Savol
O'zga sayyoraliklar, kelgindilar yoki NUJ kabilar bormi?
Javob
Avvalo, "o'zga sayyoraliklar" atamasi aql-zakovat, his-tuyg'ular va irodalarga ega bo'lgan ahloqiy tanlovni amalga oshirishga qodir bo'lgan mavjudotlarni bildiradi. Keyin, ba'zi ilmiy faktlarni ko'rib chiqamiz:
1)Odamlar quyosh tizilmasidagi sayyoralarning deyarli har biriga raketalarni jo'natishdi. Olingan ma'lumotlarni o'rganib chiqilqandan so'ng, Mars va ehtimol Yupiterdan tashqari barcha sayyoralarni hayot uchun yaroqsiz deb hisoblash mumkin.
2) 1976 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan Marsga ikkita kosmik kema jo'natildi. Ular, Marsning qumlarining namunalarini oladigan va hayotning har qanday alomatlari uchun tahlil qiladigan qurilmalar bilan jihozlangan edi. Ular mutlaqo hech narsa topmadilar. Boshqa tomondan, agar siz yerning eng hozilsiz tuproqlaridan yoki Antarktikada muzlagan tuproqlaridan tahlil qilsangiz, har ikkala tahlil ham mikroorganizmlarning to'liq hayotini ko'rsatadi! 1997da AQSh, Mars yuzasiga boshqa qurilmani jo'natdi. Ushbu qurilma ko'proq namunalar oldi va keyingi tadqiqotlarni olib bordi. Ammo hayotning hech qanday belgilari topilmadi. O'sha paytdan beri Marsda bir nechta topshiriqlar amalga oshirildi. Natijalar esa bir xil edi.
3) Astronomlar uzoq quyosh tizimlarida doimiy ravishda yangi sayyoralarni topadilar. Ba'zi olimlar, bunday sayyoralarning mavjudligi, koinotdagi boshqa bir joyda hayot bo'lishi kerakligini isbotlaydi. Aslida, bu sayyoralarning hech biri hech qachon hayotga mos kelmagan. Yer va bu sayyoralar o'rtasidagi katta masofalar, bu haqida biron-bir taxmin qilish imkoniyatini istisno qiladi. Quyosh tizimida faqat yerning hayotni saqlab qolishini bilgan evolyutsiyachilar, hayot u yerda rivojlanishi kerakligini isbotlash uchun, boshqa quyosh tizimidagi, boshqa sayyorani topishga juda intiladilar. Ehtimol, boshqa sayyoralar ham bor, lekin biz, albatta, ular haqida hech narsa bilmaymiz va hech bo'lmaganda shartli ravishda hayotni saqlab qolishlarini to'g'ridan-to'g'ri tekshirib bo'lmaydi.
Xo'sh, Muqaddas Kitob nima deydi? Yer va insoniyat Xudoning noyob yaratilishidir. Ibtido kitobining birinchi bobida Xudo yerni quyoshdan, oydan va yulduzlardan ham oldinroq yaratganligini o'rgatadi. Havoriylar 17:24, 26 da shunday deydi: "Olamni va undagi hamma narsalarni yaratgan Xudo yeru osmonning Egasi bo'lib… Xudo bitta odamdan jamiki elatlarni yaratib, ularni butun yer yuziga joylashtirdi. U elatlarning hayoti vaqtini va ular istiqomat qiladigan joylarning chegaralarini belgilab berdi."
Yaratilganidan keyin insoniyat gunohsiz edi va dunyodagi hamma narsa "juda yaxshi" edi (Ibtido 1:31). Birinchi inson gunoh qilganida (Ibtido 3), insoniyatning qulashi natijasida turli xil muammolar, kasallik va o'lim paydo bo'ldi. Hatto, Xudo oldida shaxsiy gunohga ega bo'lmagan hayvonlar (ular ahloqiy jihatdan mas'uliyatli mavjudot emaslar) azob chekishadi va o'lishadi (Rimliklarga 8:19-22). Iso Masih, bizning gunohlarimiz uchun biz munosib bo'lgan jazoni to'lash uchun vafot etdi. U qaytib kelganida, U Odamdan boshlangan la'natning ko'p qirralarini bekor qiladi va nihoyat insoniyatdan la'natni olib tashlaydi (Vahiy 21-22). Eslatib o'tamiz, Rimliklarga 8:19-22 maktubida aytilishicha, barcha ijod bu vaqtni sabrsizlik bilan kutmoqda! Shuni ham ta'kidlash kerakki, Masih butun insoniyat uchun o'lishga yerga kelgan va u faqat bir marta vafot etgan (Ibroniylarga 7:27; 9:26-28; 10:10).
Agar butun yaratilish la'natdan azob chekayotgan bo'lsa, demak, yerdan tashqarida bo'lgan har qanday hayot ham bundan azob chekadi. Agar munozarani davom ettirish uchun boshqa sayyoralarda ahloqiy jihatdan mas'uliyatli mavjudotlar mavjudligini tan olsak, ular ham azob chekishadi va agar hozir bo'lmasa, "O'sha kuni osmon guvullab yonib, g'oyib bo'ladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi" (2 Butrus 3:10). Agar ular gunoh qilmasalar, Xudo ularni jazolashi adolatsizlik bo'lar edi; agar ular gunoh qilgan bo'lsalar va Masih faqat bir marta (yer yuzi uchun qilgani) o'lgan bo'lsa, unda ular gunohkorligicha qoladilar va bu ham Xudoning tabiatiga zid keladi (2 Butrus 3:9). Bu bizni hal qila olmaydigan paradoksga qo'yadi-faqat agar yerdan tashqarida ahloqiy mavjudotlar bo'lmasa.
Ahloqiy va intellektual mavjudotlar bo'lmagan boshqa sayyoralarda hayot shakllari haqida nima deyish mumkin? Noma'lum sayyorada suv o'tlari, hatto it va mushuklar ham bo'lishi mumkinmi? Ehtimol, bu mumkin va bu Muqaddas Kitobga zid emas. Lekin, albatta, quyidagi savollarga javob berishga urinib ko'rish qiyin bo'ladi: "Barcha ijod azob chekayotgani sababli, uzoq sayyoralarda azob chekayotgan jonzotlar yaratilganidan, Xudo qanday maqsadga erishdi?"
Xulosa qilib aytganda, Muqaddas Kitob, Koinotning boshqa qismlarida hayot borligiga ishonish uchun bizga hech qanday sabab bermaydi. Aksincha, Muqaddas Kitob bizga nima uchun bunday bo'lmasligiga bir necha asosiy sabablarni beradi. Ha, juda ko'p sirli va tushunarsiz hodisalar mavjud, biroq shunga qaramay, bu hodisalarni o'zga sayyoraliklar, kelgindilar yoki NUJlarga bog'lash uchun hech qanday sabab yo'q. Agar ushbu muayyan hodisalarning sabablari bo'lsa, ular ruhiy xarakterga ega bo'lishi mumkin, yoki aniqrog'i – jinlarning kelib chiqishidir.
English
O'zga sayyoraliklar, kelgindilar yoki NUJ kabilar bormi?