Savol
Xudo bugungi kunda odamlarga vahiy beradimi? Imonlilar o'zlarining masihiy tajribasining ajralmas qismi sifatida vahiy kutishlari kerakmi?
Javob
Xudo, bugungi kunda odamlarga vahiy bera oladimi? Ha! Xudo bugungi kunda odamlarga vahiy beradimi? Ehtimol. Vahiy bizning hayotimizda odatiy holatda kelishini kutishimiz kerakmi? Yo'q! Muqaddas Kitobda yozilganidek, Xudo odamlar bilan bir necha bor muloqot qildi – Yoqubning o'g'li Yusuf bilan; Sulaymon; Ishayo; Hizqiyo; Doniyor; Yusuf, Maryamning eri; Butrus; Pavlus va boshqalar. Payg'ambar Yo'el vahiy sonining ko'payishini bashorat qilgan va Havoriylar kitobining ikkinchi bobida havoriy Butrus tomonidan tasdiqlangan. Shuni ta'kidlash kerak, vahiy va tush o'rtasidagi farq shuki, odam uyg'oq bo'lganida vahiy va u uxlab yotganida esa tush beriladi.
Dunyoning ko'p joylarida Xudo bugungi kunga qadar vahiy va tushlarni keng qo'llamoqda. Injil Xushxabarini va'z qilmagan joylarda, Xudo O'zining xabarini odamlarga to'g'ridan-to'g'ri ochib beradi. Bu vahiylar Muqaddas Kitobdagi misollariga to'liq mos keladi. Agar Xudo ma'lum bir kishiga gapirishni xohlasa, U missionerlar, farishtalar, vahiylar, tushlar va boshqalar orqali zarur deb hisoblaydigan har qanday vositadan foydalanishi mumkin. Xudo, albatta, Xushxabar xabari allaqachon ma'lum bo'lgan joylarda vahiy berish qobiliyatiga ega. Xudoga Uning yutuqlarida hech qanday chegara yo'q.
Shu bilan birga, biz tushlarning ochiqliklari va talqinlari haqida juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Biz Muqaddas Kitob to'liq ekanligini va biz bilish kerak bo'lgan hamma narsani o'z ichiga olishini yodda tutishimiz kerak. Asosiy haqiqat shuki, agar Xudo vahiy ko'rsatsa, u Uning So'zida ochilgan narsalarga to'liq mos keladi. Vahiylar hech qachon Xudoning Kalomiga nisbatan teng yoki ustuvor ahamiyatga ega bo'lmasligi kerak. Muqaddas Kitob, Masihiy imon va amaliy hayot uchun bizning asosiy poydevordir. Agar sizda vahiy berilgan deb hisoblasangiz va Xudo sizga bergan bo'lishi mumkin bo'lsa, Xudoning Kalomini ibodat bilan o'rganib chiqing va vahiyingiz Muqaddas Kitobga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Agar shunday bo'lsa, unda bu vahiyga javoban Xudo sizdan nimani kutayotganini o'ylab ko'ring (Yoqub 1:5). Xudo uning ma'nosini ochmasdan, insonni ko'rishga yo'l qo'ymaydi. Muqaddas Kitobdan bilamizki, agar inson Xudodan vahiyning ma'nosi haqida so'rasa, U albatta u haqida insonga tushuntirib berdi (qarang: Doniyor 8:15-17).
English
Xudo bugungi kunda odamlarga vahiy beradimi? Imonlilar o'zlarining masihiy tajribasining ajralmas qismi sifatida vahiy kutishlari kerakmi?