Savol
Ruhiy o'sish nima?
Javob
Ruhiy o'sish, Iso Masihga o'xshab kun sayin ortib va ortib borayotgan jarayondir. Isoga bo'lgan imonimizni mustahkamlaganimizda, Muqaddas Ruh bizni Uning suratiga moslashtirib, Unga ko'proq o'xshash qiladi. Ruhiy o'sish 2 Butrus 1:3-8 da eng yaxshi tasvirlangan bo'lishi mumkin, bu yerda Xudoning qudrati tufayli ruhiy o'sishning maqsadi bo'lgan xudojo'y hayot kechirish uchun "bizga kerak bo'lgan hamma narsa" bor deb aytilgan. E'tibor beringki, bizga kerak bo'lgan narsalar "bizning bilimimiz orqali" keladi, bu bizga kerakli narsalarni olishning kalitidir. Bizning U haqidagi bilimimiz, bu bizning ta'limimiz va o'sishimiz uchun berilgan So'zdan keladi.
Galatiyaliklarga 5:19-23 da ikkita ro'yxat mavjud. 19-21 oyatlarda «tana ishlari» sanab otilgan. Bu najot topish uchun Masihga kelishimizdan oldin hayotimizni belgilab qo'ygan narsa. Tana harakatlar, biz tan olishimiz, tavba qilishimiz va Xudoning yordami bilan yengib o'tishimiz kerak bo'lgan harakatlardir. Ruhiy o'sishni boshdan kechirayotib, «tana ishlari» kamroq va kamroq hayotimizda namoyon bo'ladi. Ikkinchi ro'yxat — "Ruhning mevasi" (22-23 oyatlar). Iso Masihda biz najotni boshdan kechirganimiz uchun, hozirgi hayotimizni tavsiflashimiz kerak. Ruhiy o'sish, imonlining hayotida tobora sezilarli bo'lib borayotgan Ruhning samarasi bilan belgilanadi.
Najot topgandan keying o'zgarish sodir bo'lganda, ruhiy o'sish boshlanadi. Muqaddas Ruh bizda yashaydi (Yuhanno 14:16-17). Biz Masihdagi yangi ijodmiz (2 Korinfliklarga 5:17). Qadimgi, gunohkor tabiat yangi, Masihga o'xshash tabiatga ega bo'lishni boshlaydi (Rimliklarga 6-7). Ruhiy o'sish — bu Xudoning Kalomini o'rganishimiz va qo'llashimizga bog'liq (2 Timo'tiyga 3:16-17) va Ruhda yurishimizga bog'liq bo'lgan hayotiy jarayon (Galatiyaliklarga 5:16-26). Ruhiy o'sishga intilib, biz Xudoga ibodat qilishimiz va Undan o'sib-ulg'ayishimizni istagan joylar uchun donolik so'rashimiz kerak. Biz Xudodan, Unga bo'lgan imonimizni va U haqidagi bilimimizni mustahkamlashni so'rashimiz mumkin. Xudo bizning ruhiy o'sishimizni xohlaydi va U bizga ruhiy o'sish uchun kerak bo'lgan hamma narsani beradi. Muqaddas Ruh yordamida biz gunohni yengib, asta-sekin Najotkorimiz, Rabbimiz Iso Masihga o'xshab qolamiz.
English
Ruhiy o'sish nima?