settings icon
share icon
Savol

Tavba ibodati nima degani?

Javob


Najotkorga muhtojligini va gunohlari kechirilishi kerakligini anglagan odam, Xudoga aytgan ibodati , tavba ibodati deb nomlanadi. Bu ibodat o’zidan o’zi najotga olib kelolmaydi, faqat haqiqiy tavba, o’zini gunohkorligini va najot eng muhim ehtiyojligini tushunish, najotga olib keladi. Tavba ibodatining birinchi tomoni, o’zimizni gunohkor ekanligimizni anglab yetish bo’ladi.

Rimliklar maktubi 3:10chi matn bildiradi: “ Solih kishi yo’q, bir kishi ham yo’qdir”. Hammamiz gunoh qilganligimiz, Muqaddas Kitobda aniq tasdiqlangan. Biz hammamiz - gunohkorlarmiz, Xudoning kechirimiga va rahmdilligiga muhtojlarmiz ( Titu maktubi 3:5-7) , chunki o’zimizning gunohimizni deb, biz abadiy jazoga loyiqmiz( Matto Xushxabari 25:46). Shunday qilib, tavba ibodati - bu adolatli jazo o’rniga kechirim so’rash iltijosidir.

Bu ibodatni ikkinchi tomoni - Xudo bizning o’ta achinarli ahvolimizni o’zgartirish uchun nima qilganini tushunish. U tanni qabul qildi va odam - Iso Masih bo’ldi ( Yuhanno Xushxabari 1:1,14). Iso bizga Xudo haqidagi haqiqatni ochib berdi va taqvodorli , gunohsiz hayot kechirdi ( Yuhanno Xushxabari 8:46, 2-chi Korinfliklar maktubi 8:21). Keyin esa, bizga tayyorlangan jazoni O’ziga olib, U bizning o’rnimizga xochda o’ldi ( Rimliklar maktubi 5:8). Iso Masihning o’liklar ichidan tirilishi, shuni tasdiqlaydiki, U gunoh, o’lim va do’zah ustidan g’alaba qozondi ( Kolossiyaliklarga maktub 2:15; 1-chi Korinfliklar maktubi 15bob). Faqat shu tufayli biz gunohlarimizdan kechirim olishimiz mumkin, bizga shuningdek Jannatga abadiy hayot vada qilingan - agar biz faqat Iso Masihga ishonsak. Bizdan talab qilinadigan narsa shuki - U bizning o’rnimizga o’lganiga va o’liklar ichidan tirilganiga ishonish( Rimliklar maktubi 10: 9-10). Biz faqat marhamat orqali qutqarilishimiz mumkin, faqat imon orqali va faqat Iso Masihga. Efesliklar maktubi 2:8da yozilgan: “ Sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu - Xudoning in’omi, sizning ytutug’ingiz emas”.

Tavba ibodatini aytib, biz Xudoga, Iso Masihga o’z Najotkorimiz deb , ishonayotganimizni aytamiz. Najot uchun qandaydir “ sehrli” so’zlarni aytishni keragi yo’q. Faqat Isoning o’limiga va tirilganiga ishonish orqali, biz najotni olamiz! Agar siz gunoh qilganingizni tushunayotgan bo’lsangiz, va Iso Masihda najot zarurligini his qilayotgan bo’lsangiz, unda keyingi , Xudoga murojaat qilishingiz mumkin bo’lgan tavba ibodati yordam beradi. “Xudovandim, men bilaman Sizning ko’z oldingizda gunoh qildim. Men tushunaman o’zimning gunohimni natijalarini ko’tarishga loyiqman, lekin men Iso Masihga o’z Najotkorim deb, ishonaman. Uning o’limi va tirilishi menga kechirilishimni ta’minlab berganiga ishonaman. Men Isoga ishonaman va faqat Unga, o’zimning shahsiy Xudovandim va Najotkorim deb, ishonaman. Rahmat sizga, Xudovandim, meni qutqarayotganiz va kechirayotganiz uchun! Omin!”

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Tavba ibodati nima degani?
© Copyright Got Questions Ministries