Savol
Osmonga tushishga – men abadiy taqdirimni qanday ta'minlashim mumkin?
Javob
Buni tan oling – har birimiz abadiylikka kiradigan kun biz kutganimizdan ko'ra tezroq bo'lishi mumkin. Bu vaqtga tayyorgarlik ko'rayotganda, hamma ham osmonga tushmasligini tushunishimiz kerak. Osmonda abadiylikni o'tkazadiganlar sonining orasida ekanligimizga qanday amin bo'lishimiz mumkin? 2000 yil oldin, havoriylar Butrus va Yuhanno, Iso Masihning Xushxabarini Quddusdagi ko'plab odamlarga va'z qildilar. Shundan keyin, Butrus bizning rivojlangan dunyomizda ham katta ahamiyatga ega bo'lgan juda muhim bayonotni ta'kidladi: "Uning nomi — butun olamda najot beradigan yagona nomdir" (Havoriylar 4:12).
Bugungi sharoitda, "barcha yo'llar osmonga olib boradi", bu siyosiy jihatdan aniq xabar emas. Isosiz osmonga ko'tarilish mumkinligiga ishonadigan odamlar ko'p. Ular shon-shuhratning yaxshi va'dalarini qabul qiladilar, lekin xochni qabul qilishga o'zlarini bezovta qilmaydilar va undan ham kamroq – Unga ishongan barcha kishilarning gunohlari uchun, U xochga mixlangan va o'lgan. Ko'pchilik Isoni yagona yo'l deb tan olishni istamaydi va boshqa yo'llarni izlaydi. Lekin Iso O'zi, bizga boshqa yo'l yo'qligini va bu haqiqatni rad etishning oqibati jahannamda abadiylikda bo'lishini ogohlantiradi. U bizga buni aytdi: "Xudoning O'g'liga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo'ladi. O'g'ilni rad etgan odam esa hayot ko'rmay, Xudoning g'azabi ostida qoladi" (Yuhanno 3:36).
Ba'zilar, Xudo tomonidan osmonga faqat bitta yo'l berilishi cheklangan, deb ta'kidlashadi. Ammo, shubhasiz, insoniyat tomonidan Xudoni rad etish asosida, Uning tarafidan bizni osmonga borishimizni hech bo'lmaganda bir yo'l bilan ta'minlashi juda saxovatli. Biz hukmga loyiqmiz va buning o'rniga U bizga yagona O'g'lini gunohlarimiz uchun o'limga yuborib, najot yo'lini berdi. Biz buni cheklangan yoki saxovatli deb hisoblashimizdan qat'iy nazar, bu haqiqatdir va masihiylar osmonga yagona yo'l, faqat Iso Masih orqali bo'ladi deb, toza, ochiq-oydin xabarni saqlab qolishlari kerak.
Bugungi kunda ko'p odamlar o'z gunohlari uchun tavba qilish xabariga hech qanday aloqasi yo'q "bulg'angan" xushxabarga ishonishadi. Ular tavba qilishni va eski turmush tarzini o'zgartirishni talab qilmaydigan mehribon, hukm qilmaydigan Xudoga ishonishni istaydilar. Ular quyidagi ishonch bilan da'vo qiladilar: "Men Iso Masihga ishonaman, lekin Xudo hukm qilmaydi. Mening Xudoyim hech qachon odamni do'zaxga yubormagan bo'lardi". Ammo biz ikkiyuzlamachilik me'yorlariga amal qila olmaymiz. Agar biz Masihiylikni e'tirof qilsak, unda biz osmonga bitta va yagona yo'l ekanligini aytgan Masihni qabul qilishimiz kerak. Buni inkor qilish, Isoni rad etishni anglatadi, chunki u e'lon qildi: "Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Otaning oldiga olib boradigan Mendan boshqa yo'l yo'q" (Yuhanno 14:6).
Savol hali ham kuchda: Xudoning Shohligiga kim kiradi? Qanday qilib biz abadiy taqdirimizni ta'minlay olamiz? Biz bu savollarga javoblarni abadiy hayotga ega bo'lganlar va bo'lmaganlar o'rtasidagi aniq farqlashda ko'rib turibmiz. "Kim Xudoning O'g'liga ega bo'lsa, hayotga egadir. Xudoning O'g'liga ega bo'lmagan odamda esa hayot yo'q" (1 Yuhanno 5:12). Uning qurbonligini gunohlari uchun to'lov sifatida qabul qilib va itoatkorlikda Unga ergashgan Masihdagi imonlilar, osmonda abadiylikni o'tkazadilar. Uni rad etganlar bundan mahrum bo'ladi. "Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo'lgan, chunki u Xudoning yagona O'g'liga ishonmadi" (Yuhanno 3:18).
Iso Masihni Najotkori sifatida qabul qilganlar uchun osmon qanchalik chiroyli bo'lsa, shuningdek do'zax, Uni rad etganlar uchun shunchalik dahshatli joy bo'ladi. Agarda biz Xudoning muqaddasligi va solihligi, O'g'li, Iso Masihning to'liq kechirimini rad etganlar bilan sodir bo'ladigan narsalarni tushunsak, yo'qolgan ruhlarga bo'lgan bizning xabarimiz shunchalik katta talab bilan aytilgan bo'lardi. Hech kim Muqaddas Kitobni qayta – qayta ko'rmasdan jiddiy o'qiy olmaydi –xulosa chiqariladi. Iso Masih orqali – Muqaddas Kitob, osmonga faqat bir yo'l bor deb, juda aniq ko'rsatadi. U, bizga quyidagi ogohlantirishni berdi: "Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yo'li ham kengdir. Bu yo'ldan yurayotganlar ko'p. Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yo'li ensizdir. Bu yo'lni topadiganlar oz" (Matto 7:13-14).
Osmonga faqat bitta yo'l bor va bu yo'lga ergashganlar u yerga borishlariga va'da berilgan. Lekin har bir kishi ham bu yo'lga ergashmaydi. Sizchi?
Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.
English
Osmonga tushishga – men abadiy taqdirimni qanday ta'minlashim mumkin?