Savol
Men musulmonman, nima uchun men masihiy bo’lishim kerak?
Javob
Bo’lishi mumkin, lekin aynan qizig’i esa islom va mashiylikni orasida shu narsa bor, Qur’onda Iso haqida aytib o’tilishi. Qur’onda Xudo Isoni jo’natkani va Uni Muqaddas Ruh orqali qo’llab-quvvatlab turgani ( Sura 2:87) Xudo Uni yuksaltirgani ( Sura2:253)Iso solih va gunohsiz bo’lgani( Sura 3:46; 6:85; 19:19), Iso tirilgani ( Sura 19:33-34) va U jannatga ko’tarilgani haqida yozilgan( Sura 4:157-158). Natijada, sodiq musulmonlar Isoni ta’limoti haqida bilishi va Unga ergashishlari kerak ( Sura 3: 48-49; 5:46).
Isoni ta’limoti haqida, Muqaddas kitobda, Uning shogirdlari orqali ba’tavsil yozilgan. Sura 5: 111,Xudovand shogirdlarni, Isoga va Uning xabariga ishonishlari uchun, ularni ruhlantirgani haqida tasdiqlaydi. Sura 61:6,14 shuni aniqlaydiki Iso va Uning shogirdlari, Xudoning yordamchilari bo’lgan. Xudoning yordamchilari bo’lib, Isoning shogirdlari shubhasiz Uning ta’limotini aks etirishlari kerak edi. Qur’on musulmonlarga, qanday Tavrotga ergashishsa, shunday ham Xush Xabarga ergashishlarini o’rgatadi( Sura 5:44-49). Agar Iso gunohsiz bo’lgan bo’lsa, demak nimaniki U orgatagan bo’lsa, hammasi rost bo’lgan. Agar Isoning shogirdalari Xudoning yordamchilari bo’lgan bo’lsa, demak ular Isoning ta’limotini aniq va to’g’ri yozishlari kerak bo’lgan.
Qur’onda Ollox Muhammad orqali musulmonlarga Injilni o’rganishlari kerakligini ko’rsatgan.Agar Injil o’zgartirilgan bo’lganida, Ollox bunga ko’rsatkich bermagan bo’lar edi. Demak Muhammad zamonida Injil aniq va o’zgartirilmagan edi. Muhammad tug’ilishidan 450 yil oldin, Injil matnalari mavjud edi. Injilni mingdan ortiq teridagi parcha nushalari mavjud bo’lgan. Injilni qadimgi nushalarini, Muhammad davridagi nushalari bilan solishitirib ko’rilganida, Iso va Uning ta’limoti hech qanday shubhasiz, to’liq bir-biriga mos kelishi oydin bo’lib qoladi. Injil buzilganligi haqida hech bir dalil yo’q. Darhaqiqat ishonchimiz komil bo’lishi turgan gapki, Isoning butun ta’limoti haqiqat va Uning ta’limoti Injilda katta aniqlik bilan zikir qilingan, va Xudo Injilda Uni bugungi kungacha aniqlikda asragan.
Muqaddas Xush Xabarida Iso haqida nima deyilyapti? Iso Yuhanno bayon etgan Muqaddas Xush Xabar14:6da e’lon qiladi” Men yo’l haqiqat va xayotdurman, Otamning oldiga faqat Men orqali kelinadi”. Iso Xudoga yagona yo’l, U orqali ekanligini o’rgatgan. Iso Matto bayon etgan Muqaddas Xush Xabar 20:19da U xojga qoqilishi, o’ldirilishi va uchinchi kunda o’liklar ichidan qayta tirilishi haqida aytilgan. Injilga asosan bu bashorat katta aniqlik bilan ro’y bergan(Matto27-28 boblar; Mark 15:16 boblar; Luqo 23-24boblar; Yuhanno 19-21boblar). Nima uchun Xudoning buyuk payg’ambari Iso O’zini o’ltirishga yo’l qo’ydi? Nima uchun Xudo buni ro’y berishiga yo’l qo’di? Iso dediki, O’z xayotini do’stlari uchun qurbonlik qilishdan kattaroq sevgi mavjud emas ( Yuhanno maktubi 15:13). Yuhanno bayon etgan Muqaddas Xush Xabar 3:16da aytilyaptiki, Xudo bizni shunchalik sevdiki, Isoni bizlar uchun qurbonlik qilib jo’natdi.
