settings icon
share icon
Savol

Iso Masih Xudomi?

Javob


Muqaddas Kitobni hech qayerida Iso: “ Men - Xudoman” – deb, aytgani yozilmagan. Shu vaqtni o’zida U O’zini Xudoligini, tasdiqlamaganini bildirmaydi. Masalan Yuhanno bayon etgan Muqaddas Xushxabari 10:30da, Isoni aytgan so’zlarini olaylik: “ Men va Otam - birmiz”. Bir qaraganda , bu O’zini Xudo ekanligini e’lon qilayotganga o’xshamaydi, lekin Isoni aytgan so’zlariga javoban yahudiylarni ta’sirlanishiga qarang: “ Yahudiy din arboblari Unga javoban: - Seni xayrli ishing uchun emas, balki kufurliging uchun toshbo’ron qilmoqchimiz. Sen odam bo’la turib o’zingni Xudo deyabsan” ( Yuhanno Xushxabari 10:33). Ular tezlikda Isoni aytganini, O’zini Xudo ekanligini tasdiqlayapti deb, baholashdi. Keyingi misralarda, Iso - yahudiylarni to’g’irlashga ham urunmdii : “ Men O’zimni xudo qilmayabman”- deb. Bu shuni bildiradiki, U haqiqatdan ham Xudo ekanligini, aytmoqchi bo’lgan: “ Men va Otam - birmiz!”- deb. Yuhanno Xushxabari 8:58da boshqa misol yozilgan: “ Iso ularga dedi: sizlarga rostini aytay: Ibrohim vujudga kelmasidan oldin Men bor edim”. Va yana javoban yahudiylar Isoni toshbo’ron qilishmoqchi edi ( Yuhanno Xushxabari 8:59). Ular buni faqat, U, O’zini Xudo deb , e’lon qilgani uchun bajarishmoqchi edi.

Yuhanno Xushxabari 1:1da yozilgan: “ Kalomulloh - Xudo edi”, 14-chi misrada esa- “ Kalomulloh inson qiyofasiga kirdi”. Bu shuni aytadiki Iso tanda aniq , Xudo bo’lgan. Havoriylar maktubi 20:28 dagi matn, bizlarga shuni aytadi: “ O’zingizni va Muqaddas Ruh sizlarni nazoratchi qilib tayinlagan barcha jamoatni ko’z – quloq bo’lib ehtiyotlanglar. Sizlar cho’ponlik qilayotgan ushbu suruvni Rabbimiz Iso O’z qoni evaziga sotib olgan “ . Kim jamoa uchun o’z qoni bilan to’lov berdi? Iso Masih! Bu matn, Xudo O’zini jamoasi uchun O’zining qoni bilan to’lov bergnini tasdiqlayabti. Shunday qilib Iso Masih - Xudo.

Havoriy Foma Iso Masihga : “ mening Rabbim va Xudoyim “ deb murojat qilgan ( Yuhanno Xushxabari 20:28). Va Iso uni to’xtatmadiham, to’g’irlamadiham. Titu maktubi 2:13dagi matn, yaqin oralarda Najotkorimiz Iso Masih va Xudoyimizni qaytishini kutishimizga chaqiryabti ( shuningdek 2-chi Butrus maktubi1:1ni qarang). Ibroniylar maktubi 1:8da Xudo Ota, Iso haqida e’lon qildi: “ O’g’liga esa bunday deyilgan : “ Ey Xudo Sening taxting doimiy va abadiydir, Podsholiging hassasi - haqqoniyat hassasi”.

Vahiy kitobi 19:10 da farishta, havoriy Yuhannoga faqat Xudoga bosh egishni buyurdi. Shu vaqtning o’zida Muqaddas Kitobda bir necha voqealar, Iso Masihga odamlar bosh eggani haqida, yozib chiqilgan ( Matto Xushxabari 2:11;14:33; 28:9,17; Luqo Xushxabari 24:52; Yuhanno Xushxabari 9:38). Iso hech qachon Unga ta’zim qilayotgan insonlarni to’xtatmagan. Agar Iso, Xudo bo’lmaganida, U bu odamlardan ta’zim qilmasliklarini so’ragan bo’lar edi, Vahiy kitobida farishta shunday qilmasliklarini so’raganiday, shuningdek Yozuvdagi ko’p boshqa misralar, Isoni Xudo ekanligini tasdiqlaydi.

Hammadan ko’ra muhim dalil, nima uchun Iso Xudo bo’lishi kerakligi, shundan iboratki, agar, U bunday bo’lmaganida, Uning o’limi butun dunyoni gunohini tolash uchun yetarlicha bo’lmas edi ( 1-chi Yuhanno maktubi 2:2) Faqat Xudoni O’zi bunday cheksiz jazoni to’lolardi. Faqat Xudo O’ziga butun olamni gunohini ololardi (`2-chi Korinfliklar maktubi 5:21) , o’lib va tirilib - O’zining g’alabasini gunoh va o’lim ustidan qozonganini isbotlab.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso Masih Xudomi?
© Copyright Got Questions Ministries