Savol
Najot ibodati nima?
Javob
Ko'p odamlar savol berishadi: "najot topishim uchun men ibodat qilishim kerak bo'lgan, ibodat bormi?" Bu masalani hisobga olgan holda, najot bu ibodat o'qish yoki muayyan so'zlarni talaffuz qilish orqali sodir bo'lmaydi. Muqaddas Kitobda, hech kimning faqat ibodatni o'qishi orqali najot topishi haqida hech narsa aytilmagan. Ibodatni o'qish, najot uchun Muqaddas Kitobga xos yo'l emas.
Muqaddas Kitobning najot uslubi Isoga bo'lgan ishonchdir. Yuhanno 3:16 da bizga aytiladi: "Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin." Najot, imon orqali (Efesliklarga 2:8), Najotkor sifatida Isoni qabul qilish (Yuhanno 1:12) va Unga to'liq ishonish orqali erishiladi (Yuhanno 14:6; Havoriylar 4:12), biroq ibodatni o'qish orqali emas.
Muqaddas Kitobdagi najot usuli oddiy va aniq va ayni paytda ajablanarli. Biz hammamiz Xudoga qarshi gunoh qildik (Rimliklarga 3:23). Butun hayoti davomida gunohsiz yashagan hech kim yo'q (Voiz 7:20). Biz gunohlarimiz tufayli, jismoniy o'limga va keyingi ruhiy o'lim uchun ilohiy hukmga loyiqmiz (Rimliklarga 6:23). Bu munosib jazodir va biz Xudo bilan bo'lish huquqini qo'lga kiritish uchun hech narsa qila olmaymiz. Lekin Uning sevgisi natijasida Xudo, Iso Masihning shaxsida inson bo'ldi. Iso mukammal hayot kechirgan va har doim haqiqatni o'rgatgan. Biroq, insoniyat Isoni rad etdi va xochga mixlanish orqali U o'limga hukm qilindi. Lekin bu dahshatli harakat orqali Iso biz uchun o'ldi. U, biz uchun gunoh yukini olib, biz uchun o'ldi (2 Korinfliklarga 5:21) va keyin tirildi (1 Korinfliklarga 15 bob), gunoh uchun Uning to'lovi yetarli ekanligini va U gunoh va o'limni mag'lub etganini isbotlab berdi. Ushbu qurbonlik natijasida Xudo bizga najotni tekin beradi. Xudo hammamizni Isoga murojaat qilishga (Havoriylar 17:30) va Uning qurbonligini gunohlarimiz uchun to'liq to'lov sifatida qabul qilishimizga chaqiradi (1 Yuhanno 2:2). Najotga, ibodatlarni takrorlash bilan emas, Xudo bizga taqdim etgan sovg'ani qabul qilish orqali erishiladi.
Biroq, bu ibodatni najot topishda qo'llash mumkin emas degani emas. Agar siz xushxabarni tushunsangiz, uni haqiqiy deb hisoblasangiz va Isoni Najotkor sifatida qabul qilsangiz, bu imonni ibodat orqali Xudoga ifodalash mutlaqo to'g'ri. Ibodat orqali Xudo bilan muloqot, sizni Iso haqidagi haqiqatni qabul qilib qutqaruvchingiz sifatida Unga to'liq ishonishingizga yordam beradi. Ibodatdan, Isoga bo'lgan imonda o'sish jarayonida foydalanish mumkin.
Sizning najotingiz bu faqat ibodatlarni o'qishga asoslanmasligi juda muhim – bu sizni qutqarmaydi! Agar Iso Masih orqali najot topmoqchi bo'lsangiz, avvalo Unga ishoning. Uning o'limini, gunohlaringizni qutqarish uchun yetarli qurbonlik sifatida qabul qiling. Faqat Najotkoringiz sifatida Unga tayaning. Bu – Muqaddas Kitobdagi najot yo'lidir. Agar siz Isoni Najotkor sifatida qabul qilsangiz, albatta, Xudoga ibodat qiling. Iso uchun Undan qanday minnatdorligingiz haqida ayting. Uning sevgisi va O'zini qurbon qilganligi uchun Unga shon-sharaf keltiring. Gunohlaringiz kechirilgani va najot topganingizdan, Isoning o'limi uchun rahmat ayting. Mana bu najot va ibodat o'rtasidagi Muqaddas Kitobdagi aloqa!
Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.
English
Najot ibodati nima?