settings icon
share icon
Savol

Men sevib qolganimni qanday bilaman?

Javob


Sevgi juda kuchli tuyg'u. Bu bizning hayotimizning ko'p qismini asoslaydi. Biz bu his-tuyg'ularga asoslangan juda muhim qarorlarni qabul qilamiz va hatto turmush quramiz, chunki biz "sevdim" deb o'ylaymiz. Buning sababi, barcha birinchi nikohlarning yarmi ajralish bilan yakunlanadi. Muqaddas Kitob bizga haqiqiy sevgi kelishi yoki ketishi tuyg'usini emas, balki qaror qabul qilishni o'rgatadi. Biz, nafaqat bizni sevadiganlarni sevishimiz kerak; biz hatto Masihni yoqtirmaganlarni sevgani kabi, bizdan nafrat qilganlarni sevishmiz kerak (Luqo 6:35). "Sevgi sabr–toqatli va mehribondir. Sevgi hasad qilmaydi, maqtanmaydi, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi. Sevgi nohaqlikdan sevinmaydi, aksincha, haqiqat qaror topganda shodlanadi. Sevgi har narsani ko'taradi, hech qachon ishonchini yo'qotmaydi, har sharoitda umid saqlaydi, har narsaga toqat qiladi" (1 Korinfiliklarga 13:4-7).

Biror kishiga "sevib qolish" juda oson bo'lishi mumkin, lekin biz nimani his qilayotganimiz, haqiqiy sevgi deb hisoblashdan oldin so'rash kerak bo'lgan bir nechta savol bor. Birinchidan, bu kishi masihiymi, ya'ni hayotini Masihga berganmi? U qiz yoki u yigit najot topish uchun faqat Masihga ishonadimi? Bundan tashqari, agar siz yuragingizni va his-tuyg'ularingizni bir kishiga berish imkoniyatini ko'rib chiqsangiz, o'zingizdan bu odamni boshqa barcha odamlardan ustun qo'yishga tayyormisiz va munosabatingizni faqat Xudo oldida ikkinchi o'ringa qo'ya olasizmi, deb so'rashingiz kerak. Muqaddas Kitobda aytilishicha, ikki kishi turmush qurganida, ular bir tanaga aylanadilar (Ibtido 2:24; Matto 19:5).

Ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan yana bir narsa — sevgan odamning yordamchisi yaxshi nomzodmi yoki yo'qmi ko'ra bilishi kerak. U allaqachon hayotida Xudoni birinchi o'ringa qo'yganmi? U qiz yoki u yigit umr bo'yi davom etadigan nikoh munosabatlarini qurish uchun o'z vaqtini va kuchuni berishga qodirmi? Biz kimnidir chindan ham sevib qolganimizni aniqlash uchun o'lchov tayog'chasi yo'q, lekin bizning his-tuyg'ularimizga ergashish yoki hayotimiz uchun Xudoning irodasiga ergashishni farqlab olishimiz muhimdir. Haqiqiy sevgi — bu faqat tuyg'u emas, balki qarordir. Haqiqiy Muqaddas Kalomdagi sevgi — bu "sevgi" ni his qilganingizda emas, balki har doim boshqaga bo'lgan sevgidadir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Men sevib qolganimni qanday bilaman?
© Copyright Got Questions Ministries