Savol
Xotin eriga bo'ysunishi kerakmi?
Javob
Bo'ysunish nikohdagi muhim masala. Bu oddiy Muqaddas Kitobdagi amr: "Ey, xotinlar, siz Rabbimiz Isoga qanday bo'ysunsangiz, erlaringizga ham shunday bo'ysuninglar. Masih imonlilar jamoatining boshi bo'lgani kabi, er ham xotinning boshidir. Masih O'z tanasi bo'lgan jamoatning Najotkoridir. Jamoat Masihga qanday tobe bo'lsa, xotinlar ham har jihatdan o'z erlariga shunday tobe bo'lishlari kerak" (Efesliklar 5:22-24).
Gunoh dunyoga kelishidan oldin ham, erning ustunligi qoidasi mavjud edi (1 Timo'tiyga 2:13). Odam Ato birinchi bo'lib yaratilgan va Momo Havo Odam uchun "yordamchi" bo'lishga yaratilgan (Ibtido 2:18-20). Xudo dunyoda bir necha turdagi hokimiyatni o'rnatdi: hukumatlar jamiyatda adolatni ta'minlash va himoya qilish uchun; cho'ponlar Xudoning qo'ylarini boshqarib, ularni boqishi uchun; erlar o'z xotinlarini sevish va tarbiyalash uchun; va otalar farzandlariga nasihat qilish uchun. Har bir holatga, bo'ysunish talab qilinadi: fuqaro — hukumatga, qo'ylar podasi – cho'ponga, xotin — erga, bola-otaga.
"Bo'ysunish" deb yunoncha hupotasso so'zidan tarjima qilingan, fe'lning davom etadigan shaklidir. Bu shuni anglatadiki, Xudoga, hukumatga, cho'ponga yoki eriga bo'ysunish bir martalik harakat emas. Bu xatti-harakatlarning namunasi bo'lgan doimiy munosabatdir.
Birinchidan, albatta, biz Xudoga bo'ysunishimiz kerak, bu biz Unga bo'ysunishimiz mumkin bo'lgan haqiqiy yagona usul (Yoqub 1:21; 4:7). Har bir masihiy kamtarlikda, boshqalarga bo'ysunishga tayyor bo'lishi kerak (Efesliklarga 5:21). Oiladagi bo'ysunishga kelsak, 1 Korinfliklarga 11:2-3, er Masihga (Masih Ota Xudoga bo'ysunganidek) bo'ysunishi kerakligini va uning xotini eriga bo'ysunishi kerakligini aytadi.
Bugungi kunda bizning zamonimizda turmush qurgan er va xotinning roli haqida juda ko'p tushunmovchiliklar mavjud. Muqaddas Kitobdagi rollarini to'g'ri tushunilgan taqdirda ham, ko'pchilik ayollar ularni "ozod qilish" foydasiga rad qilishni afzal ko'radi, natijada oila a'zolari ajralib ketadi. Dunyo Xudoning rejasini rad etishi ajablanarli emas, lekin Xudoning xalqi bu rejani mamnuniyat bilan nishonlashi kerak.
Bo'ysunish — yomon so'z emas. Bo'ysunish qadrsizlikni yoki kamroq qiymatni aks ettirmaydi. Masih, O'zining qadr-qimmatidan voz kechmasdan, doimiy ravishda Otasining irodasiga bo'ysundi (Luqo 22:42; Yuhanno 5:30).
Xotinning turmush o'rtog'iga bo'ysunishi haqida butun dunyodagi noto'g'ri ma'lumotlarga qarshi turish uchun Efesliklarga 5:22-24 oyatlariga diqqat qilishimiz kerak. 1) Xotin har bir insonga emas, balki bir erkakka (o'z eriga) bo'ysunishi kerak. Bo'ysunish qoidasi ayol kishining jamiyatdagi o'rniga taalluqli emas. 2) Xotin, Rabbiy Isoga shaxsiy itoatkorlikda itoat qilganidek o'z ixtiyori bilan o'z eriga bo'ysunishi kerak. U eriga bo'ysunadi, chunki u Isoni sevadi. 3) Xotinning bo'ysunishi, jamoatning Masihga bo'ysunishining namunasidir. 4) Xotinlarning iste'dodi, qobiliyatlari va fazilatlari haqida hech narsa aytilmagan; uning eriga bo'ysunishi, uning past ekanligi yoki kamroq loyiqligini anglatmaydi. Bundan tashqari, jamoada "har bir narsada" ko'rsatgichidan tashqari hech qanday saralash bosqichi yo'qligini ham unutmang. Shunday qilib er, o'z xotini bo'ysunishdan oldin qobiliyat yoki aql sinovini o'tkazmasligi kerak. Ehtimol, u ko'p jihatdan o'z o'zini boshqarishga qodir, lekin u erining rahbariyatiga bo'ysunib, Xudoning ko'rsatmalariga rioya qilishni afzal ko'radi. Shunday qilib, xudojo'y xotin, hatto imonsiz erini Xudo uchun "so'zsiz" faqat muqaddas xatti-harakatlari bilan mag'lub qilishi mumkin (1 Butrus 3:1).
