settings icon
share icon
Savol

Masihiylar tibbiy yordamga murojaat qilsa bo'ladimi?

Javob


Shifokorlar haqida Muqaddas Kitobda ko'p marotaba eslatilgan. Bunday toifada yordam uchun murojaat qilmaslik kerakligini ko'rsatadigan faqat bir oyat mavjud — bu 2 Solnomalar 16:12. "Hukmronligining o'ttiz to'qqizinchi yilida Osoning oyoqlari og'riydigan bo'lib qoldi. Uning ahvoli juda og'ir bo'lishiga qaramay, u kasallik paytida ham Egamizga yuzini burmadi, faqat tabiblardan yordam so'radi" (2 Solnomalar 16:12). Biroq, bu maxsus voqea Osoning keyingi yillarda Xudoga murojaat qilishi va o'zining hayotiga yangicha dunyoqarash olib keldi.

Muqaddas Kitobda biz bog'lamalar (Ishayo 1:6), zaytun moyidan foydalanish (Yoqub 5:14), zaytun moyi va sharob (Luqo 10:34), barglar (Hizqiyo 47:12), sharob ichish (1 Timotiy), Guladdan olingan malham (Eremiyo 8:22) qo'llash kabi tibbiy vositalardan foydalanish haqida gapiradigan ko'plab oyatlarni topamiz. Shuningdek, Havoriylar va Xushxabar muallifi bo'lgan Luqoni, Havoriy Pavlus "sevimli tabib" deb eslatib o'tadi (Kolosaliklarga 4:14).

Mark 5:25-30-oyatlarida qon ketishidan azob chekayotgan ayol haqida ko'p gap bor. Garchi ularga barcha mablag'larini sarflagan bo'lsa-da, hech bir shifokor unga yordam bera olmadi. Isoning oldiga kelgach, u o'zi uchun qaror qabul qildi, agarda hech bo'lmaganda Uning kiyimiga tegsam, shifo topaman deb o'yladi. Shunday qilib, bu sodir bo'ldi. Iso farziylarning, nimaga soliqchilar va gunohkorlar bilan eyb-ichib o'tiribdi degan savoliga javob berib, dedi: "Sog'lar emas, xastalar tabibga muhtojdir" (Matto 9:12). Yuqorida keltirilgan barcha oyatlardan bir nechta qoidalarni ta'kidlashimiz mumkin:

1) Shifokor-Parvardigor Xudo emas va bunday deb baholanmasligi ham kerak. Ular ba'zan yordam berishadi, lekin ertami-kechmi ularning yordami tugaydi, sizning pulingiz tugashi bilan birga.

2) Dori vositalaridan foydalanish, Muqaddas Kitobning hech bir joyda qoralanmaydi, aksincha – bir necha bor eslatib o'tiladi.

3) Tananing har qanday buzilishi uchun Xudoning aralashuvini so'rash kerak (Yoqub 4:2; 5:13). U, biz xohlagan tarzda (Ishayo 55:8-9) hamma narsani qilishni va'da qilmaydi, lekin U biz uchun qaysi yo'lni tanlamasligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin, bu faqat sevgi bilan belgilanadi va bu esa faqat bizning manfaatlarimiz uchun amalga oshiriladi (Zabur 144:8-9).

Shunday qilib, masihiylar tibbiy yordamga murojaat qilsa bo'ladimi? Xudo bizni oqilona mavjudot sifatida yaratdi va bizga o'z tanamizning sog'ligini tiklash uchun dori-darmonlarni yaratish imkoniyatini berdi. Sog'ligimizning holatini yaxshilash uchun ushbu bilim va imkoniyatlarni qo'llashning hech qanday yomon joyi yo'q. Shifokorlarga Xudoning in'omi sifatida qaralishi mumkin, chunki U ular orqali bizga shifo va tiklashni yuboradi. Shu bilan birga, biz shifokorlar va dori-darmonlarga emas, balki Xudoga tayanishimiz kerak. Agar biz hayotning barcha qiyinchiliklarini jasorat bilan kutib olsak, Xudo biz so'raganimizda bizga donolik berishni va'da qiladi (Yoqub 1:5).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiylar tibbiy yordamga murojaat qilsa bo'ladimi?
© Copyright Got Questions Ministries