Savol
Jahannamning abadiy jazosidan qanday qochishim mumkin?
Javob
Jahannamdagi jazodan qochish, aslida ko'rinib turganidan ko'ra osonroq. Ba'zi odamlar do'zaxga tushmaslik uchun hayotlari davomida O'nta Amrga rioya qilishim kerak deb hisoblashadi. Boshqalar esa, muayyan marosimlar va urf-odatlarga rioya qilishim kerak, deb hisoblashadi. Uchinchisi bo'lsa, jahannamga tushamizmi yoki yo'qmi, buni hech qanday yo'l bilan bilishning imkoni yo'q, deb hisoblashadi? Bu fikrlarning hech biri to'g'ri emas. O'limidan keyin, inson qanday qilib jahannamdan qochib qutula olishi haqida Muqaddas Kitob juda aniq ko'rsatadi.
Muqaddas Kitob jahannamni qanchalar qo'rqinchli va dahshatli joy deb ta'riflaydi. Jahannam "abadiy olov" (Matto 25:41), olovi so'nmas (3:12), "sharmandalik va abadiy isnod" (Doniyor 12:2), "so'nmas o't" (Mark 9:44-49) va "abadiy o'lim" (2 Salonikaliklarga 1:9). Vahiy kitobi jahannamni quyidagicha tasvirlaydi: "Ular kechayu kunduz, abadulabad u yerda azob chekadilar" (Vahiy 20:10). Biroq, jahannam, biz qochishimiz kerak bo'lgan joy.
Nima uchun do'zax bor va nima uchun Xudo u yerga ba'zi odamlarni yuboradi? Muqaddas Kitobda, Xudo Unga qarshi isyon ko'targan shaytonga va tushgan farishtalarga do'zaxni tayinlagani aytiladi (Matto 25:41). Xudoning kechirimini qabul qilishdan bosh tortganlar, abadiy taqdirga duch kelishadi. Nima uchun do'zax kerak? Barcha odamlar oxir-oqibatda Xudoga qarshi gunoh qilgan (Zabur 50:6) va Xudo cheksiz va abadiy bo'lgani uchun, jazo ham cheksiz va abadiy bo'lishi kerak. Jahannam – bu muqaddas va solih Xudoning adolatli talablarini bajaradigan joy. Egamiz, gunohni va Uni rad etgan har bir kishini hukm qiladi. Muqaddas Kitob, biz hammamiz gunoh qilganimizni (Voiz 7:20; Rimliklarga 3:10-23) va shuning uchun do'zaxdagi jazoga loyiq ekanimizni aniq aytadi.
Xo'sh, qanday qilib do'zaxdan qochishimiz mumkin? Faqat cheksiz va abadiy jazo yetarli bo'lganidek, cheksiz va abadiy to'lov to'lanishi kerak. Xudo, Iso Masihning shaxsida inson bo'ldi. Masihda, Xudo bizning oramizda yashadi, bizni o'rgatdi va shifoladi, lekin bu Uning yakuniy vazifasi emas edi. Xudo, bizning o'rnimizga o'lish uchun inson bo'ldi (Yuhanno 1:1, 14). Iso – inson tanasidagi Xudo – xochda vafot etdi. Xudo sifatida Uning o'limi, gunohlar uchun cheksiz va abadiy to'lovga aylandi (1 Yuhanno 2:2). Xudo, bizning gunohlarimiz uchun to'laqonli va adolatli to'lov sifatida Uning o'limini tan olib, biz Iso Masihni Najotkorimiz sifatida qabul qilishimizni taklif qiladi. Xudo, Najotkor sifatida (14:6) Isoga ishongan har bir kishi (Yuhanno 3:16) najot topishini, ya'ni do'zaxga tushmasligini va'da qiladi.
Xudo jahannamga tushishingizni istamaydi (2 Butrus 3:9). Shuning uchun Xudo, biz uchun mukammal va yetarli qurbonlik keltirdi. Agar jahannamdagi jazodan qochmoqchi bo'lsangiz, Iso Masihni Najotkor sifatida qabul qiling. Bu juda oddiy! Xudo oldida siz gunohkor ekanligingizni va jazoga loyiqligingizni tan oling. Xudoga, siz Iso Masihga o'z Najotkoringiz sifatida ishonishingizni ayting. Najot uchun Xudoni ulug'lang. Faqat Najotkor sifatida Iso Masihga ishonib, siz jahannamdan qochishingiz mumkin!
Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.
English
Jahannamning abadiy jazosidan qanday qochishim mumkin?