Bo'ysunish sevish uchun yagona tabiiy javob bo'lishi kerak. Masih jamoatni sevgani kabi, er ham xotinini sevadi (Efesliklar 2:25-33), shunda bo'ysunish, xotinning eriga bo'lgan tabiiy munosabati bo'ladi. Ammo, erining sevgisidan yoki uning yo'qligidan qat'iy nazar, xotiniga "Xudodek" itoat qilish buyurilgan (oyat 22). Bu degani, Xudoga itoat qilish — Uning rejasini qabul qilish — eriga bo'ysunishga olib keladi. "Xudo kabi" taqqoslash, xotiniga, uning oldida mas'ul bo'lgan oliy hokimiyat borligini eslatadi. Shunday qilib, u eriga "bo'ysunish" bilan fuqarolik qonunini yoki Xudoning Qonunini buzishga majbur emas. U to'g'ri, qonuniy va Xudoni sharaflaydigan narsalarga bo'ysunadi. Albatta, u suiste'mollarga "bo'ysunmaydi " -bu to'g'ri emas, qonuniy emas va Xudoga ma'qul emas. Suiste'mollikni oqlash uchun "bo'ysunish" qoidalaridan foydalanishga urinish Muqaddas Bitiklarni buzish va yovuzlikka hissa qo'shishdir.
Xotinining, Efesliklarga 5 bobdagi eriga bo'ysunishi, erini xudbin yoki qudratli bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Uning amrini sevish (oyat 25) va bu amrni bajarish uchun Xudo oldida mas'uldir. Er, Unga hisobot berishi kerak bo'lgan o'z hokimiyatini oqilona, rahmdil va Xudoning qo'rquvida ko'rsatishi kerak.
Xotin er tomonidan sevilganida, jamoat Masih tomonidan sevilganidek, bo'ysunish qiyin bo'lmaydi. Efesliklarga 5:24 da deydi: "Jamoat Masihga qanday tobe bo'lsa, xotinlar ham har jihatdan o'z erlariga shunday tobe bo'lishlari kerak." Nikohdagi bo'ysunish, eriga sharaf va hurmat ko'rsatadigan holatdir (Efesliklarga 5:33-ga qarang) va unga yetishmayotgan narsalarni yakunlaydi. Bu oilaning qanday ishlashi kerakligi haqidagi Xudoning dono rejasi.
Sharhlovchi Metyu Genri shunday deb yozgan edi: "ayol Odam Atodan yaratilgan". U, unga hukmronlik qilish uchun emas, balki uni oyoqlari bilan ezishga emas, balki uning qo'lda himoyalanish, uning qo'l ostida va uning yuragiga yaqin bo'lib, unga teng sharoitda bo'lish uchun yaratilmagan edi. Efesliklarga 5:19-33-oyatlarida er va xotinga buyurgan amrlarning bevosita ma'nosi, Ruhning to'ldirishini o'z ichiga oladi. Ruhiy imonlilar ulug'laydigan (5:19), shukur qiladigan (5:20) va bo'ysunadigan (5:21) bo'lishlari kerak. Keyin Pavlus, Ruh bilan to'lgan hayot haqidagi bu fikrni davom ettiradi va uni 22-24 oyatlarida xotinlarga qo'llaydi. Xotin eriga bo'ysunishi, undan ayollar past bo'lgani uchun emas (Muqaddas Kitob hech qachon buni o'rgatmaydi), Xudo nikoh munosabatlarini tartibga solganligi sababli bo'ysunishi kerak.
English
Xotin eriga bo'ysunishi kerakmi?