settings icon
share icon
Savol

Najotni faqat imon orqali olsa bo’ladimi, yoki imon va ishlar orqalimi?

Javob


Bu masihiylik teologiya haqidagi eng muhim savollardan biri. Bu savol Reformasiya – protestant jamoasi va katolik jamoasidan bo’linishiga sabab bo’lgan. Mana shu Muqaddas kitob masihiylarini boshqa “masihiy” oqimlaridan ajratishini hal qildi. Najot faqat imonim orqali beriladimi yoki unga ishlarim orqali ham sazovor bo’lishim mumkinmi, shuni ham hal qildi. Men Isoga imonim tufayli qutqarildimmi yoki ishonishim va birorta narsalar sodir etishim kerakmi?

Bu savollarga Muqaddas kitobdan javob topsa bo’ladi. Rimliklar maktubi 3:28; 5:1 va Galatiyaliklar maktubi 3:24; Yoqub maktubi 2:24ni solishtirib ko’ring. E’tibor berdingizmi Pavlus ( najot faqat imon orqali) va Yoqubni ( najot faqat imon va ishlar orqali) orasidagi farqlikni? Umuman olib qaraganda Pavlus va Yoqub bir-biriga qarama-qarshi emas. Ba’zi birlar hisoblaydi, kelishmovchiliklar faqat imondan ishga bog’liqlikni tashkil qiladi. Undan ko’ra Yoqubni so’zlarini aniq ko’rib chiqaylik, bu savolni yechishga yordam beradi.

Yoqub xayrli ishlar qilmaydigan odamni mustahkam imonga egaligini rad etyapti ( YOqub maktubi 2: 17-18). U tasdiqlayapti Isoga bo’lgan haqiqiy imon, xayotni xayrli ishlar qilish tomoniga o’zgartiradi ( Yoqub maktubi 2: 20-26). Yoqub aytmayabti oqlanish imon bilan ishlar orqali ekanligini, qachonki inson haqiqatdan imoni orqali qutqarilgan bo’lsa, unda bu uni xayotida xayrli ishlarga olib keladi. Agar biror kishi o’zini imonli deb hisoblasa, lekin xayrli ishlar qilmasa, unda uning imoni haqiqiy emas( YOqub maktubi 2:14; 17; 20;26).

Pavlus ham o’z maktublarida shu haqida gapiryapti. Imohnliyni xayotidagi yaxshi samaralarni Galatiyaliklar maktubi 5: 22-23da yozib o’tilyabti. Ishlar emas, imon orqali najot haqidagi so’zlardan keyin ( Efesliklar maktubi 2: 8-9) Pavlus aytyabti, bizlar xayrli ishlar qilish uchun yaratilganmiz ( Efesliklar maktubi 2:10). Yoqub kabi, Pavlus ham o’zgarilgan xayotdan shuni kutyabti: “ Binobarin, kim Masihga tegishli bo’lsa, u yangi ijoddir. Qadimgi holat o’tib ketdi, endi (hammasi) Yangi bo’ladi” ( 2-chi Korinfliklar maktubi 5:17). Yoqub va Pavlus najot haqidagi savolga, kelishmovchilikka ega emas. Ular bu savolni xar-hil tomonlama ko’rib chiqishgan. Pavlus oqlanish faqat imon orqali deb ta’kidlaydi, Yoqub Isoga bo’lgan imon xayrli ishlar hosil etadi deb ajratadi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Najotni faqat imon orqali olsa bo’ladimi, yoki imon va ishlar orqalimi?
© Copyright Got Questions Ministries