settings icon
share icon
Savol

Nima uchun Bokira Qizdan Tug'ilishi juda muhim?

Javob


Bokiradan tug'ilish haqidagi ta'limot juda muhim (Ishayo 7:14; Matto 1:23; Luqo 1:27, 34). Birinchidan, bu voqeani Muqaddas Kitob qanday tasvirlab berganini ko'rib chiqaylik. Maryamning: "…bu qanday bo'ladi?" deb so'ragan savoliga (Luqo1:34), Jabroil javob berib dedi: "Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tug'adigan O'g'ling muqaddas bo'ladi, U Xudoning O'g'li deb ataladi" (Luqo 1:35). Farishta Yusufga Maryam bilan turmush qurishdan qo'rqmaslik uchun shunday so'zlar bilan chaqiriq berdi: "chunki qornidagi bola Muqaddas Ruhdan paydo bo'lgan" (Matto 1:20). Matto bokira qiz "Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi" deb tasdiqlaydi (Matto 1:18). Galatiyaliklar 4:4 da huddi shunday, bokira qizdan tug'ilishini o'rgatadi: "Xudo O'z O'g'lini yubordi. Bu o'g'il qonun ostidagi hayot uchun ayoldan tug'ildi".

Bu oyatlardan ochiq oydin bo'ladiki, Isoning tug'ilishi Maryamning tanasida Muqaddas Ruhning harakati natijasida bo'ldi. Moddiy bo'lmagan (Ruh) va moddiylik (Maryamning bachadoni) ikkalasi ham jalb qilingan edi. Maryam, albatta, o'zi homilador bo'lishga qodir emas edi, va shu ma'noda u faqat oddiy "idish" edi. Faqat Xudo "Mujassamlik" mo'jizasida yaratishi mumkin.

Biroq, Maryam va Iso o'rtasidagi jismoniy aloqani inkor etish, Iso haqiqatan ham inson emasligini anglatadi. Iso haqiqiy inson bo'lmagan. Muqaddas Yozuvlar Isoning butunlay unson bo'lganligini, biz kabi jismoniy tanada bo'lganligini o'rgatadi. Buni U Maryamdan olgan edi. Shu bilan birga, Iso abadiy gunohsiz tabiat bilan butunlay Xudo bo'lgan (Yuhanno 1:14; 1Timo'tiy 3:16; Ibroniylar 2:14-17.)

Iso gunohda tug'ilmagan edi; ya'ni Uning gunohkor tabiati bo'lmagan (Ibroniylarga 7:26). Ko'rinadiki, gunohning tabiati ota orqali avloddan avlodga o'tadi (Rimliklar 5:12, 17, 19). Bokiradan tug'ilish, gunohkor tabiatni chetlab o'tdi va abadiy Xudoga mukammal inson bo'lishga imkon berdi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun Bokira Qizdan Tug'ilishi juda muhim?
© Copyright Got Questions Ministries