Savol
Masihiylikka qanday murojaat qilishim kerak?
Javob
Filippi nomli yunon shahridan bo'lgan bir kishi Pavlusga va Silaga juda o'xshash savol berdi. Biz, bu odam haqida kamida uchta narsani bilamiz: u qamoqxona nazoratchisi, g'ayriyahudiy va umidsiz edi. Pavlus uni to'xtatganda, u o'z joniga qasd qilish yoqasida edi. Bu kishi shunday deb so'radi: "Janoblar, najot topishim uchun nima qilishim kerak?" (Havoriylar 16:30).
U bu savolni so'raganligi, u najotga bo'lgan ehtiyojini tushundi, chunki u o'zi uchun faqat o'limni ko'rdi va yordamga muhtoj ekanini bilardi. Yana bir haqiqat shuni ko'rsatadiki, Pavlus va Siladan bu savolni so'rab, ularda javob borligiga ishonardi. Javob oddiy va tezda bo'ldi: "Rabbimiz Isoga ishon, shunda o'zing va xonadon ahling najot topasizlar" (31 oyat). Bundan keyin, Muqaddas Kitobda, u kishi ishongani va murojaat qilgani haqida hikoya davom ettiriladi. O'sha kundan boshlab uning hayoti o'zgardi.
E'tibor bering, soqchining murojaati uning imoniga asoslangan edi. U faqat Isoga ishonishi kerak edi. U, Iso Xudoning O'g'li va Muqaddas Bitiklarni bajargan Masih ekanligiga ishondi. Uning imoni, Iso gunoh uchun o'lganini va tirilganligini anglashni ham o'z ichiga oladi – Pavlus va Sila bu haqida va'z qilgan (Rimliklarga 10:9-10 va 1 Korinfliklarga 15:1-4).
"Murojaat qilish" so'zma-so'z "yuz burish" degan ma'noni anglatadi. Biz bir narsaga yuz burganimizda, boshqa narsadan yuz o'giramiz. Biz Isoga yuz burib, gunohdan yuz o'girishimiz kerak. Muqaddas Kitob, buni "tavba qilish" va Isoga ishonish uchun murojaat qilish deb nomlaydi. Shunday qilib, tavba qilish va imon bir-birini to'ldiradi. Tavba va imon 1 Salonikaliklarga 1:9 da aytilgan: "(siz) butlardan yuz o'girib, Xudoga yuz burganingiz…". Masihiylikka samimiy munosabatda bo'lish natijasida, Masihiy o'zining eski yo'llarini va soxta dinga aloqador narsalarni ortda qoldiradi.
Boshqacha qilib aytganda, masihiylikka murojaat qilish, bu Iso sizning gunohlaringiz uchun o'lganiga va o'liklardan tirilganiga, Xudoning O'g'li ekanligiga ishonishingiz kerak. Siz gunohkor ekanligingizni va najotga muhtojligingizni tan olishingiz kerak. Gunohdan, Masihga yuz burganingizda, Xudo sizni qutqarishiga va sizni yangi ijod qiladigan Muqaddas Ruhni berishni va'da qiladi.
Uning haqiqiy shakli masihiylik dini emas. Masihiylik, Muqaddas Kitobga binoan, Iso Masih bilan shaxsan aloqada bo'lishdir. Masihiylik, xochdagi Isoning qurbonligiga ishongan har bir kishiga najot topishning ilohiy taklifidir. Masihiylikka murojaat qilgan kishi bir dindan ikkinchisiga o'tmaydi. Masihiylikka mirojaat qilish, gunohlarning kechirilishi va o'limdan keyin abadiy hayotning natijasi sifatida Xudoning qutqaruv sovg'asini va Iso Masih bilan shaxsiy munosabatlarning boshlanishini o'z ichiga oladi.
Ushbu maqolani o'qiganingiz asosida, siz masihiylikka murojaat qilishni xohlaysizmi? Agar sizning javobingiz ijobiy bo'lsa, unda siz bu oddiy ibodat bilan Xudoga murojaat qilishingiz mumkin. Lekin esda tutingki, na bu ibodat, na boshqa hech kim sizni qutqarmaydi. Faqat Masihga bo'lgan imon sizni gunohdan qutqarishi mumkin! Bu ibodat, faqat Xudoga, Unga bo'lgan imoningiz haqida va najot uchun minnatdorchilik bildirishning bir usuli. "Hudoyim, men Senga qarshi gunoh qilganimni va jazoga loyiq ekanligimni bilaman. Biroq Iso Masih mening jazoimni O'ziga oldi va Unga ishonish orqali kechirilishim mumkin. Senga o'z najotimni ishonaman. Abadiy hayot sovg'asi – Sening inoyating va kechiriming uchun rahmat! Omin!"
Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.
English
Masihiylikka qanday murojaat qilishim kerak?