settings icon
share icon
Savol

Agnostitsizm nima?

Javob


Agnostitsizm — bu Xudoning borligini bilish yoki isbotlab bo'lmaydi degan nuqtai nazar. "Agnostik" so'zi aslida "bilimsiz" degan ma'noni anglatadi. Agnostitsizm — ateizmning intellektual jihatdan to'g'ri shakli. Ateizm, Xudo mavjud emasligini da'vo qiladigan — isbotlanmagan holat. Agnostitsizm, Xudoning mavjudligini isbot etib bo'lmasligini yoki isbot etilmasligini, Xudo bor yoki yo'qligini bilishning iloji yo'q, deb ta'kidlaydi. Bunda agnostitsizm to'g'ri. Xudoning mavjudligi empirik tarzda isbotlanishi yoki rad etilishi mumkin emas.

Muqaddas Kitobda, biz Xudo mavjudligini imon bilan qabul qilishimiz kerakligi bizga aytiladi. Ibroniylarga 11:6 oyatda shunday deyiladi: "Ishonmagan odam hech qachon Xudoni mamnun qila olmaydi. Axir, Xudoga sajda qilayotgan har kim Xudoning borligiga ishonishi kerak, Xudoga yuz burganlarga Xudoning O'zi mukofot berishiga u amin bo'lishi kerak." Xudo bu ruhdir (Yuhanno 4:24), shuning uchun Uni ko'rish yoki teginish mumkin emas. Agar, Xudo O'zini namoyon qilishga qaror qilsa, U bizning his-tuyg'ularimizga ko'rinmaydi (Rimliklarga 1:20). Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudoning borligini koinotdan aniq ko'rish mumkin (Zabur 19:1-4), tabiatda his qilish mumkin (Rimliklarga 1:18-22) va yuraklarimizda tasdiqlanishi mumkin (Voiz 3:11).

Agnostiklar, Xudoning mavjudligini ham yoki qarshi qaror qabul qilishni ham xohlamaydilar. Bu "devorni o'rab olish" uchun yakuniy holat. Teistlar, Xudoning borligiga ishonishadi. Ateistlar Xudo yo'qligiga ishonishadi. Agnostiklar, biz Xudoning borligiga ishonishimiz yoki ishonmasligimiz kerak, chunki bundan boshqacha o'ylash mumkinmas deb hisoblashadi.

Keling, munozara uchun Xudoning mavjudligi haqidagi aniq va shubhasiz dalillarini tashlaylik. Agar biz teizm va agnostitsizm vaziyatini bitta taxtaga qo'ysak, o'limdan keyingi hayot imkoniyatlariga ishonishdan "ma'no" nima? Agar Xudo bo'lmasa, teistlar va agnostiklar o'lgandan so'ng mavjud bo'lishdan to'xtaydilar. Agar Xudo mavjud bo'lsa, teistlar ham, agnostiklar ham o'lganlarida javob beradigan Kimgadir ega bo'ladilar. Shu nuqtai nazardan, agnostikdan ko'ra teist bo'lish juda mantiqiy. Agar ushbu guruhlardan hech narsa isbotlanmasa yoki tasdiqlanmasa, unda abadiy va har doim, eng maqbul natijaga ega bo'lgan vaziyatni diqqat bilan o'rganish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Shubha, bu normaldir. Bu dunyoda biz tushunmaydigan narsalar ko'p. Ko'pincha, odamlar Xudoning borligiga shubha qiladilar, chunki ular nima qilayotganiga va imkon berayotganiga tushunmaydilar yoki bunga qo'shilmaydilar. Biroq, cheklangan inson sifatida, biz cheksiz Xudoni tushunishga umid ham qilishimiz kerak emas. Rimliklarga 11:33-34 da deydi: "Xudoning donoligiyu bilimi naqadar boy va chuqurdir! Uning hukmlarini kim tushunib yetar?! Uning yo'llarini kim sinchiklab tekshira olar?! Kim Egamizning fikr–zikrini bila olar?! Kim Unga maslahat bera olar?!" Biz imon bilan Xudoga ishonishimiz va imon orqali Uning yo'llariga ishonishimiz kerak. Xudo Unga ishonganlarga ajoyib tarzda O'zini ochishga tayyor va xohlaydi. Qonunlar 4:29 e'lon qiladi: "Ammo u yerda Egangiz Xudoga yuz bursangiz, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Uni izlasangiz, topasizlar."

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Agnostitsizm nima?
© Copyright Got Questions Ministries