settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobda farishtalar haqida nima deyilgan?

Javob


Farishtalar aql-zakovatli, his-tuyg'ular va irodaga ega bo'lgan shaxsiy ruhiy mavjudotlardir. Bu ham yaxshi, ham yomon farishtalarga (jinlarga) tegishli. Farishtalar aqlga ega (Matto 8:29; 2 Korinfliklarga 11:3; 1 Butrus 1:12), his-tuyg'ularni namoyon qiladi (Luqo 2:13; Yoqub 2:19; Vahiy 12:17) va irodasini ko'rsatadi (Luqo 8:28-31; 2 Timo'tiyga 2:26; Yahudo 6). Farishtalar jismoniy tanasiz ruhiy mavjudotlardir (Ibroniylarga 1:14). Jismoniy tanasi bo'lmasa-da, ular ham shaxsdirlar.

Ular ham yaratilganligi uchun ularning bilimlari cheklangan. Bu shuni anglatadiki, ular Xudo kabi hamma narsani bilishmaydi (Matto 24:36). Biroq, ular uchta narsada odamlarga qaraganda ko'proq ma'lumotga ega. Birinchidan, farishtalar odamlardan yuqori bo'lgan mavjudotlar sifatida yaratilgan. Shuning uchun, ular dastlab katta bilimga ega bo'lganlar. Ikkinchidan, farishtalar odamlardan ko'ra Muqaddas Kitobni va dunyoni yaxshiroq o'rganadilar va undan bilim oladilar (Yoqub 2:19; Vahiy 12:12). Uchinchidan, farishtalar inson faoliyatini uzoq muddat kuzatish natijasi orqali bilim oladilar. Insonlardan farqli o'laroq, farishtalar o'tmishni o'rganishlariga hojat yo'q; ular buni boshdan kechirdilar. Shu sababli, ular boshqalarning qanday qilib harakat qilganini va vaziyatlarda qanday munosabatda bo'lganligini bilishadi va bu kabi holatlarda qanday qilib harakat qilishimiz mumkinligini yanada aniqroq tasavvur qilishlari mumkin.

Garchi ular irodaga ega bo'lsalar-da, farishtalar ham barcha mavjudotlar singari Xudoning irodasiga bo'ysunadilar. Yaxshi farishtalar Xudo tomonidan imonlilarga yordam berish uchun yuborilgan (Ibroniylarga 1:14). Muqaddas Kitobda farishtalarga tegishli ba'zi harakatlar mavjud: Ular Xudoni ulug'laydilar (Zabur 148:1-2, Isha'yo 6:3). Ular Xudoga sajda qiladilar (Ibroniylarga 1:6, Vahiy 5:8-13). Ular Xudo nima qilayotganidan quvonishadi (Ayub 38:6-7). Ular Xudoga xizmat qilishadi (Zabur 103:20; Vahiy 22:9). Ular Xudoning oldida turishadi (Ayub 1: 6, 2: 1). Ular Xudo hukmining vositachilaridir (Vahiy 7:1, 8:2). Ular ibodatga javoblar olib kelishadi (Havoriylar 12:5-10). Ular odamlarni Masihga olib kelishga yordam berishadi (Havoriylar 8:26, 10: 3). Ular masihiylarning tartibini, ishi va azoblarini kuzatib turadi (1 Korinfliklarga 11:10; Efesliklarga 3:10; 1Butrus 1:12). Ular xavfli vaziyatlarda dalda beradilar (Havoriylar 27:23). Ular o'lim paytida solihlarga g'amxo'rlik qiladi (Luqo 16:22).

Farishtalarda odamlardan ko'ra butunlay boshqacha tartib bor. Inson o'lganidan keyin farishtalarga aylanmaydi. Farishtalar hech qachon inson bo'lmaydilar va hech qachon bo'lmaganlar. Xudo insoniyatni qanday yaratgan bo'lsa, farishtalarni ham shunday yaratdi. Muqaddas Kitobning hech qayerida farishtalar odamzod kabi Xudoning suratida va o'xshash yaratilgani haqida aytilmagan (Ibtido 1:26). Farishtalar, ma'lum bir darajada jismoniy shakl olishi mumkin bo'lgan ruhiy mavjudotlardir. Insonlar asosan jismoniy mavjudotdir, lekin ular ruhiy jihatlarga ega. Muqaddas farishtalardan o'rganishimiz mumkin bo'lgan eng buyuk narsa, bu ularning Xudoning amrlariga zudlik bilan to'liq bo'ysunishlaridir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda farishtalar haqida nima deyilgan?
© Copyright Got Questions Ministries