settings icon
share icon
Savol

Shabbat, shanba kunimi yoki yakshanba kunimi? Masihiylar Shabbat kuniga rioya qilishlari kerakmi?

Javob


Ko'pincha Shabbat bilan Chiqish 20:11 dagi mavjudot o'rtasidagi bog'liqlik tufayli "Xudo Shabbatni Adan bog'ida yaratdi", deb aytiladi. Garchi yettinchi kunda Xudoning tinchligi (Ibtido 2:3) Shabbatning kelajak qonunini taqdim etgan bo'lsa-da, Isroil farzandlari Misrni tark etmagunicha, Shabbat kuni haqida hech qanday dalil yo'q. Muqaddas Yozuvlarda Shabbat kuni Odam Atodan Musogacha bajarilgani haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Xudoning Kalomida Shabbat kuniga rioya qilish, Xudo va Isroil o'rtasida alohida belgi bo'lganini aniq ko'rsatmoqda: "Isroil xalqi avlodlar osha Shabbat qonun–qoidalariga itoat etish orqali bu kunga rioya qilib yurishlari lozim. Bu sen bilan Mening o'rtamizdagi ahdning doimiy alomatidir, Men, Egangiz, olti kun davomida yer va osmonni yaratib, yettinchi kuni tinib, orom olganimni doimo eslatib turadi" (Chiqish 31:16-17). Qonunlar 5 bobda Muso O'nta Amrni isroilning keyingi avlodiga takrorlayapti. Keyin, u 12-14 oyatlarda Shabbat kuniga rioya qilishni buyurib, Muso Shabbat kuni Isroil xalqiga nima uchun berilganligi haqida aytadi: "Yodingizda tuting: sizlar Misrda qul edingiz, Men qudratim va ajoyibotlarim bilan sizlarni u yerdan olib chiqdim. Shuning uchun, Shabbat kuniga rioya qilinglar, deb amr etdim" (Qonunlar 5:15).

Xudoning Shabbat kunini Isroilga berishidan maqsadi yaratilishni eslab qolish uchun emas, balki ularni Misrdagi qullikni va Xudoning ozod qilganligini eslash edi. Shabbat kuniga rioya qilish talablariga e'tibor bering: Shabbat qonuniga ko'ra, kishi Shanba kuni o'z uyini tark etmaydi (Chiqish 16:29), u olov yoqa olmaydi (Chiqish 35:3) va boshqa hech kimni ishlashga majbur qilmaslik kerak (Qonunlar 5:14). Shabbat haqidagi qonunni buzgan kishi o'lishi kerak edi (Chiqish 31:15; 15:32).

Yangi Ahddagi oyatlarni o'rganish bizga to'rtta muhim narsani ko'rsatadi: 1) Iso tirilgandan keyin har gal ko'ringanda va bu kunni eslaganda, Unga haftaning birinchi kuni ko'ringan (Matto 28:1, 9, 10; Mark 16:9; Luka 24:1, 13, 15; Yuhanno 20:19, 26). 2) yagona marta Havoriylardan Vahiygacha har galgidek shanba kuni yahudiylar uchun ma'badda xushxabar aytilgani haqida eslatilgan (Havoriylar 13-18 boblar). Butrus yozadi: "Yahudiylar bilan birga bo'lganimda Yahudiyday bo'ldim, o'zim Musoning qonuniga tobe bo'lmasam–da, bu qonunga tobe bo'lganlar orasida bo'lganimda, xuddi ularday yashadim" (1 Korinfliklar 9:20). Pavlus muqaddaslar bilan suhbatlashish va ularga ta'lim berish uchun ibodatxonaga bormadi, balki hukm qilish va yo'qolganlarni qutqarish uchun bordi. 3) Pavlus shunday degan edi: "Hozirdan boshlab g'ayriyahudiylar orasiga ketganim bo'lsin" (Havoriylar 18:6), Shabbat endi boshqa hech qachon eslatilmaydi. 4) Shabbat kuniga qo'shilishni taklif qilish, Yangi Ahdning qolgan qismiga qarama-qarshilikni anglatadi (Kolosaliklarga 2:16 dagi yuqoridagi 3-banddan tashqari).

