Savol
Abadiy xavfsizlik Injilga xosmi?
Javob
Odamlar Masihni ơz Najotkorlari deb tanib boshlaganda, ular ơz abadiy xavfsizligini kafolatlaydigan Xudo bilan aloqaga kirishtirildi. Yahudo 24 da bunday bayon tiladi, " Sizlarni yiqilishdan saqlab qolishga,Ơzining uluğvor huzurida bekamu kơst va shod-xurram qilib turğizishga qodir bơlgan." Xudoning qudrati imonlini yiqilishdan saqlab qolishga qodir. Bu Unga boğliq, bizga emas, Uning uluğvor huzurida bizni namoyon qilish Unga boğliq. Bizning abadiy xavfsizligimiz bizning ơz najotimizga erishishimiz emas, balki Xudoning bizni saqlab qolishi natijasidir.
Egamiz Iso Masih e'lon qildi, "Men ularga abadiy hayot beraman, ular esa hech qachon halok bơlmaydi; hech kim ularni mening qơlimdan olib qocha olmaydi. Ey, ularni menga bergan Otam barchasidan uluğroqdir, hech kimsa ularni Otamning qơlidan olib qocha olmaydi" ( Yuhanno 10:28-29b). Ham Iso, ham Ota qơllarida bizni mahkam ushlab olgan. Kim ham Ota va Ơğil siqimidan bizni ehtimol ajrata olishi mumkin?
Efesliklarga 4:30 bizga imonlilar "najot kunigacha ơsha Ruh bilan muhrlangansizlar" deyiladi. Agarda imonlilar abadiy xavfsizlikka ega bơlmaganda, muhr najot kunigacha chindan ham bơlishi mumkin bơlmasdi, biroq faqat gunoh kuniga, rad qilish yoki imonsizlik kunlarigacha bơlishi mumkin bơlardi. Yuhanno 3:15-16 Iso Masihga kimki ishonsa, “abadiy hayotga ega” bơlgay deb aytadi. Agarda kishiga abadiy hayot va'da qilinsa, biroq keyin undan olib qơyilsa, boshlanishdan u hech qachon “abadiy” bơlmaganligini anglatadi. Agarda abadiy xavfsizlik chin bơlmasa, Injildagi abadiy hayot va'dalari ham yanglish bơladi.
Abadiy xavfsizlik bơyicha eng qudratli dalil Rimliklarga 8:38-39 da berilgan, " Men aminmanki, na ơlim va na hayot, na farishtalar va na jin-ajinalar, na hozirgi va na kelgusi hodisalar, na balandliklar va na chuqurliklar hamda na yaratilgan boshqa biron mavjudot Rabbimiz Iso Masih shaxsidagi Xudo sevgisidan bizni judo qilishga qodir emas." Bizning abadiy xavfsizligimiz Ơzi najot berganlar uchun Xudoning sevgisiga asoslanadi. Bizning abadiy xavfsizligimiz Masih tomonidan sotib olingan, Ota tomonidan va'da etilgan va Muqaddas Ruh tomonidan muhrlangandir.
English
Abadiy xavfsizlik Injilga xosmi?