settings icon
share icon
Savol

O'nta Amr nima?

Javob


O'nta Amr, Misrdan chiqqanidan keyin Isroil xalqiga Xudo tomonidan berilgan Muqaddas Kitobdagi o'nta qonundir. O'nta Amr aslida, Eski Ahdning qonunida keltirilgan 613 ko'rsatmalarning natijasidir. Birinchi to'rtta amr Xudo bilan bo'lgan munosabatimizni ko'rib chiqadi. Keyingi oltita amr bir-birimiz bilan bo'lgan munosabatimizga qaratilgan. O'nta Amr Muqaddas Kitobda, Chiqish 20:2-17 va Qonunlar 5:6-21 oyatlarida yozilgan bo'lib, quyidagilardan iborat:

1"Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang." Bu haqiqiy Xudodan tashqari har qanday xudolarga sajda qilishga qarshi buyruqdir. Boshqa barcha xudolar yolg'on xudolardir.

2"O'zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo'lgan biror narsaning shaklini yasamang." Bu amr, butlarni yaratishni ta'qiqlaydi, Xudoning tasvirini ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Biz Xudoni aniq tasvirlab beradigan bunday tasvirni qilishga qodir emasmiz.

3 "Men, Egangiz Xudoning ismini suiste'mol qilmang. Kim Mening ismimni suiste'mol qilsa, o'shani jazosiz qoldirmayman." Bu Xudoning nomini behuda ishlatishga qarshi ko'rsatma. Biz U haqida yengiltaklik bilan gapirmasligimiz kerak. Biz Xudoni hurmat bilan eslab, Uni sharaflashimiz kerak.

4 "Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir." Shabbat kunini Xudoga bag'ishlangan dam olish kuni sifatida ajratish haqidagi amri.

5 "Ota–onangizni hurmat qiling. O'shanda Men, Egangiz Xudo, sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo'ladi." Bu, har doim ota-onangizga sharaf va hurmat bilan munosabatda bo'lish buyrug'i.

6 "Qotillik qilmang." Bu boshqa odamning qasddan o'ldirilishiga qarshi ko'rsatma.

7 "Zino qilmang." Biz uchun turmush o'rtog'imizdan boshqa biror kishi bilan jinsiy aloqada bo'lish ta'qiqlangan buyruq.

8 "O'g'irlik qilmang." Biz o'zimizga tegishli bo'lmagan narsalarni, u tegishli bo'lgan shaxsning ruxsatisiz olmasligimiz kerak.

9 "Qo'shningizga qarshi yolg'on guvohlik bermang". Bu yolg'on guvohlik berishga qarshi buyruqdir. Aslida, bu yolg'onlarga qarshi amr.

10 "Qo'shningizning uyiga ko'z olaytirmang. Qo'shningizning xotini, quli yoki cho'risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko'z olaytirmang." Bu bizga tegishli bo'lmagan narsalarni xohlashni ta'qiqlovchi buyruqdir. Hasad yuqoridagi amrlardan birining buzilishiga olib kelishi mumkin: qotillik, zino qilish yoki o'g'irlash. Agar biror narsa noto'g'ri bo'lsa, unda buni qilish istagi noto'g'ri.

Ko'pgina odamlar noto'g'ri ravishda O'nta Amrni o'limdan keyin Jannatga kirishni kafolatlaydigan qoidalar to'plami deb hisoblashadi. Aslida, O'nta Amrning maqsadi, odamlarga qonunni mukammal bajara olmasligini ko'rsatish edi (Rimliklarga 7:7-11) va shunday qilib, Xudoning raxm-shafqati va inoyati kerak. Matto 19:16 Xushxabarida qayd etilgan boy yigitning da'volariga qaramay, hech kim O'nta Amrni mukammal bajara olmaydi (Voiz 7:20). O'nta Amr, biz hammamiz gunoh qilganimizni (Rimliklarga 3:23) va faqat Iso Masihga ishonish orqali ilohiy kechirim va qutqarilishga muhtojligimizni ko'rsatadi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

O'nta Amr nima?
© Copyright Got Questions Ministries