Agar siz yuqorida 4chi bandga ko'proq e'tibor berib qarasangiz, Yangi Ahddagi imonlilar Shabbat kuniga rioya qilish shart emasligini bilib olasiz va yakshanbalik "Masihiy Shanba" fikri ham Muqaddas Yozuvlarga mos kelmasligini ko'rasiz. Yuqorida aytib o'tilganidek, Pavlus g'ayriyahudiylarga e'tibor berishdan oldin, Shabbat kuni haqida eslatib o'tadi, "Shuning uchun yegulik-ichgulik, diniy bayramlar, yangi oy shodiyonalari yoki Shabbat kuni xususida hech kim sizlarga qonun-qoida chiqarmasin. O'sha urf–odatlar kelajakning sharpasigina xolos, ammo haqiqiy hayot Masihdadir" (Kolosaliklarga 2:16-17). Xochda Yahudiylarning shabbati bekor qilindi, bu yerda Masih "Bizga qarshi yozilgan ayblov hukmini Xudo bekor qildi, ya'ni o'sha hukmni xochga mixlab, kuchdan qoldirdi." (Kolosaliklarga 2:14).

Bu fikr Yangi Ahdda yana bir bor takrorlangan: "Ayrim odamlar bir kunni boshqa kundan ustunroq hisoblaydi, yana boshqa bir odamlar esa kunlarning hammasini baravar, deb hisoblaydilar. Har bir kishi o'z fikrida mahkam tursin. Biror kunni boshqasidan ustun, deb bilgan odam Rabbimiz Isoni ulug'lash uchun shunday qiladi" (Rimliklarga 14:5-6). "Endi esa Xudoni bilasizlar, to'g'rirog'i, Xudo sizlarni biladi. Shunday ekan, qanday qilib yana o'sha kuchsiz, qadrsiz xurofotlarga qaytyapsiz?! Yana o'shalarga qul bo'lishni xohlaysizmi?! Sizlar belgilangan alohida kunlar, oylar, yillarga rioya qilib, diniy marosimlar o'tkazyapsiz!" (Galatiyaliklarga 4:9-10).

Biroq, ba'zilar 321 yilda Konstantinning vakolati bilan Shabbat kunini Shanbani Yakshanbaga "o'zgartirildi" deb ta'kidlaydilar. Dastlabki jamoat qaysi kunda topinish uchun to'plandilar? Muqaddas Kitob hech qachon Shabbat kuni (shanba) jamoatlarda yig'ilish yoki sajda qilish kerakligi haqida gapirmaydi. Shu bilan birga, haftaning birinchi kunini eslatuvchi aniq oyatlar mavjud. Misol uchun, Havoriylar 20:7 da aytiladi: "Haftaning birinchi kuni biz Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirish uchun yig'ildik" (Havoriylar 20:7). 1-Korinfliklarga 16:2 da Pavlus Korinfdagi imonlilarni chaqirib shunday dedi: "Har haftaning boshida har bir odam qo'lidan kelganicha bir miqdor pulni olib qo'ysin, toki oldingizga borganimda pul yig'ishga hojat bo'lmasin". Pavlus ushbu qurbonlikni 2 Korinfliklarga 9:12 da «xizmat» deb ataganligi sababli, ushbu hadya masihiylar jamoatining yakshanba kunidagi sajda qilish xizmati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Tarixiy ravishda, shanba emas, yakshanba, jamoatdagi masihiylar uchun odatiy kun edi va uni amaliyotda birinchi asrdan boshlab rioya qilinadi. Shabbat kuni jamoatga emas, balki Isroilga berilgan. Shabbat ilgarigidek shanba, yakshanba kuni emas va hech qachon o'zgarmagan. Ammo Shanba Eski Ahdning bir qismidir, va Masihiylar Qonunning qulligidan ozoddirlar (Galatiyaliklarga 4:1-26; Rimliklarga 6:14). Shanba bo'ladimi yoki yakshanba bo'ladimi, Shabbat kuniga rioya qilish masihiylardan talab qilinmaydi. Haftaning birinchi kuni, Yakshanba, Rabbimizning kuni (Vahiy 1:10) Yangi Yaratilish, Masih qayta tirilgan deb nishonlaydi. Biz "Musoning Shabbat kunida dam olish" ga rioya qilishimiz shart emas, lekin endi biz tirilgan Masih uchun xizmat qilishga ergashishimiz kerak. Havoriy Pavlus ta'kidlaganidek, har bir masihiy Shabbat kuniga rioya qilishi kerakmi, "Biroq qonunni bajarishga suyanmay, balki betavfiqni oqlovchi Xudoga ishongan kishi o'z ishonchi tufayli oqlanadi" (Rimliklarga 4:5). Biz shanba yoki yakshanbaga emas, balki har kuni Xudoga topinishimiz kerak.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Shabbat, shanba kunimi yoki yakshanba kunimi? Masihiylar Shabbat kuniga rioya qilishlari kerakmi?
© Copyright Got Questions Ministries