settings icon
share icon
Savol

Injilda qumor o’yinlari haqida nima yozilgan? Qumor o’yinlari gunoh deb hisoblanadimi?

Javob


Qumor o’yinlarini “ xavfli pullar operasiyasi, jamini ko’paytirish maqsadida” deb tushunsa bo’ladi. Injilda aniq qumor o’yinlari hukm etilmayapti, hulosa , garov yoki lotoreya. Lekin Injil bizlarni ehtiyot qilyapti, pulga bo’lgan muhabbatdan.( 1-chi Timofey maktubi 6:10; Ibroniylar maktubi 13:5) Muqaddas kitob “ tez boyishga” intilmasligimizni chaqiradi. (Sulaymon masallari13:11; 23:5;Efesliklar maktubi 5:10) Qumor o’yinlari turgan gapki “ pulga ko’ngil qo’yish” va qisqa muddat ichida boyib ketishga intilish turiga kiradi.

Qumor o’yinlari bilan bo’lgan muammoni o’zi nimada xotimalanadi? Qumorga berilib ketish albatta moliyaviy yo’qotishlarga olib keladi, va bu hol yomonlik emas. Insonlar har-xil ko’ngil ochar o’yinlarga pul sarf qiladilar. Qumor o’yinlarini qaysidir ma’noda kinoteatrlarga, restoranlarga borib yoki kerak emas narsalarni sotib olishga sarf qilingan pul bilan taqqoslash mumkin. Lekin shu bilan birga bu qumor o’yinlarini oqlamaydi. Pullarni shamolga uchurmaslik kerak. Ortiqcha pullarni eng yaxshisi jamoani va Xudo ishini kelajakda bo’ladigan ehtiyojlari uchun to’plash yaxshiroqdir.

Muqddas kitobdagi qumor o’yinlari: Muqaddas kitobda “yutuqli imkoniyat” va g’alabali muvaffaqiyat o’yinlari bayon qilinadi. Misol uchun Muso payg’ambarni Levit kitobida jonivorni qurbonlikka keltirish uchun qanday qilib qur’a tashlaganlari ifoda qilinadi. Isroil xalqini qavmlari o’rtasida va’da qilingan yerni bo’lib berish uchun Iso Bin Nun qur’a ishlatgan. Ermiyahu payg’ambar kimga Quddus devorlari ichida yashashni, kimga shahar ortida yashashni xal qilish uchun qur’adan foydalangan. Shunungdek havoriylar ham o’lgan Yahudo Isqoriyot o’rniga boshqani tanlash uchun qur’adan foydalanganlar. Sulaymonning masallar kitobi 16:33 misrasida “ Qur’a polga tashlanadi biroq, uning qarori – Rabbiydandir”, - deyilgan. Shunday bo’lsa ham Muqaddas kitobni hech qayerida “ Yutuqli imkoniyat” yoki qumor o’yinlar ko’ngil ochish uchun ishlatilganligi ko’rsatilmagan, shuningdek imonliylar uchun bunday faoliyat bilan shug’ullanish ma’qullanmagan.

Qumor xona va lotoreya:Qumor xona har-xil chiroyli hiyla- nayranglarni ishlatib o’yinchilardan iloji boricha ko’proq pul chiqazib olishga intiladi. Ular ko’p xollarda tekin bo’lgan arzon ichkilikni taklif qilishadi, bu esa mast holatka keltirib to’g’ri qaror qabul qilaolmaslikga keltiradi. Qumor xonada hamma narsa shunday o’rnashtirilganki, siz katta miqdordagi pulni sarflaysiz o’rniga esa qisqa muddatli huzurni yoki hech nimani olmaysiz. Ko’pincha lotoreya o’yinlari hayriya qilish degan harakati bilan noto’g’ri ishlarini berkitishadi. Statistikaga asosan lotoreya o’yinida eng imkonsiz bo’lganlar ishtirok etadi. Muhtoj bo’lganlar “ Tez orada boyib ketish” vasvasasidan qochib ketishi qiyin bo’ladi. Boyib ketish imkon darajasi juda past bo’lganligi sababli bu insonlar xayotida juda salbiy tasir ko’rsatadi.

Nimaga lotoreya Xudoga ma’qul emas: Ko’p odamlar o’zini lotoreyada yoki qumor o’yinlarida ishtirok etishga bo’lgan intilishlarini jamoa uchun yoki bo’lmasa qandaydir bir xayr-ehson qilish uchun pul ishlab topyapman deb o’zlarini oqlaydilar. Bu yaxshi niyat va intilish bo’lsa ham, odatda pul yutib olganlar hamadan-ham xolda yutuqni yaxshi maqsadlarga yoki Xudoga hizmat qilish uchun ishlatadilar. Statistikaga qarasak ko’pincha katta pul yutib olganlar, bir necha yildan so’ng yutuq chiqqan kungacha bo’lgan holatdan battaroq moliyaviy vaziyatga tushadilar. Juda kam insonlar yutug’dan tushgan pulni hayriyaviy maqsadlarga sarf qilishadi. Binobarin, Xudo olam bo’yicha missionerlik faoliyatini moliyavilashtirish uchun bizning pullarimizga muhtoj emas. Sulaymonning masallar kitobi 13:11da “ Behuda- befoyda harakatdan topilgan boylik yemiriladi, mehnati bilan yeg’ayotgan esa uni ko’paytiradi” , - deb yozilgan. Bizning Xudoyimiz Qodir Xudo va U jamoani ehtiyojini solih yo’l bilan taminlaydi. Xudoga afyun sotib yoki bankdan o’g’irlab topilgan mablag’lar ma’qul bo’lmasligi aniq. Xuddi shuningdek Xudoga kambag’arlardan vasvasa va aldash yordamida tortib olingan pullar ma’qul bo’lmaydi. 1-chi Timutiyga 6:10da shunday yozilgan: “ Har turli yomonlikning tomiri pulparastlikdir. Ba’zilar boylikka ruju qo’yib, imondan qaytdilar va o’zlarini ko’pgina azoblarga duchor qildilar”. Ibronoiylarga 13:5da aytiladi: “ Pulparastlikdan xoli kun kechiringlar. Qo’lingizda bori bilan qanoatlaninglar. Chunki Xudoning O’zi: “ Seni hech tashlab ketmayman va also tark etmayman”,-degan”. Matto 6: 24da yozilgan: “ Hech kim ikki xo’jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko’rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo’yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig’ina olmaysizlar”.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Injilda qumor o’yinlari haqida nima yozilgan? Qumor o’yinlari gunoh deb hisoblanadimi?
© Copyright Got Questions Ministries