiga guvohlik berdi (Yuhanno 21:24-25). Sơngra, Uning xochga mixlanishidan uch kun keyin, ơliklardan U qayta tirildi, yuzlab kơz bilan kơrgan guvohlar tomonidan bu tasdiqlandi (1 Korinfliklarga 15:6). Iso kimligi bơyicha “dalil” bilan tarixiy qaydnoma boğliq. Havoriy Pavlus aytganday, bu narsa “yashirin qilingan emas” (Havoriylar 26:26).
Xudoga tegishli ơz ğoyalari bơlgan shubha bilan qarovchi skeptiklar doimo bơlishligini anglaymiz va shunga yarasha isbotni ơqiyajakmiz. Hech qanday dalil kơpligi ishontira olmaydiganlar ham bor (Zabur 14:1). Bu barchasi imonga kelib taqaladi (Ibroniylarga 11:6).
English
Xudo haqiqatmi? Xudo haqiqatligini aniq qanday bila olaman?