Savol
Muqaddas Kitob irqchilik haqida nima deydi?
Javob
Ushbu munozaradan tushunilishi kerak bo'lgan birinchi narsa, faqat bitta irq — insoniy irqdir. Kavkazliklar, afrikaliklar, osiyoliklar, hindular, arablar va yahudiylar turli irqlar emas. Aksincha, ular insoniyat irqining turli etnik guruhlaridir. Barcha odamlar bir xil jismoniy xususiyatlarga ega (albatta, kichik farqlar bilan). Eng muhimi, hamma odamlar Xudoning suratida va o'xshash qilib yaratilgan (Ibtido 1:26-27). Xudo dunyoni juda yaxshi ko'rar edi, U Isoni O'z hayotini bizga berishi uchun yubordi (Yuhanno 3:16). "Dunyo", albatta, barcha etnik guruhlarni o'z ichiga oladi.
Xudo tarafkashlik yoki ikkiyuzlamachilik qilmaydi (Qonunlar 10:17; Havoriylar 10:34; Rimliklarga 2:11; Efesliklarga 6:9) va biz ham bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Yoqub 2:4da kamsitishni "yomon fikrli qozilar" deb ta'riflaydi." Buning o'rniga, biz o'zimizni sevganimiz kabi yaqinlarimizni sevishimiz kerak (Yoqub 2:8). Eski Ahdda Xudo odamlarni ikkita "irqiy" guruhga ajratdi: yahudiylar va butparastlar. Xudo, Yahudiylar ruhoniylar shohligi bo'lishini va G'ayriyahudiy xalqlarga xizmat qilishini xohladi. Buning o'rniga, ko'pchilik yahudiylar o'z maqomlari bilan faxrlana boshladilar va butparastlardan nafratlanishdi. Iso Masih dushmanlikning ajratuvchi devorini yo'q qilib, bu ishga chek qo'ydi (Efesliklarga 2:14). Irqchilik, xurofot va kamsitishning barcha shakllari, Masihning xochdagi ishini haqorat qiladi.
Iso bizni sevganidek, biz ham bir-birimizni sevishimizni buyurdi (Yuhanno 13:34). Agar Xudo xolis bo'lsa va bizni xolis sevsa, unda biz boshqalarni huddi shunday yuksak darajada sevishimiz kerak. Agar, biz insonga nafrat bilan muomala qilsak, biz Xudoning suratidagi va o'xshash yaratilgan odamga yomon munosabatda bo'lamiz; biz Xudo sevgan va Iso u uchun o'lgan kishiga zarar yetkazamiz.
Turli shakllarda va turli darajadagi irqchilik ming yillar davomida insoniyat uchun o'latdir. Barcha millatlar birodarlaru, opa-singillar bunday bo'lmasligi kerak. Irqchilik, xurofot va kamsitishning qurbonlari bo'lganlar kechirishi kerak. Efesliklarga 4:32 deydi: "Bir–biringizga nisbatan ko'ngilchan va mehr–shafqatli bo'linglar. Xudo sizlarni Masih orqali kechirganiday, sizlar ham bir–biringizni kechiringlar."
Irqchilik, balki sizning kechirimingizga loyiq bo'lmasligi mumkin, lekin biz ham Xudoning kechirimiga juda kam loyiq edik. Irqchilik, xurofot va kamsitishni amalda qo'llayotganlar tavba qilishlari kerak. "Aksincha, o'zingizni Xudoning izmiga topshiringlar, chunki sizlar oldin o'lik edingizlar, endi esa yangi hayotga egasizlar" (Rimliklarga 6:13). Galatiyaliklarga 3:28 ga to'liq amal qiling, "Endi na yahudiy, na yunon bor, na qul, na ozod bor, na erkak, na ayol bor. Sizlar Iso Masihga tegishli bo'lganingiz uchun, hammangiz birsizlar."
English
Muqaddas Kitob irqchilik haqida nima deydi?