settings icon
share icon
Savol

O'limga loyiq yetti gunoh nima?

Javob


Katolik ilohiyotiga ko'ra, o'limga loyiq yettita gunoh — bu yetti illat yoki xarakterning salbiy fazilatlari bo'lib, u to'xtatilmasa, ko'plab boshqa gunohlarga olib keladi va oxir-oqibat inson jonini o'ldiradi. "O'lim"ga loyiq yetti gunoh — mag'rurlik, hasad, ochko'zlik, shahvat, g'azab, qizg'onchiqlik va dangasalik. Ro'yxat birinchi marta VI asrda Buyuk Papa Gregoriy tomonidan tasvirlangan. Tomas Aquinas keyinchalik bu fikrni ishlab chiqdi. O'n to'rtinchi asrda Dante o'zining "jahannam" deb nomlanuvchi eptik dostonini yozdi, u unda yetti o'limga loyiq gunohga mos keladigan yetti ayvonni tasvirlagan.

Yetti o'limga loyiq gunoh, shuningdek, yetti o'limli gunoh yoki yetti asosiy gunoh deb ataladi — bu yerda asosiy so'zi "birinchi darajali ahamiyatga ega" yoki "juda jiddiy" degan ma'noni anglatadi. Yetti o'limga loyiq gunoh insoniyat azob chekayotgan eng asosiy va bizni o'rab turgan gunohlardir. Yetti o'limli gunohlarning har biri boshqa gunohlarga olib keladi; masalan, g'azab, zo'ravonlik yoki qotillikka olib kelishi mumkin.

Mana, yetti o'limli gunohlarning har birining qisqacha ta'rifi:

Mag'rurlik — shuhratga to'la, o'z-o'ziga soxta hurmat berish.

Hasad — boshqa shaxsning mol-mulki, muvaffaqiyati, qadr-qimmati yoki qobiliyatiga siz loyiqligingiz haqidagi tuyg'u.

Ochko'zlik — oziq-ovqat va ichimlikdan zavq olish uchun ortiqcha istak.

Shahvat — jinsiy aloqadagi xudbinlik yoki turmush o'rtog'ingizdan boshqa kishi bilan jinsiy aloqada bo'lish istagi.

G'azab — qasos olish uchun ortiqcha, noto'g'ri istak.

Qizg'onchiqlik — mol-mulkka ega bo'lishga kuchli istak, ayniqsa boshqasiga tegishli bo'lgan mol-mulkka.

Dangasalik — kerakli vazifa oldida kuch-qudratning yo'qligi, uni bajarilmasdan qoldirilishi (yoki yomon ish qilish).

O'limga olib keladigan yetti gunoh haqida noto'g'ri tushuncha shudan iboratki ular Xudo kechirmaydigan gunoh deb hisoblanadi. Rim katolik jamoati gunohlarni tushunarsiz bo'lishga o'rgatmaydi; Katolik ta'limotida yettita o'limli gunohlar o'limdan oldin tavba qilinmasa, o'limdan keyin odamni jahannamga jo'natadigan, o'limga olib boradigan gunohlarga olib kelishi mumkin. Katoliklar shuningdek, yettita o'limga olib keladigan gunohni yetti fazilat (kamtarlik, minnatdorchilik, rahm-shafqat, nafsni tiyish, iffatli, sabr-toqat va g'ayrat) bilan yengib o'tish mumkinligini o'rgatadi.

Muqaddas Kitobdagi yetti o'limga olib boradigan gunohning g'oyasi bormi? Ha va yo'q. Hikmatlar 6:16-19 oyatlarida Xudoga qarshi bo'lgan yetti xil narsa sanab o'tadi: 1) manmanlik nigohi 2) Yolg'onchi til 3) Begunoh qonni to'kadigan qo'llar 4) yomon niyatli yurak 5) yovuzlikka yuguradigan oyoqlar 6) yolg'on gapiradigan soxta guvoh 7) aka-ukalar o'rtasiga nifoq soluvchi. Albatta, bu ro'yxatni odamlarning ko'pchiligi "o'limga olib boruvchi yetti gunoh" deb tushunmaydi.

Ha, mag'rurlik, hasad va boshqalar Muqaddas Kitob hukm qiladigan gunohlardir; biroq, ular hech qachon Muqaddas Kitobda "yetti o'limli gunoh" deb nomlanmagan. Yetti o'limli gunohning an'anaviy ro'yxati ko'plab mavjud gunohlarning tasniflash usuli sifatida xizmat qilishi mumkin. Deyarli har bir gunoh bu yetti toifaga tegishli bo'lishi mumkin.

Oxir oqibatda, hech bir gunoh boshqa har qanday gunohga ko'ra ko'proq "o'limga" olib kelmaydi. Hatto bitta gunoh insonni qonunbuzar sifatida qoralaydi (Yoqub 2:10). Iso Masih barcha gunohlarimiz uchun, shu jumladan "yetti o'limli gunohlar" uchun jazo olganiga Xudoga hamdu sanolar bo'lsin. Xudoning inoyati bilan, Masihga ishonish orqali biz kechirim olishimiz mumkin (Matto 26:28; Havoriylar 10:43; Efesliklarga 1:7).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

O'limga loyiq yetti gunoh nima?
© Copyright Got Questions Ministries