settings icon
share icon
Savol

Hech qachon Iso haqida eshitish imkoniga ega bo'lmagan odamlarga nima bo'ladi? Xudo O'zi haqida eshitmagan insonni hukm qiladimi?

Javob


Barcha odamlar, "U haqida eshitganmi yoki yo'qmi" Xudoning oldida hisob berishadi. Muqaddas Kitob bizga Xudo O'z tabiatini ochiq-oydin ko'rsatgan (Rimliklarga 1:20) va insonlarning qalbiga ochib bergan (Voiz 3:11). Muammo insoniyatning gunohkor ekanligi; biz Xudoning bilimini rad etamiz va Unga qarshi chiqamiz (Rimliklarga 1:21-23). Agarda Xudoning inoyati uchun bo'lmasa edi, biz qalblarimizning gunohkor istaklariga berilar edik, bu bizga Undan tashqarida foydasiz va baxtsiz hayotni aniqlashga imkon beradi. Xudo buni doimo Uni rad etadiganlar uchun qiladi (Rimliklarga 1:24-32).

Aslida ba'zi odamlar Xudo haqida eshitmagan. Aslida, muammo ular eshitgan va tabiatda oddiy ko'rinadigan narsalarni rad etganliklaridadir. Qonunlar 4:29 da shunday e'lon qiladi, "Ammo u yerda Egangiz Xudoga yuz bursangiz, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Uni izlasangiz, topasizlar." Bu oyat muhim tamoyilni o'rgatadi – haqiqatdan ham Xudoni izlagan har bir kishi Uni topadi. Agar inson haqiqatdan Xudoni tanib bilishni istasa, Xudo O'zini tanitadi.

Muammo shundaki, "Idrokli hech kim yo'q, Xudoni izlovchi hech kim yo'qdir" (Rimliklarga 3:11). Odamlar tabiatda va o'z yuraklarida mavjud bo'lgan Xudoning bilimini rad etadilar va o'zlari yaratgan "xudosi" ga sig'inishga qaror qilishadi. Masih haqidagi xushxabarni eshitish imkoniga ega bo'lmagan biror odamni jahannamga yuborgan Xudoning adolati haqida bahslashish nodonlikdir. Odamlar, Xudo ularga ochib bergan narsalar uchun Xudo oldida javobgardirlar. Muqaddas Kitobda aytilishicha, odamlar bu bilimni rad etadilar va shuning uchun Xudo ularni jahannamga hukm qiladi.

Hech eshitmagan odamlarning taqdirini muhokama qilishning o'rniga, biz masihiylar sifatida, ular eshitishlari uchun qo'limizdan kelganini qilishimiz kerak. Biz barcha xalqlar bo'ylab xushxabarni tarqatish uchun chaqirilganmiz (Matto 28:19-20; Havoriylar 1:8). Biz bilamizki, odamlar tabiatda ochib berilgan Xudo haqidagi bilimni rad etadilar va biz bu orqali Iso Masih haqidagi najot xushxabarini va'z qilishimiz kerak. Faqat, Iso Masih orqali Xudoning inoyatini qabul qilib, odamlar o'z gunohlaridan ozod bo'lishlari mumkin va Xudodan abadiy ajralishdan qutqariladilar.

Agar biz Xushxabarni hech qachon eshitmagan odamlarga Xudo rahm-shafqat qiladi deb hisoblasak, biz dahshatli muammoga duch kelamiz. Agar Xushxabarni hech qachon eshitmagan odamlar najot topsalar, hech kim Xushxabarni eshitmasligiga ishonch hosil qilishimiz mantiqandir. Eng yomoni, biz qila olishimiz mumkin bo'lgan narsa, odamlar bilan Xushxabarni bo'lishishimiz yoki uni rad etishga majburlashimiz. Agar, shu sodir bo'lsa, u mahkum bo'ladi. Xushxabarni eshitmagan odamlar hukm qilinishi kerak, yoki xushxabar uchun hech qanday sabab yo'q bo'ladi. Nimaga Xushxabarni rad etgan va najot topganda o'zlarini hukm qiladigan odamlar tavakkal qilishadi, chunki ular hech qachon Xushxabarni eshitmaganlar.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Hech qachon Iso haqida eshitish imkoniga ega bo'lmagan odamlarga nima bo'ladi? Xudo O'zi haqida eshitmagan insonni hukm qiladimi?
© Copyright Got Questions Ministries