Savol
Hayotim uchun Xudo irodasini qanday bila olaman? Xudo irodasini bilish haqida Injil nima deydi?
Javob
Xudo irodasini bilish muhimdir. Iso Ơzining chin aloqalari Otaning irodasini biluvchi va bajo qilguvchilar deb aytdi: “Kimda–kim Xudoning irodasini bajo qilsa, u Mening ukam, singlim, onam bơladi” (Mark 3:35). Ikki ơğil masalida, Iso Otaning irodasini qila olmaganlari uchun oliy ruhoniylar va oqsoqollarga tanbeh beradi; aniqloq aytganda, ular “tavba qilmadilar va imon keltirmadilar” (Matto 21:32). Ơzining eng oddiy jihatidan, Xudo irodasi gunohlarimizga tavba qilish va Masihga ishonishdir. Agarda biz ơsha ilk qadamni tashlamasak, unda biz Xudo irodasini qabul qilmagan bơlamiz.
Biz Masihni imon bilan qabul qilishimiz bilan, biz Xudo farzandlariga aylanamiz (Yuhanno 1:12), va U bizni Ơz yơlida etaklashni istaydi (Zabur 143:10). Xudo Ơz irodasini bizdan yashirishga harakat qilmayapti; U uni zohir qilmoqchi. Aslida, U Ơz Kalomi bilan kơplab, kơplab yơnalishlarni allaqachon bergan. Biz “barcha sharoitlarda unga hamdu sanolar aytishimiz” shart; chunki bu siz uchun Xudoning irodasi” (1 Salonikaliklarga 5:18). Biz ezgu ishlarni qilishimiz kerak (1 Butrus 2:15). Va “sizni muqaddaslashtirilishingiz, poklanishingiz: jinsiy ahloqsizlikdan ơzingizni olib qochishingiz Xudoning irodasi” (1 Salonikaliklarga 4:3).
Xudoning irodasini bilsa bơladi va isbotlasa bơladi. Rimliklarga 12:2 da bunday deyiladi, “Bu dunyoga moslashmanglar, fikr—zikringizni yangilab, tubdan ơzgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan bơlasiz, - ya'ni nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan bơlasiz.” Bu parcha bizga muhim uyğunlikni beradi: Xudo farzandi dunyoga moslashishni rad etadi va ơrniga ơzining Ruh tomonidan ơzgarishiga yơl qơyadi. Uning fikr-zikri Xudoga xos narsalarga muvofiq yangilansa, unda u Xudoning mukammal irodasini bila oladi.
Biz Xudo irodasini izlar ekanmiz, biz hisobga olgan narsa Injil ma'n qilgan biron narsa emasligiga amin bơlmoğimiz kerak. Misol uchun, Injil ơğirlashni ma'n qiladi; chunki Xudo bu masalada aniq va ravshan gapirib ơtgan, bank ơmaruvchilari bơlishimiz Uning irodasi masligini bilamiz—biz bu haqda hatto ibodat qilishimiz ham shart mas. Shuningdek, biz kơzda tutgan narsa Xudoni uluğlashiga va bizga yordam berishiga hamda boshqalar ruhan ơsishiga amin bơlmoğimiz darkor.
Xudo irodasini bilish ba'zan mushkul, chunki u sabot talab qiladi. Xudoning barcha irodasini birdan bilishni istash tabiiydir, ammo U odatda bunday ishlamaydi. U bir vaqtda bizga bir qadamni oshkor qiladi—har bir qơzğalish imon qadamini—oshkor qiladi va Unga ishonishda davom etishimizda bizga imkon beradi. Muhim narsa shuki, biz kelgusi yơnalishni kutganda, qilishingiz kerak bơlgan yaxshi ishni bila turib, qilmasangiz gunoh bơladi. (Yoqub 4:17).
Kơpincha, biz Xudoning bizga oydinlik berishini istaymiz—qaerda ishlash, qaerda yashash, kimga uylanish, qaysi mashina sotib olish va boshqalarni aniqlashtirishni istaymiz. Xudo bizga tanlov qilishimizga yơl beradi, va agarda biz Unga hosil bersak, notơğri tanlovlarning oldini olish yơllari Unda mavjuddir. (Havoriylar 16:6-7 ga qarang).
Biz shaxsni qanchalar yaxshiroq bilsak, uning ishtiyoqu havaslari bilan yanada kơproq tanish bơla boshlaymiz. Misol uchun, uzoqqa sapchib ketgan koptokga qarab zich kơchaga qarashingiz mumkin, lekin u uning ortidan yugurmaydi, chunki u biladiki, “dadam buni qilishimni istamaydi”. U har bir ma'lum vaziyat haqida otasidan maslahat sơrashi shart emas; U otasini bilgani boisdan otasi nima deyishini ham biladi. Xudo bilan munosabatimizda ham shu narsa aynan haqiqatdir. Egamiz bilan, Uning Kalomiga bơysunib va Uning Ruhiga suyanib, birga qadam tashlasak, Masih aqlu idroki bizga berilganini fahmlaymiz (1 Korinfliklarga 2:16). Uni biz bilamiz, va bu Uning irodasini bilishimizga yordam beradi. Biz Xudoning yơriğini shay holda imkonliligini bilamiz. “Pokdilning solihligi yơlini tơğrilaydi, / fosiq sa fosiqligi tufayli qoqiladi” (Hikmatlar 11:5).
Agar biz Egamiz bilan yaqin birga qadam tashlayotgan bo’lsak va hayotimiz uchun Uning irodasini chin dildan istayotgan bo’lsak, Hudo O’z ishtiyoqlarini yuragimizga joylagay. Asosiysi o’zimizninkin emas, balki Hudoning irodasini istashdir. “Egamizni o’zingning shodliging deb bil, ko’nglingdagi orzularingga U etkazadi” (Zabur 37:4).
English
Hayotim uchun Xudo irodasini qanday bila olaman? Xudo irodasini bilish haqida Injil nima deydi?