Savol
Jamoatning osmonga ko'tarilishi nima?
Javob
Osmonga ko'tarilish so'zi Muqaddas Kitobda uchramaydi. Termin lotin so'zidan olingan bo'lib, u "tashqariga olib borish, tashish yoki ushlab olish" degan ma'noni anglatadi. Jamoatni "olib ketish" yoki osmonga ko'tarilish haqidagi tushuncha Muqaddas Kitobda aniq o'rgatiladi.
Jamoatning osmonga ko'tarilishi, Xudo yerdagi barcha imonlilarni azob-uqubat davrida yer yuziga quyiladigan Uning odil hukmi uchun joyni bo'shatish sababli yer yuzidagi barcha imonlilarni "olib ketadi". Birinchi o'rinda osmonga ko'tarilish 1 Salonikaliklarga 4:13-18 va 1 Korinfliklarga 15:50-54 da tasvirlanadi. Xudo barcha o'lik imonlilarni tiriltiradi, ularga shuhratli tanalarni beradi va ularni o'sha paytda shuhratli tana beriladigan barcha tirik imonlilar bilan birga yerdan olib ketadi. "Zotan, Rabbimiz Iso Masih buyuk bir sado, bosh farishtaning ovozi va Xudoning karnayi sadosi ostida kelganda, birinchi bo'lib Unga ishongan holda o'lganlar tiriladi. So'ng biz, hali tirik bo'lganlar, havoda Rabbimizni qarshilab olish uchun ular bilan birga bulutlarda ko'tarilamiz. Shunday qilib, hammamiz Rabbimiz bilan abadiy birga bo'lamiz" (1 Salonikaliklarga 4:16-17).
Osmonga ko'tarilish abadiylikka moslashtiradigan bizning tanalarimizni bir zumda o'zgarishni o'z ichiga oladi. "Faqat shuni bilamizki, o'sha payt kelganda, biz Xudo singari bo'lamiz, chunki Xudoning O'zini ko'ramiz" (1 Yuhanno 3:2). Osmonga ko'tarilish ikkinchi marta kelish bilan ajralib turishi kerak. Osmonga ko'tarilish bilan Rabbiy bizni "havoda" kutib olish uchun "bulutlarda" keladi (1 Salonikaliklarga 4:17). Ikkinchi marta kelganda, Rabbiy zaytun tog'ida turish uchun butun yer yuziga tushadi va bu kuchli zilzilaga olib keldi va Xudo dushmanlarini mag'lub etadi (Zakariyo 14:3-4).
Eski Ahdda osmonga ko'tarilish ta'limoti o'rgatilmagan, shuning uchun Pavlus uni "sir" deb ataydi: "Mana, men sizlarga bir sirni bildirmoqchiman: biz hammamiz ham o'lmaymiz, ammo hammamiz o'zgaramiz. To'satdan, ko'z ochib yumguncha, oxirzamon karnayi chalinganda o'zgaramiz. Ha, karnay chalinadi va shu onda marhumlar hech o'lmaydigan bo'lib tiriladilar. Shunda biz ham o'zgaramiz" (1 Korinflilarga 15:51-52).
Osmonga kotarilish, bu barchamiz orzu qilishimiz kerak bo'lgan ajoyib voqea. Nihoyat gunohdan ozod bo'lamiz. Biz har doim Xudoning huzurida bo'lamiz. Osmonga ko'tarilishning mazmuni va ko'lami haqida juda ko'p bahs-munozaralar ketyapdi. Bu Xudoning xohishi emas, aksincha, osmonga ko'tarilish umidga to'la tasalli beruvchi ta'limot bo'lishi kerak; Xudo bizni "bu so'zlar bilan bir-birimizni rag'batlantirishimizni" xohlaydi (1 Salonikaliklarga 4:18).
English
Jamoatning osmonga ko'tarilishi nima?