Savol
Nima uchun o’z joniga qasd qilish mumkin emas?
Javob
O’z hayotiga qasd qilishni, o’ylagan insonlar uchun men bor yuragim bilan qayg’uraman! Bu hayollarga har – hil his – tuyg’ular sababchi bo’ladi: umidsizlik, tushkunlik, ilojsizlik va seni hayotinga nima bo’lishi bilan, hech kimni ishi yo’qligi…. Yashashni davom ettirish xojati bormi?
Oramizdan ko’pchilik, qachondur hayotida bu achinarli holatni boshidan o’tkazgan. Tushkunlikda bo’lganimda men o’zimga savol berardim: “ Xudo meni nima uchun yaratgan? Rostdan ham U menga yordam berolarmidi? U meni muammoimni yechib beroladimi?”
Agar siz bir necha daqiqani Unga bag’ishlab, haqiqatdan ham sizning hayotingizdagi Xudo bo’lishiga ruhsat bersangiz, U naqadar buyukligini isbotlab beradi. Xudo uchun ilojsiz narsani o’zi yo’q ( Luqo 1:37). Balki hayotingizdagi jarohatlar sizni bag’ritoshlikka olib kelgandir, o’zizga nisbatan rahimlikka, qayg’u va qo’rquvga va shu holat hayotingizda yaqinlaringiz bilan bo’ladigan munosabatga ta’sir qilgandir…… Lekin hayotingizga qasd qilish, faqatgina sizni sevganlarga va yaqinlarizga umri davomlarida qayg’u va og’riq olib keladi!
Nima uchun o’z hayotiga qasd qilish mumkin emas?Vaziyat qanchalik yomon bo’lmasin, hayotingizda Xudo bor, U sizni sevadi va Unga hayotingizda yordam berishiga ruhsat berishingizni kutadi. U - sizni ishonchli umidiz. U - Iso Masih.
Iso ham Xudoning begunoh O’g’li, rad etilgan va kamsitilgan.Ishyo payg’ambar U haqida shunday yozgan: “ U o’sib bordi Egamiz oldida yangi maysaday, quruq tuproqdan shiqqan ildizday. Bizni O’ziga jalb qiladigan go’zalligi, ulug’vorligi yo’q edi. Bizni O’ziga rom etadigan Uning qiyofasida hech narsa yo’q edi. Boshqalar Undan nafratlangan, Uni rad etgan, hayoti qayg’uga, kulfatga to’lgan, Undan odamlar yuz o’girib, nafratlangan, Uni biz odam qatorida sanamaganmiz. Bizning xastaligimizni U O’ziga qabul qildi, azob - uqubatlarimizni U zimmasiga oldi, o’ylagandik: “ Uning zimmasiga tushdi jazo, azob - uqubat, Xudodan jazo”. U esa bizning gunohlarimiz evaziga yarador bo’ldi, bizning ayblarimiz evaziga zarbaga uchradi. U tortgan azoblar bizga farovonlik keltirdi, uning yaralari bizga shifo berdi. Hammamiz qo’ylarday yo’ldan adashdik, hammamiz o’z yo’limizdan qaytdik. Egamiz yukladi Uning zimmasiga hammamizning ayblarimizni” – Ishayo 53:2-6.
Iso Masih bu jafolarni , siz gunohlariz uchun kechirim olishingiz uchun, o’lib, o’tdi! Aybingiz nimadan iborat bo’lsa ham, u doim sizni kechirishga tayyor, agar siz tavba qilsangiz ( gunohni rad etib, Xudoga murojaat qilingiz). “ Og’ir kunlarda Meni chaqirgin, Men senga najot beraman, sen esa Meni ulug’laysan” ( Zabur 49:15). Siz nimaiki yomonlikl qilgan bo’lsangiz ham, Iso doim sizni kechiraoladi. Hattoki eng tanlangan izdoshlar Kalomda yomon gunohlar qilgan : Odam o’ldirish ( Muso), zino( Dovud), tanaviy va ruhiy dard ( havoriy Pavlus). Lekin ular Rabbimda kechirim va yangi hayot topishdi. “ Aybimni tamoman yuvib tashla, gunohimdan meni tozalagin!” ( Zabur 50:4). “ Binobarin, kim Masihga tegishli bo’lsa, u yangi ijoddir. Qadimgi holat o’tib ketdi, endi ( hammasi) yangi bo’ladi” ( 2-chi Korinfliklar 5:17).
Do’stim, Xudo “singan”…hayotingni shifolashni xohlaydi. Ishayo payg’ambari yozgan : “ Qodir egamning ruhi ustimdadir, Egam: “ Yo’qsillarga Xushxabar yetkaz”, deb menga yog’ surtdi. “ Xasta qalblarga shfo ber, - deb Egam meni yubordi. - Asiralarga ozod bo’lsin, deb ayt, zindondagilarga, qutulasizlar, deb ayt. “ Egamning marhamatli yilini, Xudoning qasos oladigan kunini e’lon etgani, azoblarning hammasini ovutgani, Sionada nola qilayotganlarga yordam bergani, “ Qul o’rniga zeb - ziynat, yig’i o’rniga shodlik moyi olasiz, mayus ruh o’rniga shonli kiyim olasiz”,deb yatgani Meni yubordi, toki Egamning shuhratli zohir bo’lishi uchun, Ular ham oladi to’g’rilik emani deya, Egam o’tkazgan o’simlik deya.”( Ishayo 61:1-30).
Isoga keling va Unga hayotingizdagi hursandchilikni tiklashiga ruhsat bering. “ Ey Xudo, menda pok yurakni yaratgin, ichimda yangi, sobit ruhni bunyod etgin”. “ Qonunbuzarlarga Sening yo’llaringni o’rgataman, gunohkorlar Senga qaytib kelsinlar. Qonimdan o’tavergin, ey Xudoyim, Najotkorim, Sening adolatingni tarannum etsin tilim. Qulfi dilimni O’zing ochib yuborgin, yo Rabbiy, tilimdan tushmasin endi Sening sanolaring!” ( Zabur 50:12; 15-17).
Siz Rabbimni o’z Najotkoringiz va Himoyachingiz, deb qabul qilasizmi? U O’z so’zi bilan Muqaddas Kitob orqali sizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi. “ Men senga aql o’rgatarman, yurar yo’lingni ko’rsatarman. Ko’zim sening ustingda bo’lib, senga rahmonlik qilarman” ( Zabur 31:8). “ U kunlaringiz tinchligini mahkam tutadi, bilimu donolik g’alabaning o’ljasidir. Egamizdan qo’rqish ularning boyligidir” ( Ishayo 33: 6). Hayotdagi qiyinchiliklar baribir bo’ladi, lekin sizning umidingiz Isoda bo’ladi. U “ tug’ishkandan ham yaqinroq do’stdir” ( Hikmatalar 18:24). Rabbim Iso Masihning inoyati, qaror qilishingizda yordam bersin.
Agar siz Iso Masihga o’z Najotkoringiz, deb ishonishga qaror qilgan bo’lsangiz, chin yurakdan Xudoga shu so’zlarni ayting: “ Xudoyim men hayotimda Senga muhtojman. Iltimos, nimaiki qilgan bo’lsam meni kechir. Men Iso Masihga va U mening Najotkorimligiga ishonaman. Meni tozalab, shifolab hayotimdagi shodligni tiklagin. Menga bo’lgan sevgin va meni o’rnimga Iso Masih o’lgani uchun rahmat, Omin!”
Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.
English
Nima uchun o’z joniga qasd qilish mumkin emas?