settings icon
share icon
Savol

Nikohga qanday tayyorlanishim mumkin?

Javob


Muqaddas Kitobga asoslangan nikohga tayyorgarlik, har qanday hayotiy faoliyatga tayyorgarlik bilan bir xil. Hayotimizning barcha jihatlarida yuqoridan tug'ilgan imonlilar sifatida boshqarish kerak bo'lgan qoidalar mavjud: "Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving" (Matto 22:37). Bu yuzaki buyruq emas. Bu imonlilar sifatida hayotimizning eng asosiy qismidir. Bu tanlov — Xudoga va Uning Kalomiga butun yurak bilan e'tibor berishdir, shunda ruhimiz va ongimiz Unga zavq bagishlaydi.

Rabbimiz Iso Masih orqali Xudo bilan bo'lgan munosabat, kelajakdagi boshqa barcha munosabatlarni o'rnatadi. Nikoh munosabatlari Masih va Uning jamoati namunasiga asoslangan (Efesliklarga 5:22-33). Hayotimizning har bir jihati Xudoning amrlari va amrlariga muvofiq yashash uchun imonlilar sifatida bizning majburiyatimiz bilan belgilanadi. Xudoga va Uning so'ziga bo'lgan itoatkorligimiz bizni Xudo tomonidan nikoh va dunyodagi bu vasifalarni bajarishga imkon beradi va har bir yuqoridan tug'ilgan imonlining vazifasi har bir narsada Xudoni ulug'lashdir (1 Korinfliklarga 10:31).

Nikohga tayyorgarlik ko'rish uchun, Iso Masihga bo'lgan chaqirig'ingizga munosib yurish va uning so'zlari (2 Timo'tiyga 3:16-17) orqali Xudoga yaqin bo'lish uchun hamma narsada itoatkorlikka e'tibor bering. Xudoga itoat qilishni o'rganish uchun oddiy reja yo'q. Bu, dunyoviy nuqtai nazarlarni uzoqlashtirish va o'rniga Xudoga ergashish uchun har kuni qilishimiz kerak bo'lgan tanlovdir. Masihga munosib yurish, kamtarlik bilan, har kuni, har daqiqadagi yagona yo'l, yagona haqiqat va yagona hayotga bo'ysunishdir. Bu har bir imonli nikoh deb ataydigan buyuk sovg'aga tayyor bo'lishi kerak bo'lgan tayyorgarlikdir.

Ruhiy ma'naviy yetuk va Xudo bilan yuradigan kishi, turmush qurish uchun hamma narsadan ko'ra ko'proq tayyor bo'ladi. Nikoh majburiyat, ehtiros, kamtarlik, sevgi va hurmat talab qiladi. Bu xususiyatlar Xudo bilan yaqin aloqada bo'lgan odamda juda aniq ko'rinadi. Nikohga tayyorgarlik ko'rayotganda, Xudo sizni shakllantirishga va sizni, U ko'rishni istagan erkak yoki ayolga aylantirishiga e'tibor bering (Rimliklarga 12:1-2). Agar siz Unga bo'ysunsangiz, U bu ajoyib kun kelganda nikohga tayyor bo'lishga imkon beradi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nikohga qanday tayyorlanishim mumkin?
© Copyright Got Questions Ministries