Savol
Jamoat nima?
Javob
Ko'pchilik bugungi kunda jamoatni bino sifatida tushunmoqdalar. Bunday jamoat Muqaddas Kitob tushunchasiga xos emasdir. Jamoat so'zi, yunon ekklesiya so'zidan kelib chiqib, "Yig'ilish" yoki "Qabul qilingan" deb aniqlanadi. "Jamoat" so'zining ildiz ma'nosi bino emas, balki odamlar. Ajablanarlisi shundaki, agarda odamlardan qaysi jamoatga borishlarini so'rasangiz, ular odatda binoni anglaydilar. Rimliklarga 16:5 da "Ularning uyida yig'iladigan jamoatga ham salom aytib qo'yinglar." Pavlus ularning uydagi jamoatiga murojaat qiladi – jamoat binosiga emas, balki imonlilar tanasiga murojaat qildi.
Jamoat — bu Masihning tanasi, U bosh hisoblanadi. Efesliklarga 1:22-23 da aytadi: "Butun borliqni Isoning oyoqlari ostiga tobe qildi. Uni butun borliqdan yuqori qo'yib, imonlilar jamoatiga bosh qildi. Imonlilar jamoati Masihning tanasidir. Borliqni har jihatdan butun qiladigan Masih jamoatni barkamol qiladi". Masihning tanasi, Hosil bayramidan boshlab (Havoriylar 2-bob) to Masihning qaytib kelguniga qadar Iso Masihdagi barcha imonlilardan iboratdir. Masihning tanasi ikki jihatdan iborat:
1) Umumjahon jamoat Iso Masih bilan shaxsiy aloqaga ega bo'lganlarning barchasidan iborat. "Axir, biz hammamiz — yahudiylaru-yunonlar, qullaru ozod bo'lganlar, bir tana bo'lishimiz uchun bir Muqaddas Ruhga cho'mdirildik. Hammamiz o'sha bir Ruhga to'lib–toshganmiz" (1 Korinfliklarga 12:13). Bu oyatda, Unga ishongan har bir kishi Masihning tanasining bir qismi ekanligini va Masihning Ruhini dalil sifatida qabul qilganligini aytadi. Xudoning katta jamoati — Iso Masihga ishonish orqali najotni qabul qilganlarning barchasidir.
2) Mahalliy jamoat haqida Galatiyaliklarga 1:1-2 da yozadi: "Men — Pavlus va men bilan birga bo'lgan hamma birodarlar Galatiya o'lkasidagi imonlilar jamoatlariga salom yo'llaymiz." Bu yerda biz Galatiya viloyatida ko'pgina jamoatlar borligini, ya'ni biz buni mahalliy jamoatlar deb ataymiz. Babtistlar jamoati, Lyuteranlar jamoati, katoliklar jamoati va boshqa jamoatlar – bu jamoat emas, balki mahalliy jamoat, imonlilar guruhidir. Unversal jamoat Masihga tegishli bo'lganlar va najot uchun Unga ishonganlardan iboratdir. Umumjahon jamoatning bu a'zolari mahalliy jamoatda do'stlikka va taraqqiyotga intilishlari kerak.
Shunday qilib, jamoat bino yoki nom emasdir. Muqaddas Kitobga binoan, jamoat — Masihning tanasi bo'lib, najot uchun Iso Masihga ishonganlarning hammasidir (Yuhanno 3:16; 1Korinfliklarga 12:13). Mahalliy jamoatlar Masihning ismiga da'vo qiladigan odamlarning yig'inidir. Mahalliy jamoat a'zolari imonlarining haqiqiyligiga qarab katta jamoat a'zolari bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi mumkin. Mahalliy jamoat — imonlilar "tananing" tamoyillariga to'liq amal qilishlari mumkin bo'lgan joy, 1 Korinfliklarga 12-bobga asosan jamoat: Rabbimiz Iso Masihning bilimi va inoyati bilan bir-biringizni rag'batlantirish, o'rgatish va mustahkamlash joyidir.
English
Jamoat nima?