settings icon
share icon
Savol

Nima uchun jamoatga qatnashish juda muhim?

Javob


Muqaddas Kitob bizga boshqa imonlilar bilan Xudoga sajda qilishimiz va Uning Kalomi bilan ruhiy o'sishni o'rganishimiz uchun jamoatga borishimiz kerakligini aytadi. Ilk jamoat "Ular havoriylarning ta'limotini o'rganishga, birodarlikka, Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirishga va ibodatga o'zlarini bag'ishladilar" (Havoriylar 2:42). Biz bu sadoqat namunasiga va xuddi shu narsaga rioya qilishimiz kerak. Keyin ularda jamoat binosi yo'q edi, lekin "Imonlilar har kuni Ma'badda yig'ilardilar. Bir–birlarinikiga mehmonga borganda esa Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirardilar, yurakdan sevinib, soddadillik bilan ovqatlanishardi" (Havoriylar 2:46). Uchrashuvlar qayerda bo'lmasin, imonlilar boshqa imonlilar bilan munosabatlari orqali va Xudoning So'zi ta'limoti bilan o'sib borar edi.

Jamoatga tashrif faqatgina "yaxshi taklif" emas; Xudoning imonlilar uchun Uning irodasi edi. Ibroniylarga 10:25 da aytilganidek, biz "yig'ilishlarimizni qoldirmaylik. Aksincha, Rabbimiz Isoning keladigan kuni yaqinlashib qolganini bilib, bir– birimizni yanada ko'proq ruhlantirishimiz" kerak. Hatto ilk jamoatlarda ham, ba'zilari boshqa imonlilar bilan uchrashmaslikni yomon odat qilib olishdi. Yahudiylarga yuborilgan maktubning muallifi bu chiqish yo'li emasligini aytadi. Jamoat xizmatlariga qatnashish bizga dalda beradi. Oxirgi vaqtlar yaqinlashishi, bizni jamoatga borish uchun qat'iy qaror qilishimizga undaydi.

Jamoat imonlilar bir-birlarini seva oladigan (1 Yuhanno 4:12), bir-birlariga nasihat qilish (Ibroniylarga 3:13), bir-birini sevgi va yaxshi ishlar uchun "rag'batlantirish" (Ibroniylarga 10:24), bir-biriga xizmat qilish (Galatiyaliklarga 5:13), bir-biriga pand-nasihat berish (Rimliklarga 15:14), bir-birini hurmat qilish (Rimliklarga 12:10) va bir-biriga mehribon va mehr-shafqatli bo'ladigan joydir (Efesliklarga 4:32).

Inson Iso Masihga najoti uchun ishonganida, u Masih tanasining a'zosiga aylanadi (1 Korinfliklarga 12:27). Jamoatning tanasi to'g'ri ishlashi uchun, uning "tana a'zolari" ishtirok etishi va ishlashi kerak (1 Korinfliklarga 12:14-20). Faqatgina jamoatga qatnashning o'zi yetarli emas; Xudo bizga bergan ruhiy in'omlardan foydalanib, biz boshqalarga xizmat qilishimiz kerak (Efesliklarga 4:11-13). Imonli kishi bu in'omlarning biror biriga ega bo'lmasdan, hech qachon to'la ruhiy kamolotga erishmaydi va biz hammamiz boshqa imonlilarning yordami va dalda berishiga muhtojmiz (1 Korinfliklarga 12:21-26).

Bu va boshqa sabablarga ko'ra jamoatga qatnash, ishtirok etish va munosabatda bo'lish imonlining hayotining muntazam jihatlari bo'lishi kerak. Jamoatga haftalik qatnashish imonlalar uchun hech qanday "majburiy" ma'noda emas, balki Masihga tegishli bo'lgan kishida Xudoni ulug'lash, Uning So'zini qabul qilish va boshqa imonlilar bilan muloqot qilish istagi bo'lishi kerak.

Iso – Jamoatning poydevor toshi (1 Butrus 2:6) va biz esa: "Shunda o'zlaringiz ham tirik toshlarday bo'lasizlar. Xudo sizlardan ruhiy ma'bad barpo etadi. Sizlar muqaddas ruhoniylar bo'lib xizmat qilasizlar va Iso Masih orqali Xudoga maqbul ruhiy qurbonliklar keltirasizlar" (1 Butrus 2:5). Xudoning "ruhiy uyi" ning qurilish materiallari bo'lgani kabi, tabiiyki, biz bir-birimiz bilan aloqamiz bo'lib, bu o'zaro aloqalar "Jamoatga borishi bilan" har safar aniq ko'rinib turadi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun jamoatga qatnashish juda muhim?
© Copyright Got Questions Ministries