settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitob jinnlar haqida nima deydi?

Javob


Vahiy 12:9 da aytilganidek, jinlar tushgan farishtalardir: "Ulkan ajdaho yerga uloqtirildi. Butun dunyoni aldagan bu qadimgi ilon iblis va shayton deb atalgan. U o'z farishtalari bilan yerga uloqtirildi". Shaytonning osmondan tushishi ramziy ravishda Ishayo 14:12-15 va Hizqiyo 28:12-15 da tasvirlangan. Vahiy 12:4ga muvofiq, shayton pastga uloqtirilganida o'zi bilan birga ba'zi farishtalarni – uchdan bir qismini oldi. Shuningdek, Yahudo 6 da gunoh qilgan farishtalarni ham eslatib o'tadi. Demak, Muqaddas Kitobga binoan, jinlar, Shayton bilan birga, Xudoga qarshi isyon qilishga qaror qilgan uloqtirilgan farishtalardir.

Ba'zi bir jinlar allaqachon gunohlari uchun "qorong'u zimistonga abadiy zanjirband" qilib qulflangan. Boshqalari erkin yurishadi va Efesliklarga 6:12 da "balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlar…. bu qorong'i dunyoni boshqarayotgan ruhiy hukmronlar" deb nomlanadi (Kolosaliklarga 2:15). Jinlar hali ham shaytonga o'z rahbari sifatida bo'ysunib boradilar va Xudoning rejasini buzishga va Xudoning xalqiga to'sqinlik qilishga urinadi va Muqaddas farishtalar bilan kurashadi (Doniyor 10:13).

Jinlar ruhiy mavjudotlar bo'lib, jismoniy tanaga ham egalik qilish qobilyatiga ega. Jinning egasi, inson tanasi butunlay jin tomonidan nazorat qilinganida sodir bo'ladi. Bu Xudoning farzandi bilan sodir bo'lmaydi, chunki Muqaddas Ruh Masihiyning qalbida yashaydi (1 Yuhanno 4:4).

Iso yerdagi xizmati davomida ko'plab jinlarga duch keldi. Albatta, ularning hech birini Masihning kuchi bilan taqqoslashlari mumkin emas: "Kech kirganda Isoning oldiga jin chalgan ko'plab odamlarni olib kelishdi. U so'z bilan jinlarni quvib chiqardi, xasta odamlarning hammasiga shifo berdi" (Matto 8:16) Isoning jinlar ustidan bo'lgan kuchi, u haqiqatan ham Xudoning O'g'li ekanligini isbotlovchi dalillardan biri edi (Luqo 11:20). Iso bilan uchrashgan jinlar uning kimligini bilishardi va undan qo'rqishardi: "Ey Xudoning O'g'li! Bizni tinch qo'y! Sen bizga vaqtidan oldin azob bergani bu yerga keldingmi?" (Matto 8:29). Jinlar oxir oqibat azob chekishlarini bilishadi. Shayton va uning jinlari endi Xudoning ishini yo'q qilish va hammani aldashga harakat qiladilar (1 Butrus 5:8; 2 Korinfliklarga 11:14-15). Jinlar, yovuz ruhlar (Matto 10:1), nopok ruhlar (Mark 1:27), aldamchi ruhlar (1 Shohlik 22:23) va shaytonning farishtalari (Vahiy 12:9) deb ta'riflanadi. Shayton va uning jinlari, dunyoni aldashadi (2 Korinfliklarga 4:4), soxta ta'limotni tarqatadilar (1 Timo'tiyga 4:1), masihiylarga hujum qiladi (2 Korinfliklarga 12:7; 1Butrus 5:8) va Muqaddas farishtalar bilan jang qilishadi (Vahiy 12:4-9).

Jinlar / tushgan farishtalar Xudoning dushmanlari, lekin ular mag'lub bo'lgan dushmanlardir. Masih, "kuch va hokimiyatni qurolsizlantirdi" va "ular ustidan xoch orqali g'alaba qozonib, ularni omma oldida sharmanda qildi" (Kolosaliklarga 2:15). Biz Xudoga itoat qilamiz va iblisga qarshi turamiz, bizda hech qanday qo'rquv bo'lmaydi. "Axir, ichingizdagi Ruh dunyodagi shaytondan ustundir" (1 Yuhanno 4:4)

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob jinnlar haqida nima deydi?
© Copyright Got Questions Ministries