Nima uchun bizlar Iso O’z xayoti bilan qurbon bo’lishiga muhtojmiz? Mana shu islom bilan masihiylikni farqiy ma’nosini tarkib etadi. Islomiylikni ta’limoti shuni o’rgatadi, Xudo bizlarni yaxshi ishlarimiz yomon ishlarimizdan ko’proqligiga qarab hukm etadi. Masihiylik esa hech kim yomon ishlarini yaxshi ishlar bilan qoplay ololmasligini o’rgatadi. Agar buni iloji bo’lganida ham, Xudovand shunchali Mukkamal va Muqaddaski, bitta gunohga yo’l qo’ygan insonni U jannatga kirishiga yo’l qo’yolmaydi. Solih va Mukkamal bo’lgan Xudo, jannatda mukkamalsizlik bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Bu narsa esa bizlarni to’g’ri abadiy do’zah yo’liga qoldiradi. Xudoning Muqaddasligi gunoh uchun abadiy hukmni talab qiladi. Va aynan mana shu uchun Iso bizlar uchun qurbon bo’lishi kerak edi.
Qur’oning ta’limoti bo’yicha, Iso gunohsiz bo’lgan. Qanday qilib inson umrining ohirigacha bittayam gunoh qilmasdan yashay oladi? Buning umuman ilojisi yo’q. Bo’lmasa, qanday qilib Iso bunga erishdi? Iso odamdan ham yuqori bo’lgan. Iso Xudo bilan birligini O’zi tasdiqlagan( Yuhanno10:30). Iso Tavrotning Xudosi ekanligini gapirgan( Yuhanno8:58). Muqaddas Xush Xabar, Iso odam qiyofasida aniq Xudo bo’lganligini o’rgatadi ( Yuhanno1:1,14). Bizlar xammamiz gunohimiz tufayli jannatga kira olmasligimizni Xudo bilgan. Va shuningdek U bilgan bizlarning gunohimiz kechirilishi uchun to’lov kerakligini. Xudo bilgan mana shu cheksiz bahoni faqat U to’la olishini. Xudo – inson qiyofasida Iso Masih bo’ldi, gunohsiz umr surdi ( Sura 3:46; 6:85; 19:19). U mukkamal ta’limotni olib keldi va bizlar uchun o’ldi, gunohlarimizning jazosiga to’lov berdi, U bilan birga abadiy xayotni jannatda o’tkazishimiz uchun.
Xullas bizlarga bu nimani anglatadi? Iso bizlarning gunohlarimiz uchun mukkamal qurbonlik bo’ldi. Xudo bizlarga qutqariluv va kechirim beryapti, agar biz shunchaki o’zimiz uchun Uning in’omini qabul qilsak( Yuhanno1:12). Iso bizlarning Qutqaruvchimiz ekanligiga, O’zining xayotini bizlar, do’stlari uchun berganligiga ishonsak. Xudo sizlarning gunohlaringizni kechiradi, qalbingizni tozalaydi, ruhingizni yangilaydi, sizga bu dunyoda barakali xayotni va kelajakda abadiy xayotni beradi. Qanday qilib biz bunday in’omdan voz kechishimiz mumkin? Qanday qilib bizlarni shunday sevib, O’zini qurbonlikka keltirgan Xudodan yuz o’girishimiz mumkin?
Agar siz o’z o’y- fikringizda shubhalanayotgan bo’lsangiz, sizlarni mana shu ibodat orqali Xudoga murojat qilishingizni taklif etamiz: “ Xudoyim, menga haqiqat borligini bilishimga yordam bergin. Xatolarimni ko’rishimga yordam ber. Qutqaruvga qaysi yo’l to’g’riligini bilishimga yordam ber”. Xudo bunday ibodatni doim eshitadi.
Agar siz Isoni shahsiy qutqaruvchim deb qabul qilmoqchi bo’lsangiz, shunchaki ovozingizni chiqarib yoki ichingizda Xudo bilan so’zlashing, Unga ayting, siz qutqariluv in’omini Iso orqali qabul qilishingizni. Xoxlasangiz mana qilishingiz mumkin bo’lgan ibodat misoli:
“ Xudoyim, manga bo’lgan Sizning sevgingiz uchun sizga minnadorchilik bildiraman. Minnadorman O’zingizni men uchun qurbonlik qilganingizga. Menga tavba-tazarruvni va qutqaruvni ta’minlab berganingiz uchun minnadorchilik bildiraman. Men qutqariluv in’omini Iso orqali qabul qilaman. Iso mening shahsiy Qutqaruvchim ekanligiga ishonaman. Men sizni sevaman Xudoyim va o’zimni Sizga topshiraman. Omin!”
Shu yerda o’qiganlariz tufayli sizlar Isoni qabul qildingizmi? Agar ha bo’lsa, iltimos “ Man bugun Isoni qabul qildim” degan tugmachani bossangiz.
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
Men musulmonman, nima uchun men masihiy bo’lishim kerak?