Savol
Men najot topganimga qanday amin bo'laman?
Javob
Iso Masihning ko'pgina izdoshlari najot topganiga ishonchni noto'g'ri joylardan izladilar. Biz hayotimizda, ma'naviy o'sishimizda, yaxshi ishlarimizda va Xudoning Kalomiga bo'ysunishdagi masihiy hayotimizda aniq ko'rinib turgan narsalarga ichonch hosil qilish uchun harakat qilamiz. Garchi, bu narsalar najotning dalili bo'lishi mumkin bo'lsa-da, ular najotimizga bo'lgan ishonchni asoslashimiz kerak bo'lgan narsalar emas. Aksincha, biz Xudoning Kalomidagi aniq haqiqat bo'yicha najot topganimizga ishonishimiz kerak. Biz shaxsiy tajribalarimizga emas, balki Xudo tomonidan berilgan va'dalar asosida qutqarilishimizga amin bo'lishimiz kerak.
Qanday qilib najot topganingizga amin bo'lishingiz mumkin? Keling, 1 Yuhanno 5:11-13 ga qarang: "Xudoning guvohligi shundan iborat: Xudo bizga abadiy hayot berdi va bu abadiy hayotning manbayi Xudoning O'g'li Isodir. Kim Xudoning O'g'liga ega bo'lsa, hayotga egadir. Xudoning O'g'liga ega bo'lmagan odamda esa hayot yo'q. Ey, Xudoning O'g'liga ishonganlar, sizlar abadiy hayotga egasizlar. Shuni bilib olinglar deb sizlarga bu maktubni yozyapman" O'gil kimda bor? Unga ishonganlarda bor (Yuhanno 1:12). Agar sizda Iso bo'lsa, demak sizda hayot bor. Vaqtinchalik hayot emas, abadiy hayot bor.
Xudo biz najot topganimizga ishonishimizni xohlaydi. Biz haqiqatdan ham qutqarilganmizmi yoki yo'qmi deb, har kuni xavotirlanib yashamasligimiz kerak. Aynan shuning uchun, Muqaddas Kitob najot rejasini shu qadar ochiq-oydin tushuntirdi. Iso Masihga ishoning (Yuhanno 3:16; Havoriylar 16:31). "Agar o'z og'zingiz bilan Isoni Rabbim, deb e'tirof etib, Xudo Uni o'likdan tiriltirganiga chin yurakdan ishonsangiz, najot topasiz" (Rimliklarga 10:9). O'z gunohlaringizga tavba qildingizmi? Sizning gunohlaringiz uchun jazoni to'lashi va o'limdan tirilishi uchun Iso o'lganligiga ishonasizmi (Rimliklarga 5: 8; 2 Korinfliklarga 5:21)? Najot uchun faqat Unga ishonasizmi? Agar ushbu savolga sizning javobingiz "Ha" bo'lsa, siz qutqarilgansiz! Ishonch shubhasiz erkinlikni bildiradi. Xudoning Kalomini yuragingizga qabul qilganigizda, siz abadiy najotingizning haqiqatligi haqida shubhalanmasligingiz mumkin.
Isoning O'zi Unga ishonganlarga ishonch beradi: "Men ularga abadiy hayot beraman, ular hech qachon halok bo'lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo'limdan tortib ololmaydi. Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo'lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi" (Yuhanno 10:28-29). Abadiy hayot — aynan abadiydir. Hech kim, hatto o'zingiz ham, Masih bergan najot inoyatini sizdan tortib ololmaydi.
Xudo Kalomida sizga aytilgan va'dalardan quvoning: shubhalanish o'rniga, biz ishonch bilan yashay olamiz! Biz najotimiz haqida hech qachon shubhalanmasligimiz uchun, Masihning So'ziga ishonchimiz bo'lishi kerak. Bizning najot topganimizga ishonchimiz, Xudo Iso Masih orqali biz uchun ta'minlagan mukammal va to'liq najotga asoslanadi.
English
Men najot topganimga qanday amin bo'laman?