Savol
Nima uchun ibodat qilish kerak? Xudo kelajakni bilgan va hamma narsani nazorat qilayotgan paytda ibodatning ma'nosi nima? Agar biz Xudoning fikrini o'zgartira olmasak, nima uchun ibodat qilishimiz kerak?
Javob
Masihiy uchun ibodat nafas olish kabi bo'lishi kerak, buni qilish qilmaslikdan osonroq. Turli sabablarga ko'ra biz ibodat qilamiz. Birinchidan, ibodat — Xudoga xizmat qilish (Luqo 2:36-38) va Unga bo'ysunishning shakli. Biz ibodat qilamiz, chunki Xudo bizga ibodat qilishni buyuradi (Filippiliklarga 4:6-7). Masih va ilk jamoat ibodatlari biz uchun xizmat qiladi (Mark 1:35; 1:14; 2:42; 3:1, 4:23-31, 6:4, 13:1-3). Agar Iso ibodat qilish kerak deb hisoblagan bo'lsa, demak unda biz ham ibodat qilishimiz kerak. Agar U Otaning irodasini bajarish uchun ibodat qilgan bo'lsa, unda biz qanchalik ko'proq ibodat qilishimiz kerak?
Ibodatning yana bir sababi shundaki, Xudo ibodatning bir qator vaziyatlarda O'z qarorlariga erishish vositasi bo'lishini xohlaydi. Biz muhim yechimlarga tayyorgarlik ko'rishda (Luqo 6:12-13); shaytoniy to'siqlarni bartaraf etish uchun (Matto 17:14-21); ruhiy hosillar yig'adigan ishchilar uchun (Luqo 10:2); vasvasani yengib o'tishga kuch topish uchun (Matto 26:41); va boshqalarni ruhiy mustahkamlash uchun ibodat qilamiz (Efesliklarga 6:18-19).
Biz Xudoning oldiga o'zimizning aniq talablar bilan keldik va biz so'ragan narsalarimizni olmagan bo'lsak ham, bizning ibodatlarimiz behuda bo'lmasligi haqida Xudoning va'dasi bor (Matto 6:6; Rimliklarga 8:26-27). Qachonki biz Uning irodasiga ko'ra biror nima so'rasak, U biz so'ragan narsalarimizni berishga va'da qiladi (1 Yuhanno 5:14-15). Ba'zida U O'zining javoblarini O'z donoligiga va bizning manfaatlarimizga muvofiq kechiktiradi. Bunday hollarda biz ibodatda chin dildan va qat'iyatli bo'lishimiz kerak (Matto 7:7; Luqo 18:1-8). Ibodat, yer yuzidagi bizning irodamizni bajarishga Xudoni majbur qilish vositasi sifatida emas, balki yer yuzidagi Xudoning irodasini bajarish vositasi sifatida qaralishi kerak. Xudoning donoligi biznikidan ancha ustundir.
Xudoning irodasini aniq bilmagan vaziyatlar uchun, ibodat, Uning irodasini farqlash vositasidir. Agar qizi jinning ta'siri ostida bo'lgan Suriyalik ayol Masihga ibodat qilmasa, uning qizi shifo topmas edi (Mark 7:26-30). Agar Yeriho tashqarisidagi ko'r kishi Masihni chaqirmasa, u ko'rligicha qolar edi (Luqo 18:35-43). Xudo bizga tez-tez murojaat qilishimiz kerakligini aytdi, chunki biz so'ramaymiz (Yoqub 4:2). Qaysidir ma'noda ibodat, odamlarga xushxabarni yetkazish bilan bir hildir. Biz odamlar bilan uni baham ko'rmagunimizcha, Xushxabarga kim javob berishini bilmaymiz. Huddi shunday, agar biz ibodat qilmasak, ibodatlarimizning javob natijalarini ko'ra olmaymiz.
Ibodatning yo'qligi, imon va Xudoning So'ziga ishonmaslik haqida ko'rsatadi. Biz Xudoga bo'lgan imonimizni, O'z so'zida va'da qilganini bajarishini so'rab ibodat qilamiz va so'raganimiz yoki umid qilganimizdan ko'ra ko'proq hayotimizni marhamatli qiladi (Efesliklarga 3:20). Ibodat — bu Xudo boshqa odamlarning hayotida qanday harakat qilayotganini ko'ra olishimizning asosiy usuli. Bu Xudoning kuchiga "ulanish" vositasidir, chunki shaytonni va uning qo'shinini mag'lub qilish uchun bizning vositamiz bo'ladi, biz o'zimiz yengishimiz uchun kuchsizmiz. Shuning uchun, Xudo bizni ko'pincha taxtining oldida topishi mumkin, chunki osmonda Oliy Ruhoniyimiz bor, U bizning o'zimiz amalga oshiradigan barcha narsalarni ko'rib turadi (Ibroniylarga 4:15-16). Bizda solih odamning zo'r berib qilgan ibodati juda ko'p narsaga qodirligi haqida Uning va'dasi bor (Yoqub 5:16-18). Xudo bizning hayotimizda Uning ismini ulug'lasin, chunki biz Unga tez-tez ibodat qilish uchun yetarlicha ishonamiz.
English
Nima uchun ibodat qilish kerak? Xudo kelajakni bilgan va hamma narsani nazorat qilayotgan paytda ibodatning ma'nosi nima? Agar biz Xudoning fikrini o'zgartira olmasak, nima uchun ibodat qilishimiz kerak?